95
chuqurliklar; yopiq g‘orlar-bu ohaktoshlar jinslari orasida paydo bo‘lgan
gorizontal yoki tik qiya bo‘shliqlardir. Morfologik jihatdan g‘orlar Yer
yuzida ko‘proq botiq shakllarini tashkil qiladi. Ochiq karst (g‘or) lar xar -
xil shaklga ega bo‘lishi mumkin. Yer ostidagi karstlar ham bir necha xil
bo‘ladi; tik yunalgan quduq, og‘zi tor, ichkariga tomon kengayuvchi
(epikarst), gorizontal yo‘nalgan kanalli, yer yuziga yer osti suvini olib
chiquvchi (mezokarst), chuqurlik (gipokarst).
Karst shakllari botiq va
qavariq bo‘lishi mumkin, botiq shakllarning chuqurligi bir necha
metrdan, bir necha ming metr gacha bo‘ladi. Yemiriluvchi, g‘orlar hosil
kiluvchi jinslar suvda yeriydigan jinslardir; karbonatli jinslardan;
ohaktosh, dolomit, bo‘r, marmar; sil’vin va boshqalar.
Eng ko‘p yeriydigan xloridlar bo‘lib, har qanday kimyoviy
tarkibdagi suvda yeriydi: 1 l distillangan suvda 328 gramm osh tuzi
yerishi mumkin. Sul’fatlar suvda nisbatan kam yeriydi: 1
l distillangan
suvda 2,6 g gips yeriydi. Agar suv tarkibida NaCl bo‘lsa,
uning
yeruvchanligi 4 marta oshadi, MgSO
4
bo‘lsa, yeruvchanligi aksincha
kamayadi. Karbonatlar qiyin yeriydigan jinslar hisoblanadi: 1 l
distillangan suvda 0,013 g CaCO
3
yeriydi. Umuman olganda,
suvning
tog‘ jinslariga juda sekinlik bilan ta’sir etib boradi, biroq suvning
tarkibida karbonat angidridning miqdori ko‘p bo‘lib harorati yuqori
bo‘lsa, bu jarayon tezlashadi. Karbonat angidrid suvda qiyin yeruvchi
magniy yoki kaltsiy karbonatli suvda yeriydigan bikarbonatlarga -
aylantiriladi.
CaCO
3
CO
2
H
2
O
Ca (HCO
3
)
2
Bo‘r bo‘sh jins bo‘lganligidan suvda
faqatgina yerib qolmasdan,
osonlik bilan yuvilib chiqib ketadi. Karstni hosil bo‘lishida tog‘
jinslarining darzliligi ham katta ta’sir ko‘rsatadi. Darzlardan kirib
borgan, yer osti suvlari va atmosfera yog‘inlari tog‘ jinslarining
yemirilishini kuchaytiradi. Karstlar, ayniqsa tektonik xududlarda ko‘proq
uchraydi, sababi bu xududlarda tog‘ jinslari darzlari ko‘proq bo‘lib, u
yerning chuqurrok qismlarigacha kirib boradi.
Atmosfera yog‘inlari va daryo suvlari kamroq minerallashgani
sababli, karstlar hosil qilishda ular faol ishtirok etadi.
Atmosfera suvlari yemiriluvchi jinslar massivlari ustida dastlabki
yo‘llarni hosil kiladi, so‘ngra bu yo‘llar kengayib jo‘yaklar,
tarnovlar
96
(karrlar) hosil qiladi. Bu hosil qilingan yuzalarni-karrli yuzalar deb
ataladi.
Lyoss tog‘ jinslarida bo‘shliqlar, ko‘pincha o‘simliklar hamda
xayvonlarning (kemiruvchilar) yashashi jarayonidan paydo bo‘lgan, yer
sirtidan pastga qarab yo‘nalgan, naysimon, ba’zan aylanasimon holdagi,
turli kattalikdagi bo‘shliqlarga, atmosfera yog‘inlarining oqib kirishi va
yer yuzasiga sizib chiqishi natijasida hosil bo‘ladi. Bunday bo‘shliqlar
Respublikamizda
Toshkent oldi xududlarida, Parkent vodiysida,
SHimoliy Farg‘ona vodiysida - Namangansoy, CHortoqsoy, Kosonsoyda
uchraydi. Karstlar hosil bo‘ladigan tog‘ jinslari qurilish ishlarini olib
borish uchun anchagina qiyinchiliklar tug‘diradi. Gipsli va osh tuzi
tarqalgan joylarda faqatgina mavjud bo‘lgan karst emas balki, uning
yangi xillarini va ayniqsa binoning poydevor ostida hosil bo‘lishi, qurilish
uchun xavf soladi.
Og‘ir inshoot qurilishi natijasida yer yuzasiga
yaqin joylashgan g‘orlar, o‘pirilib tushishi mumkin. Yer osti yo‘laklarini
qurishda karstli hududlardan o‘tishda, yo‘llarda yirik g‘orlar uchrashi
mumkin va bu anchagina qiyinchiliklar tug‘diradi. Agarda inshootni
geologik jihatdan qulay bo‘lgan joylarga joylashtirish imkoni bo‘lmasa,
karstli tog‘ jinslarini sun’iy ravishda zichlash, masalan, tsementlash va
qum
aralashmalari, tsementli - gilli aralashma bilan zichlash lozim.
Yer osti yo‘laklarini o‘tkazishda, g‘orlarni shiplaridagi tog‘
jinslarini o‘pirilib ketmasligini oldini olish maqsadida, g‘orlarning tom
shiplari alohida mustahkamlanadi.
Karstli hududlarda bino va inshootlar qurish ishlarini olib borishda
yer osti g‘orlarini hosil bo‘lish xususiyatlarini hamda karst qatlamlarini
va uning suvli xususiyatlarini o‘rganish jarayonida ayniqsa, tektonik
maydonlarning mavjudligiga alohida ahamiyat berish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: