Ko’p marta o’lchash
Doimiy razmerga ega bitta kattalikni bir necha marotaba o’lchash aniqlikka bo’lgan talab
yuqori bo’lgan holatlarda amalga oshiriladi. Bunaka o’lchash professional metrologik faoliyat
uchun taalukli bo’lib, asosan davlat tomonidan, shuningdek muhim ilmiy eksperementlar
paytida bajariladi. Bu murakkab, mehnattalab va qimmat turuvchi o’lchashlarning lozimligi
har doim ishonarli darajada tasdiqlangan bo’lishi kerak.
Ko’p marta o’lchash paytida aprior ma’lumot tahlilidan so’ngva o’lchashga puxta
tayyorgarlik ko’rilgandan keyin n ta mustaqil sanoq qiymatlari olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |