Namangan muhandislik-qurilish instituti rizaev bahodir shamsiddinovich, qosimov ilhom ma



Download 6,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/77
Sana01.04.2023
Hajmi6,24 Mb.
#924108
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   77
Bog'liq
63f5ba6711d31 Геология ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА (1)

 
6.8-§. Plivun 
Tarkibida chang zarrasi ko‘p bo‘lgan suvga to‘yingan mayda gilli 
jinslarga plivunlar deyiladi. Ular to‘rtlamchi davrga ega bo‘lgan jinslar 
ichida va ayniqsa lyosslar va lyossimon tuproqlarda ko‘p tarqalgandir. 
Quruvchilar ushbu hodisaga xandaq qazishda, kanallar qazishda, temir 
yo‘l to‘shamasini qurishda, metro tarmoqlarini qazishda duch kelishadi. 
Odatda plivunlarning ko‘pchiligi daryo o‘zanlarida va tyerrasalarda turli 
qalinlikda uchraydi. Plivunlarda tiksotropiya xususiyati mavjudligi 
tufayli, tashqi mexanik kuch ta’sirida birdan suyuq atalaga aylanib, 
shaxta devorlaridan, metro devorlaridan, imorat zovuri qirg‘oqlaridan, 
tog‘ yon bag‘irliklaridan oqib chiqa boshlaydi. Plivun hodisasi sababli 
inshootlarning mustahkamligi pasayadi, tog‘ yon bag‘irliklarida 
cho‘kishlar, surilishlar hosil bo‘ladi. Ko‘pincha plivunlar tufayli qumlar 
zichligi ortadi, natijada hajmi kichrayib, yer usti cho‘kadi. Bu esa shu 
joydagi qurilishga katta zarar yetkazadi.
Plivun hodisasi ikki turga: soxta plivun va haqiqiy plivun hodisasiga 
bo‘linadi. 
Soxta plivunlar - strukturaviy bog‘lanmagan, qumli va shag‘alli 
yotqiziqlarda kuzatiladi. Soxta plivun hodisasining sababi - qumli 
qatlamlardagi gidrodinamik bosimni vujudga kelishidir. Gidrodinamik
bosim oshgan sari qum zarralarini o‘rab olgan suv qatlami oshib borib, 
buning ta’sirida qumlar orasidagi ishqalanish yo‘qoladi, pirovardida, ular 
harakatga kela boshlaydi. Ozgina tashqaridan dinamik kuch ta’sir etishi 
bilan bu qum massasi siljiy boshlaydi.
Haqiqiy plivun hodisasi qumlok va qumoq gruntlarda uchraydi. 
Haqiqiy plivun tog‘ jinsi suyulgandan so‘ng ham ancha vaqtgacha
muallaq holatda turadi. Jinsni suyulib, oqishiga sabab - bu uning 
tarkibidagi bog‘langan suv bo‘lib, uni ajratish ancha qiyin. Plivunlar turli 
tebranishlar va dinamik zarbalarga sezgir bo‘ladi. SHu sababli ular 
kuzatish markazidan uzoq bo‘lgan joylarda ham inshootlarga xavf
tug‘dirishi mumkin. Qurilishda plivunlarga qarshi kurash choralari 5 
guruhga bo‘linadi.


102 
1. Qurilish maydonidagi plivunlarni sun’iy ravishda qotirish. Bu 
usul o‘z navbatida 3 ga bo‘linadi:
a) xandaqdagi suvni maxsus nasoslar bilan chiqarib olinadi. 
b) suyuqlanuvchi qatlamlar ustidan fil’trlar qoqiladi. Qoqilgan 
fil’trni bir qismi plivun orasida bo‘lsa, boshqa qismi uning ostidagi 
qatlamda bo‘ladi. Bunda plivun suv fil’trlar orqali ostki qatlamlarga 
o‘tib ketadi. Bu usul plivunning fil’trlanish koeffitsientining qiymati 
birdan kichik bo‘lganda qo‘llaniladi. 
v) nina fil’trlar orqali plivunga elektr toki yuborib, konsistentsiyasi 
o‘zgartiriladi. Buning uchun bir - biridan ma’lum masofada joylashadigan 
qilib, elektrodlar qoqilib, ularga o‘zgarmas tok yuboriladi. Bu usul 
fil’trlanish koeffitsientining qiymati 0,2 dan kichik bo‘lmagan gil va 
lyossimon jinslar uchun qo‘llaniladi. 
2. Plivunlarning shpunt yordamida to‘sib ko‘yish. 
Buning uchun bino yoki inshoot poydevori o‘rni ochilib, xandaq 
qazishdan avval atrofi bo‘ylab 4 - 5 metrgacha chuqurlikkacha yog‘och, 
temir-beton, metall ustunlarni qoqib kiritilib devor hosil kilinadi (6.10- 
rasm).
3. Plivunlarni muzlatib kuyish 
usuli 
qo‘llanganda, 
qumning 
mustahkamligi 
vaqtincha 
ortadi. 
Buning uchun xandaq atrofiga mahsus
moslama bilan sovutilgan CaCl
2
yeritmasi bosim ostida yuborib 
turiladi. Yeritmaning xandaq atrofida
aylanishidan jinslar - 20
0
S dan - 40
0

gacha muzlaydi. Bu xandaq atrofida 
suv o‘tkazmaydigan muzlagan qatlam 
hosil bo‘lishini ta’minlaydi.
Plivun tarkibidagi suvni havo 
bilan siqib chiqarish. Buning uchun plivun ustiga kesson poydevori 
o‘rnatilib, uning ichiga 0,25 MPa havo bosimi byeriladi. Bosim ta’siridan 
plivunlar tarkibidagi suv, havo bilan har tomonga tarqalib, u suvsizlanish 
natijasida suyuqlanishdan to‘xtaydi. SHundan so‘ng qotgan plivunni 


103 
bemalol qazib olish mumkin bo‘ladi. Bu usulning kamchiligi, uni katta 
maydonlarga tarqalgan plivunlarda ishlatib bo‘lmasligidir. 
Plivunlarning ichiga suyultirilgan shisha moddasini yuborish usuli - 
silikatlash deb ataladi. Buning uchun burg‘ quduqlari qazilib, qum 
qatlamlar ichiga quvurlar orqali suyuq shisha va suyuq kal’tsiy xlorid
yuboriladi. Yeritmalar qum qatlamiga shimilib, uni qattik tog‘ jinsiga 
aylantiradi. Ushbu usul ancha qimmatliligiga qaramasdan, juda samarali 
natijalarni beradi. 

Download 6,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish