Aksariyat hollarda o’lchash bir marta o’lchashdan iborat bo’ladi. Aytish mumkinki,
hayotda savdo-sotiqda, ishlab chiqarishning ko’pgina tarmoqlarida faqat bir marta o’lchash
amalga oshiriladi. Oddiy sharoitda ularning anikligi to’la maqsadga muvofiq va ularning
yuqori unumdorligi va kamxarajatligi katta ahamiyat kasb etadi.
Metrologik analiz bir marta o’lchashning ikkita asosiy xususiyatini ta’kidlaydi.
1. Juda ko’p sanoq qiymatlaridan faqat bittasi olinadi va foydalaniladi.
2. Sanoq qiymati ehtimoli tarqalish qonuni va uning o’rta kvadrat chetlanishi to’g’risidagi
tasavvur faqat aprior ma’lumot asosida shakllanadi: o’lchashgacha ma’lum bo’lgan ma’lumot
aprior ma’lumot deyiladi.
138
Bir marta o’lchash paytida amal qilish tartibi 4-rasmda ko’rsatilgan.