Namangan muhandislik-qurilish instituti rizaev bahodir shamsiddinovich, qosimov ilhom ma



Download 6,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/77
Sana01.04.2023
Hajmi6,24 Mb.
#924108
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   77
Bog'liq
63f5ba6711d31 Геология ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА (1)

6.4-§. Karstlanish hodisasi 
Yer osti suvlari ta’sirida ohaktosh, dolomit, gips, osh tuzi kabi tog‘ 
jinslarini yeritishi natijasida hosil bo‘ladigan geologik jarayonlar-karstlar 
deb ataladi.
Karst so‘zi shimoliy g‘arbiy Yugoslaviyadagi karst platosi (yassi 
tog‘) nomidan olinib, «Tosh» degan ma’noni bildiradi. Bunday deb 
atalishiga sabab shuki, ana shu yassi tog‘da bunday hodisalar juda ko‘p 
tarqalgan va dastlab shu yerda yaxshi o‘rganilgan. 
G’orlar turli shakl va hajmdagi bo‘shliqlar ko‘rinishida bo‘ladi. 
g‘orlar ikki xil bo‘ladi: ochiq g‘orlar yoki voronkasimon o‘pirilgan 


95 
chuqurliklar; yopiq g‘orlar-bu ohaktoshlar jinslari orasida paydo bo‘lgan 
gorizontal yoki tik qiya bo‘shliqlardir. Morfologik jihatdan g‘orlar Yer 
yuzida ko‘proq botiq shakllarini tashkil qiladi. Ochiq karst (g‘or) lar xar -
xil shaklga ega bo‘lishi mumkin. Yer ostidagi karstlar ham bir necha xil 
bo‘ladi; tik yunalgan quduq, og‘zi tor, ichkariga tomon kengayuvchi 
(epikarst), gorizontal yo‘nalgan kanalli, yer yuziga yer osti suvini olib 
chiquvchi (mezokarst), chuqurlik (gipokarst). Karst shakllari botiq va 
qavariq bo‘lishi mumkin, botiq shakllarning chuqurligi bir necha 
metrdan, bir necha ming metr gacha bo‘ladi. Yemiriluvchi, g‘orlar hosil 
kiluvchi jinslar suvda yeriydigan jinslardir; karbonatli jinslardan; 
ohaktosh, dolomit, bo‘r, marmar; sil’vin va boshqalar. 
Eng ko‘p yeriydigan xloridlar bo‘lib, har qanday kimyoviy 
tarkibdagi suvda yeriydi: 1 l distillangan suvda 328 gramm osh tuzi 
yerishi mumkin. Sul’fatlar suvda nisbatan kam yeriydi: 1 l distillangan 
suvda 2,6 g gips yeriydi. Agar suv tarkibida NaCl bo‘lsa, uning 
yeruvchanligi 4 marta oshadi, MgSO
4
bo‘lsa, yeruvchanligi aksincha
kamayadi. Karbonatlar qiyin yeriydigan jinslar hisoblanadi: 1 l 
distillangan suvda 0,013 g CaCO
3
yeriydi. Umuman olganda, suvning 
tog‘ jinslariga juda sekinlik bilan ta’sir etib boradi, biroq suvning 
tarkibida karbonat angidridning miqdori ko‘p bo‘lib harorati yuqori 
bo‘lsa, bu jarayon tezlashadi. Karbonat angidrid suvda qiyin yeruvchi 
magniy yoki kaltsiy karbonatli suvda yeriydigan bikarbonatlarga - 
aylantiriladi. 
CaCO
3

CO
2

H
2


Ca (HCO
3
)
2
Bo‘r bo‘sh jins bo‘lganligidan suvda faqatgina yerib qolmasdan, 
osonlik bilan yuvilib chiqib ketadi. Karstni hosil bo‘lishida tog‘ 
jinslarining darzliligi ham katta ta’sir ko‘rsatadi. Darzlardan kirib 
borgan, yer osti suvlari va atmosfera yog‘inlari tog‘ jinslarining 
yemirilishini kuchaytiradi. Karstlar, ayniqsa tektonik xududlarda ko‘proq 
uchraydi, sababi bu xududlarda tog‘ jinslari darzlari ko‘proq bo‘lib, u 
yerning chuqurrok qismlarigacha kirib boradi. 
Atmosfera yog‘inlari va daryo suvlari kamroq minerallashgani 
sababli, karstlar hosil qilishda ular faol ishtirok etadi. 
Atmosfera suvlari yemiriluvchi jinslar massivlari ustida dastlabki 
yo‘llarni hosil kiladi, so‘ngra bu yo‘llar kengayib jo‘yaklar, tarnovlar 


96 
(karrlar) hosil qiladi. Bu hosil qilingan yuzalarni-karrli yuzalar deb 
ataladi.
Lyoss tog‘ jinslarida bo‘shliqlar, ko‘pincha o‘simliklar hamda 
xayvonlarning (kemiruvchilar) yashashi jarayonidan paydo bo‘lgan, yer 
sirtidan pastga qarab yo‘nalgan, naysimon, ba’zan aylanasimon holdagi, 
turli kattalikdagi bo‘shliqlarga, atmosfera yog‘inlarining oqib kirishi va 
yer yuzasiga sizib chiqishi natijasida hosil bo‘ladi. Bunday bo‘shliqlar 
Respublikamizda Toshkent oldi xududlarida, Parkent vodiysida, 
SHimoliy Farg‘ona vodiysida - Namangansoy, CHortoqsoy, Kosonsoyda 
uchraydi. Karstlar hosil bo‘ladigan tog‘ jinslari qurilish ishlarini olib 
borish uchun anchagina qiyinchiliklar tug‘diradi. Gipsli va osh tuzi 
tarqalgan joylarda faqatgina mavjud bo‘lgan karst emas balki, uning 
yangi xillarini va ayniqsa binoning poydevor ostida hosil bo‘lishi, qurilish 
uchun xavf soladi.
Og‘ir inshoot qurilishi natijasida yer yuzasiga 
yaqin joylashgan g‘orlar, o‘pirilib tushishi mumkin. Yer osti yo‘laklarini 
qurishda karstli hududlardan o‘tishda, yo‘llarda yirik g‘orlar uchrashi 
mumkin va bu anchagina qiyinchiliklar tug‘diradi. Agarda inshootni 
geologik jihatdan qulay bo‘lgan joylarga joylashtirish imkoni bo‘lmasa, 
karstli tog‘ jinslarini sun’iy ravishda zichlash, masalan, tsementlash va 
qum aralashmalari, tsementli - gilli aralashma bilan zichlash lozim. 
Yer osti yo‘laklarini o‘tkazishda, g‘orlarni shiplaridagi tog‘ 
jinslarini o‘pirilib ketmasligini oldini olish maqsadida, g‘orlarning tom 
shiplari alohida mustahkamlanadi. 
Karstli hududlarda bino va inshootlar qurish ishlarini olib borishda
yer osti g‘orlarini hosil bo‘lish xususiyatlarini hamda karst qatlamlarini 
va uning suvli xususiyatlarini o‘rganish jarayonida ayniqsa, tektonik 
maydonlarning mavjudligiga alohida ahamiyat berish zarur. 

Download 6,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish