Namangan muhandislik qurilish



Download 9,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/177
Sana30.06.2022
Hajmi9,91 Mb.
#720458
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   177
Bog'liq
xizmat korsatish texnikasi va jixozlari

Jilvirlash.
Jilvirlash tashki tsilindrik sirtlarni pardozlashning asosiy usuli
bulib xisoblanadi. 
Zagotovkalarning ko’yma va shtampovkalarini olishning xozirgi zamonaviy
usullari zagotovkaning o’lchamlarini va shakllarini tayyor detal o’lchamlari va 
shakllariga yakin olish imkonini ko’yim katlami yupqa bo’lgan-ligidan beradi. 
Bunday zagotovkalarda mexanik ishlov berish uchun koldi-rilgan, ko’pincha, tigli 
asboblarda ishlov berib o’tirmasdan, zagotovkaga jilvirlash orkali yakuniy ishlov 
berish va shu usulda detalning yakuniy anik, o’lchami va kerakli sirt g’adir-
budirligiga erishish mumkin. 
Tashki tsilindrik sirtlarni jilvirlashning kuyidagi ko’rinishlari mavjud: 
a) dag’al jilvirlash; 
b) anik, jilvirlash; 
v) yupka jilvirlash. 
Dag’al jilvirlash tig’li asboblarda dastlabki ishlov berishning o’rniga 
qo’llaniladi. 
Anik, jilvirlash eng ko’p tarqalgan bo’lib, yuqori sinf aniqigiga va kam
g’adir-budirlikka ega bo’lgan sirtlarni jilvirlashda qo’llaniladi. 
Yupqa jilvirlash eng yuqori sinf aniqigiga va eng kam g’adir-budirlikka ega 
bo’lgan sirt hosil qilishda qo’llaniladi. 
Yupqa jilvirlash yumshok, mayda donali jilvir toshlarning katta aylanma 
tezliklarida (40 m/sek dan yuqori) va ishlov beriladigan detalning kichik aylanma 
tezligida (10 m/min gacha) va kichik kesish chuqurligida (5 mkm gacha) olib 
boriladi; jilvirlashda ishlov beriladigan detalni kuchli sovutib turiladi. 
Tashqi tsilindrik va konussimon sirtlarni jilvirlash dumaloq jilvirlash 
dastgohlarida amalga oshiriladi, bunda zagotovka dastgohning markazlariga, 
tsangasiga, patronga yoki maxsus moslamaga o’rnatilishi mum-kin. 
Dumaloq jilvirlashning ikkita usuli mavjud: 
a) buylama surishda jilvirlash; 
b) kundalang surishda jilvirlash. 
Jilvirlash usullari 10.4 va 10.5-rasmlarda ko’rsatilgan. 
Birinchi usulning mohiyati shundan iboratki, jilvirlash jarayonida ishlov 
beriladigan detal (10.4-rasm, a) uzlukli ravishda ikkala tomonga bo’ylama 
xarakatlanadi; jilvirtosh doirasining ko’ndalang surilishi har bir bo’ylama 
xarakat (yurish) yakunida amalga oshiriladi. Dastlabki jilvir-lashda bo’ylama 
surishning qiymati detalning bir marta aylanishiga jilvirtosh doirasi
balandligining 0,5 – 0,8 kismiga teng bo’ladi; yakuniy ishlov berishda esa uning
0,2 – 0,5 kismiga teng bo’ladi; kesish chuqurligi har bir o’tishda 0,005–0,02 mm 
bo’ladi. Vallarni jilvirlash uchun bu usul keng tarqalgan va qulaydir. 


74 
Ikkinchi usul – kundalang surish (
S
ko’n
) orqali jilvirlash usulidir (10.4- 
rasm, b). Bu usulda detalning jilvirlanadigan sirtining uzunligi bo’yicha birdaniga 
keng jilvirtosh doirasi yordamida jilvirlanadi. Jil-virtoshga detalning markaziy 
chizig’i yo’nalishida ko’ndalang so’rish o’zatila-di. Jilvirtosh doirasining 
balandligi detalning jilvirlanadigan sirti-dan biroz katta olinadi. Bu usul eng 
unumli hisoblanadi, ommaviy va yirik seriyali ishlab chiqarishda keng qo’llaniladi. 
Bu usul detalda tegishli shakldagi sirtni shakldor jilvirtosh doirasidan foydalanib, 
hosil qilishga imkon beradi. Pog’onali valning kalta kismi va unga tutash sirtini 
jilvirlash zarur bo’lsa, buraluvchi babkali jilvirlash dastghi qo’llaniladi (10.4-
rasm, v). 
Markazsiz jilvirlashda detal (2) mahkamlanmaydi, ikkita jilvirtosh doirasi
o’rtasida erkin holatda joylashtiriladi (10.5-rasm, a). Jilvirtosh doirasining katta 
diametri (1) jilvirlovchi doyra bo’lib xizmat qiladi, kichik diametrli (3) jilvirtosh 
doirasi yetaklovchi bo’lib hisoblanadi, u detalni aylantiradi va ko’ndalang suradi.
Jilvirtosh doirasi 30 – 35 m/s aylanma tezlikda aylanadi, yetaklovchi
jilvirtosh doirasi 20 – 30 ming m/min tezlikka ega. Ishlov beriladigan detal 
pichok ko’rinishidagi tayanch yordamida kiya holatda turadi. Yetaklovchi 
jilvirtosh doirasi tomonga pichoqda qiyalik bo’lganligi sababli detal shu 
jilvirtoshga siqiladi. 
Tayanch ishlov beriladigan detal markazini jilvirtosh doiralarining markaziy
o’qlaridan yukorida (detal diametri yarmigacha, lekin 15 mm dan yuqori
bo’lmasligi kerak) joylashtiradigan qilib o’rnatiladi. 
Markaziy jilvirlash 2 xil usulda amalga oshirilishi mumkin. Kaysi bir usulni 
tanlash ishlov beriladigan detalning shakliga bog’liq. 
1-usul – bo’ylama surish (10.5-rasm, a, b) 
2-usul – kundalang surish (10.5-rasm, v) 
Bo’ylama surishli jilvirlash usuli vallarni, vtulkalarni, porshenь 
barmoqlarini, porshenlarni va boshqa tsilindrik shakldagi (burtiqsiz) detallarni 
jilvirlash uchun ko’llaniladi; jilvirlanadigan detal dastgoh-ning bir tomonidan
kiradi va ikkinchi tomonidan jilvirlanib chiqadi. Bu harakatni amalga oshirish 
uchun yetaklovchi jilvirtosh doirasi jilvir-lovchi jilvirtosh doirasi o’qiga nisbatan 
a – 1 – 5° burchak ostida qiya kilib o’rnatiladi.
Etaklovchi jilvirtosh doirasining qiyalik burchagini o’zgartirish orqali surish 
qiymatini o’zgartirish mumkin; burchak kancha katta bo’lsa, surish kiymati ham 
shuncha katta bo’ladi va o’z navbatida jilvirlangan sirt g’adir budirligi ham 
shuncha katta bo’ladi. 
Ko’ndalang surishli jilvirlash usulini yetaklovchi jilvirtosh doira-sini 
jilvirlovchi jilvirtosh doirasining yo’nalishi bo’yicha ko’ndalang surish orqali 
amalga oshiriladi. Avval detal yukorisidan yoki yonidan tayanchgacha o’rnatiladi. 
Detalning kerakli o’lchami hosil qilingandan so’ng jilvirlash tugatiladi, yetaklovchi 
doyra orkaga suriladi, jilvirlangan detal olinadi va navbatdagi jilvirlanadigan
detal o’rnatiladi. 
Bu usulda yetaklovchi va jilvirlovchi jilvirtosh doiralarining o’qlari parallel 
joylashgan bo’ladi. Yetaklovchi jilvirtosh doirasi surili-shining kiymati detalning 
bir marta aylanishiga 0,003 mm dan 0,01 mm gacha qabul qilinadi. 


75 
Ko’ndalang surishli jilvirlash usuli, asosan burtiq yoki konussimon shaklga
ega bo’lgan detallarni jilvirlashda qo’llaniladi. 

Download 9,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish