5.4-§. Seysmik rayonlashtirish va mikrorayonlashtirish
Zilzilalar Yer sharining turli hududlarida turlicha kuch va turlicha
takrorlik bilan sodir bo‘ladi. Ba’zi hududlarda vaqti-vaqti bilan yer
silkinib tursa, boshqa joylarda umuman yer qimirlamaydi; ba’zi
hududlarda zilzila tez-tez takrorlanib tursa, boshqa hududlarda esa uzoq
muddatlarda qaytalanadi. Masalan, Ashxobod atrofida 9 balli zilzila 800
yilda bir marotaba takrorlangan bo‘lsa, Toshkentda 8 balli zilzila 100
yilda bir marotaba takrorlangan. Zilzilaning ta’sir kuchi ham hamma
yerda birdek emas. Andijon (1902), Olmaota (1911), Ashxobod (1948)
62
5.5-rasm. Sobiq Ittifoq hududidagi zilzila manbaalari: 1,2,3-manba chuqurligi 80 km; 4,5,6-manba
chuqurligi 80 km; 1,4-zilzila magnitudasi М 7,5; 6-Zilzila magnitudasi 5,5 М 6,5; 2,6-zilzila magnitudasi 6.5
М 7,5.
shaharlari 9 balli zilzilani o‘z boshidan kechirgan. Buxoro, Tyermiz,
Nukus singari shaharlar tarixida sodir bo‘lgan zilzilalar kuchi 6-7 balldan
oshmagan.
Bo‘lajak quruvchi uchun ma’lum hududdagi kutilajak zilzilaning
kuchini avvaldan bilish muhim ahamiyatga ega. Bu masala seysmolog
olimlar tomonidan muvaffaqiyatli hal etilgan. Seysmologlar Yer sharidagi
epitsentrlarning geografiyasini chuqur o‘rganib, asosan uchta seysmik
poyas mavjudligini aniqladilar. 1.Tinch okean seysmik poyasi g‘oyat
aktiv bo‘lib, zilzilalarning taxminan 80 %i shu yerda yuz beradi.
Poyasning chegarasi deyarli okeanning ikki sohili bo‘ylab o‘tadi.
Eng dahshatli zilzilalar Alyaska, Kaliforniya, CHili va Yaponiyada
uchraydi.
63
2. O‘rta Yer dengizi yoki Transosiyo poyasining aktivligi sustroq
bo‘lib, zilzilalarning taxminan 15 % i shu hududda yuz beradi. Bu poyas
Ispaniya tog‘laridan boshlanib, Pamir tog‘larida tugaydi. O‘zbekistonning
seysmik hududlari shu poyasda joylashgan. Qrim va Kavkaz ham shu
poyasda yotadi.
3. Arktika-Atlantika poyasi Lena daryosining etaklaridan boshlanib,
Grenlandiya va Islandiyaning janubiy sohili orqali Atlantika okeanining
markaziy qismi bo‘ylab o‘tib, Ozor orollari atrofida O‘rta Yer dengizi
poyasi bilan tutashadi.
Bulardan tashqari seysmik aktivligi ancha sust bo‘lgan boshqa
poyaslar ham bor. Masalan, Hind okeanining g‘arbiy qismi va SHarqiy
Afrika poyaslari shular jumlasidandir.
Ba’zi joylar borki, u yerlarda zilzila deyarli bo‘lmaydi, bunday
yerlar (Gyermaniya, Polsha pasttekisligi, Rossiya tekisligi, Finlyandiya,
Kola yarim oroli, Kanada, Braziliya va x.k.) antiseysmik o‘lkalar deb
ataladi.
Yer shari yoki biror mamlakat hududini seysmoaktiv hududlarga
ajratish, shu hudud tarixida bo‘lib o‘tgan zilzila matyeriallariga
asoslanadi. 5.5-rasmda sobiq Ittifoq hududida sodir bo‘lgan zilzila
5.7-rasm.O’rta Osiyo va Qozog’iston seysmikrayonlashtirish haritasi.
64
manbaalari xaritasi tasvirlangan. SHu xarita va boshqa ilmiy tadqiqotlar
asosida 5.6-rasmda tasvirlangan sobiq Ittifoq hududini seysmik
rayonlashtirish xaritasi ishlab chiqilgan. Bu xaritani tuzishda rus olimi
Ye.F.Savarenskiyning xizmati benihoya kattadir.
Seysmik rayonlashtirishning ma’nosi, zilzila bo‘ladigan hududlarni
seysmik xavfi bir xil bo‘lgan hududlarga taqsimlab chiqishdan iborat.
Xaritada zilzilaning ehtimoliy kuchi bir xil bo‘lgan nuqtalar egri chiziqlar
(izoseysta) bilan tutashtiriladi.
QMQ 2.01.03-96 ning ilovasida hududlar bo‘yicha seysmik
rayonlashtirish xaritalari hamda seysmik hududlarda joylashgan shahar va
qishloqlarning ro‘yxati byerilgan. 5.7-rasmda O‘rta Osiyo va Qozog‘iston
hududining seysmik rayonlashtirish xaritasi tasvirlangan.
Ma’lum binolarni loyihalashtirishda hududning necha balliligi
hisobga olinishidan tashqari, binoning o‘zi ham, ya’ni uning qanday
maqsadlarga mo‘ljallanganligi ham hisobga olinadi. Masalan, muhim
ahamiyatga molik bo‘lgan binolarning seysmik mustahkamligi, vaqtincha
yoki yordamchi binolarga nisbatan, kattaroq ishonchlilik bilan
loyihalanishi lozim. SHuning uchun muhim binolarning hisobiy balligi
qurilish maydonining balidan bitta oshirib, kam ahamiyatli binolarniki esa
bitta kamaytirib olinadi. Hisobiy ballikni qanday binolar uchun qancha
olinishi QMQ da batafsil bayon etilgan. O‘rta Osiyoning janubiy-sharqiy
hududlari eng seysmoaktiv hududlar hisoblanadi.
Seysmik aktivligi 9 balldan yuqori bo‘lgan hududlar xaritada
alohida qayd etilmagan. Bunday yerlar 9 balli hududlar ichida kichik
maydonlardan iborat bo‘lib, grunt sharoiti noqulay bo‘lgan joylardan
tashkil topgan. Bunday hududlarda binoning seysmik mustahkamligini
ta’minlash g‘oyat qiyin bo‘lganligi uchun, 10 va yuqori balli hududlarda
bino va inshootlar qurish tavsiya etilmaydi.
Texnik-iqtisodiy hisoblashlarga ko‘ra, seysmik hududlardagi
qurilish tannarxi noseysmik hududlardagiga nisbatan 7 balli hududda 4
%ga, 8 balli hududda 8 %ga va 9 balli hududda 12 % ga qimmatga
tushishini ko‘rsatdi.
Seysmik bali bir xil bo‘lgan maydonlar juda katta hududlarni
qamrab yotadi. SHu boisdan bir hudud miqyosida geologik va
gidrogeologik sharoiti turlicha bo‘lgan maydonlarni mavjud bo‘lishi
65
tabiiydir. Bu esa o‘z navbatida zilzila kuchiga ta’sir etadi. Masalan,
Yangi Zelandiyadagi ko‘pgina zilzila oqibatlarini o‘rganish, inshoot
zamini bo‘sh va nam gruntlardan tashkil topgan bo‘lsa, qattiq va zich tog‘
jinslariga nisbatan ko‘proq shikastlanishini, ya’ni inshootga ta’sir
etadigan zilzila kuchi bir-ikki ball ortiqroq bo‘lishini ko‘rsatdi. Binobarin,
har bir maydonchaning balligiga grunt sharoiti kuchli darajada ta’sir
etadi. SHunday qilib, har bir maydonning seysmiklik darajasiga aniq
grunt sharoitining ta’sirini hisobga olish masalasi, ya’ni maydonning
seysmik rayonlashtirish xaritasida belgilangan balliligiga gruntni hisobga
oluvchi tuzatishlar kiritish masalasi tug‘iladi. SHahar va uning alohida
hududlari chegarasida ballikni qayta aniqlash ishlari seysmik
mikrorayonlashtirish deb ataladi.
Mikrorayonlashtirishda qo‘llaniladigan turli usul va me’zonlar
yetarli darajada aniq va puxta bo‘lmaganligidan olinadigan natijalar
hamma vaqt birday chiqavyermaydi. SHu sababli seysmologlarning turli
guruxlari tomonidan bir joyning o‘zi uchun tuzilgan xaritada sezilarli
tafovutlar uchraydi. Masalan, shunday hol Toshkentda ro‘y byergan. 1966
yilga qadar Toshkent shahri uchun seysmik mikrorayonlashtirishning bir
necha xaritasi tuzilgan. Bu xaritalar bir-biridan, shuningdek, zilzila
natijalaridan ma’lum darajada farq qilgan.
So‘nggi yillarda mikrorayonlashtirishni takomillashtirish borasida
talaygina ishlar amalga oshirildi. Natijada tuzilgan xaritalarning aniqlik
darajasi birmuncha ortdi. Har qanday bino va inshootlarni, ayniqsa,
to‘g‘on, ko‘prik, atom elektrostantsiyalari, juda baland binolarni
loyihalashda seysmik mikrorayonlashtirish xaritalarining ahamiyati
benihoya kattadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |