Namangan muhandislik qurilish


Asosiy unversal o’lchash asboblarning tuzilishi



Download 9,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/177
Sana30.06.2022
Hajmi9,91 Mb.
#720458
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   177
Bog'liq
xizmat korsatish texnikasi va jixozlari

Asosiy unversal o’lchash asboblarning tuzilishi. 
Shtangenasboblar 
mashinasozlikda ko’p qo’llaniladi. Ulardan detallarning ichki, tashqi diametrlari, 
uzunligi, eni, qalinligi, chuqurligi va boshqa qismlarini o’lchashda foydalaniladi. 
Shtangentsirkullarning
 
uch turi-ShTs-I, ShTs-II, ShTs-III ishlatiladi. 
Ularning o’lchash chegaralari har xildir: 0-125 mm (ShTs-1); 0-160 mm (ShTs-II); 
0-400 mm (ShTs-III). Nonius bo’yicha sanoqlari 0,1 mm (ShTs-I) va 0,05 mm 
(ShTs-II va ShTs-III). 


44 
Shtangentsirkul ShTs-I
 
bilan tashqi, ichki o’lchamlar va chuqurlikni 
o’lchash mumkin. Shtangasining bitta uchida o’lchash jag’lari ikkinchi uchidan 
chizg’ich bo’lib, undan chuqurlikni o’lchashda foydalaniladi. Shtanga bo’ylab 
qo’zg’aluvchi ramka jag’lari suriladi. O’lchash jarayonida shtangaga qisqichni vint 
bilan mahkamlab qo’yiladi. Shtangentsirkulning ostki jag’i tashqi, ustki jag’i esa 
ichki o’lchamlarni o’lchash uchun xizmat qiladi. Ramkaning qiya qirrasiga nonius 
shkalasi zarblangan. 
 
 
Shtangentsirkul ShTs-II
 
yuqori aniqlikda o’lchash imkonini beradi. 
Asbobning ustki jag’i o’tkirlangan bo’lib, undan rejalash ishlarida foydalaniladi. 
Suriluvchi ramkaning shtangasi nisbatan o’rnatish uchun mikrometrik surish (vint-
gayka) mexanizmi bilan ta’minlangan.
Kalibrlar. Shchuplar. Shablonlar. 
Detal o’lchamlarini, shaklini va 
sirtlarining joylashishini tekshirish uchun mo’ljallangan shkalasiz o’lchovga kalibr 
deyiladi. Kalibrlarning normal va chegaraviy xillari bo’ladi. Normal kalibrlar deb, 
o’lchamlari tekshirilayotgan detalning nominal o’lchamlariga mos keladigan 
kalibrlarta aytiladi. CHegaraviy kalibrlarning ikkita ish o’lchami bo’ladi; bittasi 
eng katta chegaraviy o’lchamga, ikkinchisi eng kichik chegaraviy o’lchamga mos 
keladi. Ulardan biri «o’tuvchi» deb ataladi va PR «proxodnoy» harflari bilan 
belgilanadi, boshqasi «o’tmaydigan» deb ataladi va HE («neproxodnoy») harflari 
bilan belgilanadi. Hozirgi vaqtda chegaraviy kalibrlar keng tarqalgan, shunga 
qaramasdan normal kalibrlarning ba’zilari mashinasozlikda muvaffaqiyatli 
ishlatilib kelinmoqda. Bularga birinchi navbatda shablonlar, shchuplar va konus 
kalibrlar kiradi. SHablonlar murakkab detallarni tayyorlashda sirtlarinipg shakli va 
joylashishining to’g’riligini tekshirishda ishlatiladi. Andaza konturi bilan detal 
orasidagi tirqish bo’yicha yoki bo’yoq bo’yicha tekshiriladi. Sirtlarning egrilik 
radiusini tekshirish uchun radiusli andazalar keng qo’llanadn (6-rasm). Ular 
to’plamlar ko’rinishida ishlab chiqariladi va egrilik radiusi 1 mm dan 25 mm gacha 
bo’lgan qavariq va botiq sirtlar bilan andazalar orasidagi tirqishni tekshirish 
imkonini beradi. Yetarli darajada keng tarkalgan asboblardan biri shchuplar 
xisoblanadi, ular ma’lum qalinlikdagi plastinkalar to’plamidan iborat bo’ladi (7-
rasm). SHchuplar sirtlar orasidagi zazorlarni tekshirish uchun normal kalibrlar 
hisoblanadi. SHchuplar ikkita aniqlik klassida amaldagi davlat standarti ga ko’ra 1 
va 2 klass aniqligida), 0,02-1 mm nominal o’lchamli, har 0,01 va 0,005 mm dan 


45 
darajalangan 100 mm va 200 mm uzunlikda ishlab chiqariladi. 100 mm 
uzunlikdagi shchuplar alohida plastina va to’plam ko’rinishida chiqariladi! 200 
mm uzunlikdagi shchuplar faqat ayrim plastina ko’rinishida chiqariladi. 
Vazifasiga ko’ra kalibrlar ikkita asosiy gruppaga bo’linadi: ish kalibrlar 
(o’tuvchi R-RP va o’tmaydigan R-HE) va nazorat kalibrlarga (K-RP, K-HE, K-I) 
bo’linadi. Detalning ishga yaroqliligi unga o’tuvchi va o’tmaydigan kalibrlarni 
ketma-ket qo’yib aniqlanadi. CHegaraviy kalibrlar ko’pincha tsilindrikval va 
teshiklarni tekshirish uchun ishlatiladi. Vallar kalibr skobalar bilan, teshiklar kalibr 
probkalar bilan tekshiriladi. Kalibr probkalarning konstruktsiyalari 8-rasmda 
ko’rsatilgan. Simdan yasalgan qo’ymalari bo’lgan ikki tomonlama probkalar (8- 
rasm, a) 1-3 mm diametrli teshiklarni, konussimon quyruqli qo’ymali ikki 
tomonlama probkalar 1-50 mm diametrli teshiklarni tekshirish uchun ishlatiladi. 
Qeyingi holda o’tuvchi kalibr o’tmaydigan kalibrdan uzunroq bo’ladi. Ba’zan bu 
o’lchamlarni tekshirish uchun bir tomonlama probkalardan foydalaniladi, ularda 
o’tuvchi va o’tmaydigan kalibrlar dastaniig bir tomonida joylashgan bo’ladi. Lekin 
bunday probkalar kamdan-kam ishlatiladi (tayyorlanadi), chunki ular bilan uncha 
chuqur bo’lmagan bir tomoni berk teshiklarni va uzun ikki tomoni ochiq 
teshiklarni tekshirib bo’lmaydi. Bundan tashqari, bir tomonlama probkalarni, ikki 
tomonlama probkalarga nisbatan tayyorlash birmuncha qiyin. 30—100 mm 
diametrli teshiklarni tekshirish uchun uchlikli ikki tomonlama probkalardan 
(8rasm, v) foydalaniladi. Ular to’la profilga ega bo’ladi. Diametri 50 mm dan katta 
bo’lgan teshiklarni tekshirishda bunday kalibrlardan foydalanish og’ir bo’lganidan 
qiyinchilik tug’diradi. SHuning o’chun katta diametrli teshiklarni tekshirishda 
profili to’la bo’lmagan probkalar ishlatiladi. Ular 30–50 mm li diametrlar uchun 
list zagotovkalardan bir va ikki tomonlamali qilib (8-rasm, g), 50 dan 300 mm 
gacha bo’yagan diametrlar uchun bir tomonlamali qilib tayyorlanadi. Diametri 250 
mm dan 1000 mm gacha bo’lgan teshiklar chegaraviy nutromerlar yoki 
shtihmasslar bilan (8 rasm, ye) tekshiriladi. Nutromerlarda o’lchash sirtlari 
tsilindrik qilib, shtixmasslarda sferik qilib yasalgan. SHtixmass va nutromerlar 
o’tuvchi va o’tmaydigan kalibrlardan iborat komplekt ko’rinishida ishlatiladi. 
Kalibrskobalarni tekshirish uchun tashqi o’lchash ish sirtiga ega bo’lgan 
shayba ko’rinishidagi nazorat kalibrdan foydalaniladi (8-rasm, j). Kalibrskobalarni 


46 
tayyorlashda ular o’tuvchi va o’tmaydigan KRP va K-HE kontrkalibrlar 
tekshiriladi. K-I kontrkalibrlar o’tmaydigai bo’lib, kalibr skobalarning yoyilish 
darajasini tekshirish uchun xizmat qiladi. 

Download 9,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish