2.Detall nuqsonlarini aniqlashga doir asosiy talablar.
SHesternya va podshipniklarni nuqsonlarini aniqlash usullari
Ishlangan uzatmalar qutilari, reduktorlar, lebetkalarning tishlarni ishchi
sirtlari holati kuzatiladi, singan yorilgan joylari bo’yab ko’rsatiladi, eng ko’p
yeyilgan tishlar mel bilan belgilanadi. Tishlar dastlab shablon bilan tekshiriladi,
uni ishga yaroqlilik darajasi tirkishga qarab belgilanadi. Qoldiq resurslarni aniqlash
uchun esa, shu tartibda shesternyalar o’lchanadi va tirkishni boshlangich va
chegaraviy qiymatlariga qarab belgilanadi. Tishni aniq enini qiymati
shtangenzubomer bilan o’lchanadi. TSilindrik tishli g’ildirakdagi tishni eni ikki
kirqimda o’lchanadi, har bir g’ildirakda eng qamida uchtadan tishni, bir biriga
nisbatan 120°S burchak ostida joylashgani o’lchanadi. Olingan natijani nominal
kiymatiga solishtiriladi.
180
2.1-rasm. Tekshirilayotgan shesternyalar ko’rinishi va qalinligini o’lchash
2.2-rasm.Tekshirilayotgan podsh ipniklardagi tirqishlarni indikator
bilan o’lchash
a)o’q yo’nalishidagi tirqishni o’lchash b). Radial tirqishni o’lchash
Dumalash podshipniklarining o’q va radius yo’nalishlaridagi tirqishning
kattaligi: yo’nalishdagi tirqish 0,25-0,4 mm, radial tirqish 0,2 – 0,5 mm bo’lganda
podshipniklar yaroqsizga chiqariladi (2- rasm). Tishni nominal qalinligi va tishni
balandligini aniqlash. a) SHesternya uchun
bu yerda:
h -tish balandligi, mm;
D – tishning tashki diametri;
d - tishning ichki diametri
Nazorat qilinadigan podshipniklar yuvish ashyolari yordamida yuvib
tozalanadi. Podshipnikni tashqi va ichki xalqasi, seperatorlar, shariklari holati
tashqi tomondan kuzatiladi. Podshipniklarda kuydagi nuqsonlar bo’lsa ishlatib
bo’lmaydi: ichki va tashki xalqalari yorilgan yoki o’yilgan, chizilgan bo’lsa va
sharik yuradigan yo’li tirnalgan hamda o’yilgan bo’lsa, seperatorda singan,
yorilgan joylari bo’lsa. Buzuqlari bo’lmagan ishga yaroqli podshipniklarni qo’l
bilan yengil aylanishini, ovoz chiqarmasligini tekshirib qo’riladi. Buning uchun
podshipnik yengil, qadalmasdan aylanishi kerak, shunday tekshirishdan
o’tkazilgandan keyin, podshipnik xalqasini diametri, radial va bo’ylanma
tirqishlar o’lchanadi. Podshipnikni xalqasida o’tiradigan sirt diametri, korpusda
yoki valda burilishdagi qoldiqlari bo’lsa tekshiriladi. Podshipnik tashqi ichki
xalqasi diametri indikatorli nutromer yordamida ikkita bir-biriga perpendikulyar
tekislikda o’lchanadi. Radial va bo’ylanma tirkishlar mahsus moslamalar
yordamida o’lchanadi. Tekshiriladigan podshipnikni radial va bo’ylanma
tirqishi KI-1223 markali asbob yordamida o’lchanadi. Tirqish miqdori
181
indikator 3 ni strelkasini og’ishi bo’yicha aniqlanadi va podshipnik tashqi
xalqasini 1 ni qo’l bilan jildirish hisobiga o’lchanadi. O’lchash natijasiga
qarab koldiq resurs aniqlanadi. SHarikli radial va rolikli tsilindrik
podshipniklarni xalqasini nominal diametri va radial tirqishlari berilgan
bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |