104
ular orqali sizib oqib o‘tayotgan suv bilan mayda zarralar (gilli va
changsimon) ham oqib o‘tadi. Bunday qumlarda suffoziya hodisasining
qiymati 5 dan ortiq bo‘lgan vaqtdan boshlab vujudga keladi. Suffoziya
hodisasi tog‘ jinslarining chuqur qismida yoki yer yuzasiga yaqin joyida
ro‘y berishi mumkin.
Suffoziya tog‘ jinsi chuqurliklarida, turli tarkib va g‘ovaklikka ega
bo‘lgan ikki qatlam chegarasida hosil bo‘lishi mumkin. Bunda bir
jinsning mayda zarralari, suv bilan ikkinchi jinsning g‘ovaklariga o‘tib
boradi. CHegaraviy (kontaktli) suffoziyada
qatlamlararo ostki qatlam
hosil bo‘lishi yoki g‘ovaklar yuvilib ketishi mumkin. Buni fil’trlanish
koeffitsienti 2 dan katta bo‘lgan va qumli qatlamlarda kuzatish mumkin.
SHuni ta’kidlash lozimki, lyossimon jinslarda suffoziya faqatgina
kontaktlarda rivojlanmasdan o‘zida «gilli» yoki «lyossli karst» deb
nomlanuvchi hodisaga sabab bo‘ladi.
Kovaklar yo‘llarda yer qazish ishlarini olib borishda sizayotgan
suvning turbulentli oqimi ta’sirida kengayib boradi. Jins yemiriladi va
uning o‘rnida kovaklar hosil bo‘ladi. Mexanik va kimyoviy suffoziya yer
usti yaqinida gidrodinamik sharoitni tabiiy va sun’iy ravishda o‘zgarishi-
yer osti va yer usti suvlari sathining o‘zgarishi, suv so‘rib chiqarish faol
ko‘rinadi.
Suffoziya
jarayonlari
daryo
vodiylarining
yon
bag‘irliklarida, suv omborlari
qirg‘oqlarida,
yog‘in
suvlarining keskin tushishi
yoki ortiqcha suvni chiqarib
yuborishda,
grunt suvlarini
yer tagidan chiqish joylarida,
shuningdek
sug‘oriladigan
maydonlarida ko‘plab kelib
chiqadi.Qurilishda
chuqurliklar
qiyaliklarida
suffoziya
jarayonidagi
zarralar
oqizib
chiqishi
natijasida,
yerning
usti
105
o‘pirilib tushishi, voronkalar hosil bo‘lishi, surilishlar kelib chiqishi
mumkin.
Kimyoviy suffoziya uzoq vaqt davom etib, faqatgina karbonat
jinslarni va oson yeriydigan
moddalarni yeritibgina qolmay, balki
kremnezemni yeritadi. Jinslarni uzoq vaqt ko‘plab miqdorda yerishi
oqibatida kimyoviy suffoziya, karst jarayoniga aylanib ketadi.
Suffoziya hodisalari bino va inshootlarning mustaxkamligiga salbiy
ta’sir ko‘rsatadi. Suffoziya hodisasiga qarshi barcha chora-tadbirlar bilan
kurashmoq lozimdir. Ushbu ko‘riladigan chora-tadbirlardan asosiy
maqsad-suvning sizib o‘tishini to‘xtatishdir. Buni turli usullar bilan
amalga oshiriladi: atmosfera yog‘in suvlarining oqim yo‘nalishini tartibga
solish va yer ustini nam o‘tkazmaydigan qilib himoya qilish,
yer osti
suvlarini oqib chiqish joylarini zichlab bekitish yoki qum to‘ldirish,
gruntlar tarkibidagi suvlarni qochirish uchun drenaj quvurlari o‘rnatish,
suv sizib o‘tish tezligini kamaytirish, suffoziyaga uchragan jinslarni
silikatlab, tsementlab yoki loyli qorishmalar bilan zichlash, poydevorlarni
maxsus turlaridan, masalan qoziqli poydevorni qo‘llashdir.
Inshootlarni loyihalash va qurish jarayonida bajariladigan
muhandislik -geologik qidiruvlarida suffoziya hodisasini o‘rganish uchun
tog‘ jinslarini granulometrik tarkibini, turini, sizish oqimining tezligini,
oqim
gradientini, suffoziya uchragan tog‘ jinslarining fizik - kimyoviy
xossalarini, granulometrik va mineralogik tarkibini, suvda oson
yeriydigan tuzlarning yotishi, g‘ovakliligi, suv o‘tkazuvchanligi va
boshqa xossalarini nazarda tutish kerak. Suffoziyaning oldini olish
choralaridan biri unga uchraydigan grunt
qatlamlarini yer osti va
atmosfera yog‘inlaridan saqlashdir. SHu maqsadda ochiq beton ariqlar
yotqiziladi. Yer osti suvlarini tartibga solish, yo‘nalishini o‘zgartirish
uchun ochiq yoki yopiq zovurlar qaziladi. Yer osti suvlari harakatini
kamaytirish maqsadida, suvli grunt qatlamlariga suyuq shisha,
tsement
qorishmalari yoki gilli qorishmalar yuboriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: