153
Qurilish maydonlari geologik tuzilishining murakkablik darajasiga
qarab, 3 guruhga bo‘linadi. Har bir guruh uchun kovlanadigan burg‘
quduqlar va ular orasidagi masofa quyidagicha qabul kilinadi (9.1 jadval).
SHurf - to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida qaziladigan quduq bo‘lib, unda
monolit (tog‘ jinslari tabiiy tuzilishining buzilmagan o‘lchamlari
20
20
20 sm) va namunalar (tabiiy strukturasi buzilgan)
shurf
devorlaridan olinadi.
9.1-jadval
Tartib raqami Geologik
sharoitning
murakkablik darajasi
Burg‘ quduqlari va shurf
orasidagi
eng
katta
masofa
1
Murakkab
25 metr va undan kam
2
Murakkabligi o‘rtacha
50 m
3
Oddiy
100 m
Burg‘ quduqlar va shurflarning chuqurligi har - xil sharoitlarga
bog‘liq bo‘lib, mo‘ljallangan poydevor enidan 1, 2 . . . 2 marta chuqur
yoki 6 . . . 8 m bo‘lishi kerak. Agar 10-15
m chuqurlikda qoya,
mustahkam tog‘ jinslari yotgan bo‘lsa, u holda burg‘ quduqlar va shurflar
shu tog‘ jinslarigacha yetkaziladi. Agar umumgeologik ma’lumotlarda
qurilish maydonida tarqalgan tog‘ jinslarining mustahkamligi past deb
topilsa, u holda burg‘ quduqlar va shurflarning chuqurligi 15 - 20 m
gacha yetkazilishi mumkin.
Qurilish maydonidagi tog‘ jinslarining siqiluvchi qatlami qalinligi
aniq bo‘lmagan, lekin poydevorning turi va 1 m uzunligiga tushadigan
yuk qiymati ma’lum bo‘lsa, burg‘ quduqlar va shurflarning chuqurligi 9.2
- jadvaldan olinadi.
9.2-jadval
Lentasimon poydevor
To‘g‘ri to‘rtburchakli poydevor
Bosim, t/m
CHuqurlik,m
Og‘irlik, t
CHuqurlik, m
10gacha
20
50
100
500
6
10
15
18
20
50 gacha
100
400
1000
5000
10000
va undan
kata
6
7
13
15
23
30
Burg‘ quduqlarning o‘rtacha chuqurligini Amyerika olimi
D.Sauyersa 100 ga yaqin xududlarni tahlil qilib, ularning chuqurligi
154
inshootning eniga va qavatlar soniga bog‘liq deb topdi va quyidagi 9.3 -
jadvalni tuzdi.
9.3-jadval
Inshootning
kengligi
Qavatlar soniga qarab burg‘ quduqlarining chuqurligi, m
1
2
4
8
12
30
60
120
3,3
3,6
3,6
6
6,6
6,9
9,9
12,3
13,5
15,9
20,4
24,3
24
32,4
40,8
Mustahkamligi yuqori bo‘lishi lozim inshoot va binolarning asosini
o‘rganishda ish chizmasi loyihasiga qo‘shimcha ishlar kiritilishi mumkin,
bu ishlar poydevorni qancha chuqurlikka
joylashtirish lozimligi, uning
o‘lchamlariga oid bo‘lib, o‘tkazilgan ishlarning natijasiga uncha katta
ta’sir etmaydi.
Qurilish xandaqlarini qazishda har qanday qonuniyatga
buysunmaydigan, fizik - mexanik xossalari o‘zgaruvchan tog‘
jinslariga
katta e’tibor berish shart.
Ish loyihasida o‘tkazilgan muhandislik - geologik tekshirish ishlari
tamomila to‘la, inshootning konstruktiv tomonlarini hisobga olgan holda,
muhandislik - geologik sharoitini baholash bilan birga, qurilishda olib
boriladigan
uslublarni, poydevor turlarini va ularning tejamlilik
tomonlarini asoslab berish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: