Namangan muhandislik-qurilish


Akkumulyator qisqichlaridagi kuchlanish



Download 7,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/162
Sana30.05.2022
Hajmi7,74 Mb.
#619661
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   162
Bog'liq
Namangan muhandislik-qurilish

Akkumulyator qisqichlaridagi kuchlanish
.
Ish jarayonida akkumulyatorning 
kuchlanishi uning zaryadlanishi va zaryadsizlanishiga hamda zaryadsizlovchi yoki 
zaryadlovchi tok qiymati katta yoki kichikligiga qarab o‟zgaradi. Kuchlanish ko‟p 
jihatdan ichki qarshilik qiymatiga ham bog‟liq. 
Akkumulyatorlar batareyasi zavod ruxsat etgan zaryadsizlovchi tok va 
haroratda ma‟lum minimal qiymatgacha zaryadsizlanishi mumkin. Zaryadsizlovchi 
tok yoki ichki qarshilik ortganda yoki harorat kamaygannda kuchlanish qiymati 
kichik bo‟ladi. Akkumulyatorni zaryadlaganda zaryadlovchi tok yoki qarshilik 
ortishi bilan uning qisqichlaridagi kuchlanish ko‟payib ketadi.
Akkumulyator sig’imi
.
 
Akkumulyatorlarning ma‟lum miqdordagi elektrni 
qaytarib berish qobiliyati uning sig‟imi bilan xarakterlanidi. Sig‟im amper – soat 
(A.soat) bilan o‟lchanadi. Zaryadsizlovchi tok qiymati va soatlarda o‟lchanadigan 
zaryadsizlash vaqti ma‟lum bo‟lsa, akkumulyator zaryadsizlarganda qancha elektr 
berganligini aniqlash mumkin. Buning uchun tok qiymatini zaryadsizlanish vaqtiga 
ko‟paytirish zarur. 
Qo‟rg‟oshin-kislotali akkumulyator sig‟imining qiymati quydagi omillarga 
bog‟liq: 1) musbat va manfiy plastinkalarning harakatdagi moddalar soniga; 2) 
elektrolit zichligiga; 3) elektrolit haroratiga; 4) zaryadlovchi va zaryadsizlovchi tok 
qiymatiga va yuklanish xarakteriga; 5) kimyoviy moddalarning tozaligiga. Dulardan 
har birining ta‟sirini alohida-alohida ko‟rib chiqamiz. 
Zaryadsizlanish 
vaqtidagi 
reaktsiyada 
qatnashuvchi 
moddalar 
soni 
plastinalarning gometrik o‟lchamlariga, ularning soni va g‟ovakligiga bog‟liq. 
Masalan, 1 A-s elektr olish uchun 4,453g qo‟rg‟oshin qo‟sh oksidi, 3,86g 
qo‟rg‟oshin va 3,66g sulfat kislota kerak bo‟ladi. Lekin akkumulyatorda moddalar 
nazariy zarur miqdoridan anchagina ko‟p va qo‟rg‟oshin-kislotali starter 
akkumulyatorlarda moddalardan foydalanish koeffitsenti 0,25-0,30 ga yetadi. Yupqa 


26 
plastinkali akkumulyatorlarda bu koeffitsent katta, lekin ularning xizmat muddati 
birmuncha kam. 
Qalinplastinkali 
akkumulyatorlarga 
qaraganda 
yupqa 
plastinkali 
akkumulyatorlarda elektrolitning modda g‟oqaklari orasiga o‟tishi oson va katta 
zaryadsizlovchi tokda uning sig‟imi katta bo‟ladi. 
10 soatli ish rejimida manfiy plastinalarning 50 - 60% aktiv massasi va musbat 
plastinalarning 40 - 50% aktiv massasi reaktsiyalarda qatnashadi; starter esa 10 - 
15% dan oshmaydi. 
Elektrolitning zichligi, ya‟ni zaryadlanish vaqtidagi kimyoviy jarayonda 
qatnashuvchi kislota molekulalarining sonini oshirish sig‟imini ko‟paytiradi, chunki 
plastinalarning g‟ovaklarida kontsentratsiya yaxshi tiklanadi, ya‟ni zaryadsizlanish 
vaqtida paydo bo‟lgan suv tezroq almashinadi. Optimal zichlik – 1,385g/sm
3
zichligi 
yanada oshirish yaxshi natija bermaydi, chunki akkumulyatorning sig‟imi manfiy 
plastinalarning sig‟imi kamayishi bilan kamayadi. 
Harorat pasayganda elektrod g‟ovaklaridagi elektrolitning diffuziyasi 
yomonlashadi va sig‟im kamayadi. Dastlabki sig‟im 30
0
da qabul qilingan bo‟lsa, 
harorat 1
0
o‟zgarganda 10 soatli rejimda tok bilan zaryadsizlanish sig‟imni taxminan 
1% ga o‟zgartiradi. 
Zaryadsizlovchi 
tok 
qancha 
katta 
bo‟lsa, 
qo‟rg‟oshin-kislotali 
akkumulyatorning sig‟imi shuncha kichik bo‟ladi. Buni shunday tushuntirish 
mumkin: zaryadsizlovchi tok katta bo‟lganda ma‟lum vaqt ichida plastinaning 
ko‟proq moddalari kimyoviy reaktsiyada qatnashadi. Elektrod g‟ovaklariga 
elektrolitning kirishi g‟ovaklarning o‟lchamiga va elektrolit haroratiga bog‟liq. 
Zaryadsizlovchi tok katta bo‟lganda elektrold sirtida va sirtiga yaqin joylashgan 
g‟ovaklarida qo‟rg‟oshin sulfati hosil bo‟lishi tezlashadi. SHu munosabat bilan 
g‟ovak o‟lchamlari kichrayadi, plastinaning ichkarisiga kislota kirishi yomonlashadi 
va akkumulyator sig‟imi kamayadi. 
Agar zaryadsizlanish bo‟lib-bo‟lib o‟tkazilsa, ya‟ni qisqa muddatli qaytarib 
turiladigan yuklanish hosil qilib turilsa, akkumulyatorning sig‟imi katta bo‟ladi, 
chunki “dam olish” kislotaning plastinaga chuqurroq kirib borishga imkon 
tug‟diradi. 
Bulardan ko‟rinib turibdiki, akkumulyatorlar ma‟lum sharoitlarda ularni 
tayyorlagan zavod belgilangan garantiyali sig‟imga ega bo‟lishi mumkin. 
Avtomobillarning starter tipidagi qo‟rg‟oshin - kislotali akkumulyatorlar batareyalari 
uchun ikki xil - nominal va starter sig‟imlar ko‟zda tutilgan.

Download 7,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish