Тuyingan eritma va eruvchanlik. Kattik modda erituvchiga tushirilganda uning zarrachalari erituvchi zarrachalari ta’sirida erish jarayoni boshlanadi. Erish paytida unga karshi kristallanish jarayoni ham sodir bo’ladi. Dastlab erish jarayoni tez boradi, eritmada zarrachalarning soni kupaygandan keyin, kristallanish tezlashadi. Ma’lum vaqtdan sung erish va kristallanish tezliklari tenglashadi. U vaqtda erigan modda bilan erimay kolgan modda orasida dinamik muvozanat karor topadi, ya’ni eritma tuyinadi. Shunday qilib, erimay kolgan modda bilan cheksiz uzok vaqt muvozanatda mavjud bula oladigan eritma tuyingan eritma deyiladi.
Ayni moddaning ma’lum haroratda 100 g erituvchida erib, tuyingan eritma xosil kiladigan massasi uning eruvchanligi (yoki eruvchanlik koeffitsiyenti) deyiladi.
Masalan, 20oS da 100 g suvda:
Glyukoza.......................... 200 g
NaCl ............................ 35 g
H3BO3 ........................... 5 g
SaSO3 ........................... 0,0013 g
AgJ ............................. 0,00000013 g eriydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |