3-ma’ruza
ATOM TUZILISHI
Reja:
1. Atom to’g’risidagi tasavvurlarning paydo bo’lishi.
2. Rezerford tajribasi. Atomning planetar modeli.
3. Bor nazariyasi.
Muammoli savollar:
1. Elektronning yadro atrofidagi harakati qanday tushuntiriladi?
2. 1ta elektron yadroga qulaganda yadroda qanday o’zgarish kuzatiladi?
3. «Vodorodsimon zarracha» qanday ma’noni anglatadi?
Atom to’g’risidagi tasavvurlarning paydo bo’lishi. Modda tuzilishining diskretligi
haqidagi tushunchalar qachondan boshlanganligi noma’lum. Atomni, ya’ni materiyaning boshqa
bo’linmaydigan eng kichik zarrachasi haqidagi tushunchalarning asoschilari bo’lib, qadimgi grek
filosof olimlari Levkipp (eramizgacha V asr) va uning o’quvchisi Demokrit (eramizgacha 470-357
yillar) hisoblanishadi. O’z zamondoshlaridan farq qilib, ular atom haqidagi tasavvurlarning turli xil
aspektlarini ishlab chiqdilar. Materiyaning juda mayda bo’linmaydigan, bir-biridan o’lchamlari
(shuningdek, massasi) va formasi bilan farq qiladigan zarrachalarni Demokrit "atom"
(bo’linmaydigan) degan termin bilan atashni kiritdi.
XIX asrning oxiriga qadar, atom bo’linmas zarracha deb hisoblanar edi. Bu tasavvur
atomning tabiatini va uning tuzilishini o’rganishga ko’p vaqt to’sqinlik qilib keldi. XIX asrning
boshida Moskva Davlat Universitetining professori M.G.Pavlov atomning tuzilishi murakkab, uning
tuzilishida elektr zaryadi ishtirok etadi, atomning tuzilishi planetar tuzilishdir, degan fikrni may-
donga tashladi. 1815 yilda ingliz olimi Prout ham elementlar atomi murakkab tuzilgan va ular
vodoroddan iborat degan fikrni bildirdi. XIX asrning oxirida katod nurlari, anod nurlari, rentgen
«Umumiy va noorganik kimyo» fanidan ma’ruzalar matnlari.
13
nurlari, nurlanishning kvant nazariyasi, radioaktivlik hodisasi kabi bir necha kashfiyotlar qilinishi
natijasida atomning murakkab tuzilganligini isbotlab berildi.
Eritmalar (XIX asr 30 y. ingliz olimi M.Faradey) va gazlardan elektr tokini o’tishini
o’rganish; past bosimdagi gazlarda katodlar orasida birinchi - musbat zaryadli ionlar, ikkinchi -
manfiy zaryadli ionlar elektronlarning tartibli harakatini ko’rsatuvchi kanal nurlari (1886y.) va
katod nurlari (1895 yil, ingliz olimi Kruks) ning kashf etilishi; elektronning mavjudligini isbotlash
(1897 y. J.Tomson) va uning tavsifi (zaryadi va massasi)ni o’lchash; radioaktiv hodisasi (1896 y.
A.Bekkerel) va boshqa bir qancha tadqiqotlar moddalarning atomlari turli turdagi zaryadlangan
zarrachalardan tarkib topib, murakkab tuzilishga ega ekanligini ko’rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |