28
Qo‟rg‟oshin-kislotali akkumulyatorlar batareyasining xarakterli nuqsonlariga
akkumulyatorning o‟z-o‟zidan tez zaryadsizlanishi, ish plastinalarining sulьfatlanishi
va buzilishi, baklarning yorilishi kiradi.
O‟z-o‟zidan
zaryadsizlanish
sutka
davomida
batareyaning
to‟la
zaryadsizlanishiga olib kelishi mumkin. Har bir batareyada sodir bo‟ladigan o‟z-
o‟zidan normal zaryadsizlanish sutkada uning sig‟imining 1% dan oshmaydi. O‟z-
o‟zidan zaryadsizlanish sabablari: akkumlyatordagi qutbli shtirlarning iflos yoki
tokilgan elektrolit orqali tutashishi, turli ishorali plastinalarning buzilgan separatorlar
orqali tutashishi, elektrolitning ifloslanishi. Iflos yoki tokilgan elektrolitni tezda
tozalab olish kerak. Agar shundan so‟ng ham o‟z-o‟zidan zaryadsizlanish davom
etsa, unda batareyani remontga jo‟natish kerak, chunki separatorlar buzilgan bo‟lishi
mumkin.
Akkumulyatorlar ishlashi jarayonida plastinalar normal sulfatlanishi lozim,
buning natijasida ular oq rangdagi kristall kukuni bilan qoplanadi. CHuqur
sulfatlanganda batareya sig‟imi tezda kichrayadi, chunki kristall kukni plastinalar
yuzasini
elektrolitdan
himoyalaydi.
Bunda
elektrolit
sathi
pasayganda
akkumulyatordan foydalanilganligi, zaryadsizlangan batareya uzoq saqlanganligi,
elektrolit zichligi oshganligi, batareya sig‟imiga nisbatan 50% dan ortiq
zaryadsizlanganligi sabab bo‟lishi mumkin. CHuqur sulfatlangan akkumulyatorlar
batareyasi, plastinalar remont qilinmaydi.
Ishchi plastinalar oksidlanishi tufayli yemiriladi, natijada aktiv massa
kamayadi. Bu hol elektrolit sathi pasayganda va ifloslanganda sodir bo‟ladi. Ayniqsa
aktiv massa qisqa tutashish vaqtida keskin kamayadi.
Batareya baklardagi yoriqlar maxsus mastikalar surkab berkitiladi.
Elektrolit quyilgan qo‟rg‟oshin-kislotali akkumulyator batareyasini bir yil
saqlash mumkin. Batareyalarni saqlashga quyish oldidan iflosliklardan tozalanadi va
ko‟zdan kechiriladi. Mastika qolgan joylari kavsharlagich bilan qizdirib eritiladi va
yog‟och kurakcha bilan tekislanadi. Tashqari metall qismlariga texnikaviy vazelin
surkaladi. So‟ng elektrolit sathi tekshiriladi va batareyalar zaryadlashga qo‟yiladi.
Keskin iqlimli rayonlarda batareyalarni saqlashga qo‟yilayotgandagi zichlik 1,29
(foydalanishda qabul qilingan 1,31 zichlik o‟rniga) bo‟lishi kerak.
Batareyalar shamollatiladigan quruq xonada stellajlarda, 0 dan - 25
S
temperaturada saqlanishi lozim, chunki past temperaturalarda ishchi plastinkalarning
o‟z-o‟zidan zaryadsizlanish, sulьfatlanish va zanglash jarayoni sekinroq kechadi.
Batareyalarni saqlashda elektrolit sathi va zichligi har oyda tekshirib turiladi. Uning
zichligi normal zichlikka nisbatan 0,03 dan ko‟proq kamaysa, batareya zaryadlashga
qo‟yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: