Namangan muhandislik-qurilish instituti kimyoviy texnologiya


Talaba mustaqil o’qib o’rganishi zarur bo’lgan kitoblarni professor - o’qituvchi ma’ruza, seminar paytida tavsiya qiladi va kerakli maslahatlarni beradi



Download 5,44 Mb.
bet167/197
Sana01.01.2022
Hajmi5,44 Mb.
#298203
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   197
Bog'liq
Qurilish kimyo majmya 2021

Talaba mustaqil o’qib o’rganishi zarur bo’lgan kitoblarni professor - o’qituvchi ma’ruza, seminar paytida tavsiya qiladi va kerakli maslahatlarni beradi. Oliy o’quv yurti talabasi DTS va malaka talablarining ijtimoiy-gumanitar, tabiiy-ilmiy, ixtisoslik va boshqa fan bloklariga doir kitoblar, manbalarni o’rganishi zarur. U professor-o’qituvchilarning maslahati va ko’rsatmalariga amal qilishi kerak. Shu tariqa zarur kitoblarni tanlash va mustaqil ta’lim olish malakalarini egallab oladi.




    1. Mustaqil ta’lim olish uchun talaba bibliografiya qanday bo’lishi, qanday tuzilishini bilib olishi lozim. Bibliografiyaga doir yozuvlarni alohida daftarga, bloknotga yoki kartochkalarga qayd etib (yozib) borishi kerak.

Bunda quyidagi tartibga amal qilinadi: avvalo, kitob yoki maqola muallifining familiyasi, ismi-sharifi, kitobning nomi, joy nomi, nashriyot nomi, chiqqan yili, hajmi (necha betligi) ko’rsatiladi (masalan, Ismatоv A.A. va bоshqalar. Nооrganik mоddalar kimyoviy tеxnоlоgiyasi. –T.: O’zbеkistоn, 2002. – 336 b.).

Ilmiy jurnal yoki ilmiy to’plamda bosilib chiqarilgan maqola bo’lsa, unda avvalo muallifning familiyasi, ismi-sharifi, so’ngra maqolaning nomi, jurnal (to’plam)ning nomi, joyi, vaqti (yili), soni, so’ngra betlari ko’rsatiladi (masalan, Тўраев З., Сиддиқов Ш. Аммиак эритмаси ёрдамида саноат ярим маҳсулотларидан микроэлементни ажратиш. Иқтидорли талабалар, магистрантлар, аспирантлар, докторантлар ва мустақил изланувчиларнинг Илмий амалий конференцияси материаллари тўплами. НамМПИ, Наманган, 2008, 99-101б.).

Shu bilan birga talaba kutubxonadan o’ziga kerakli kitobni qanday qidirib topishni ham bilishi lozim. Har bir kutubxonada mavjud kitoblar bibliografiyasi (ro’yxati) shifrlanib, bibliografik kartochkalar shkaflardagi qutichalarga alfavit tartibida hamda mavzular bo’yicha (sistemalashtirilib) joylashtirilgan bo’ladi. Talaba o’ziga kerakli kitobning nomi yozilgan kartochkadan kitobning nomi va shifrini aniqlab, kitob olishga buyurtma berishi mumkin.


    1. Darslik, ilmiy asarlar yoki maqolalarni o’qib o’rganish tartibi quyidagicha bo’lishi mumkin: tavsiya etilgan kitob, risola, darslikning bobi, paragrafi (fasli) avvalo boshdan oxirigacha bir marta o’qib chiqiladi, umumiy tasavvur hosil qilinadi: muallifi, kitobning, maqolaning, bob yoki paragrafning nomi bilib olinadi; kitobning muqaddimasi, asarning boshida yozilgan va shu asarning mazmunini ifodalaydigan tsitata, annotatsiya, epigrafi bilan tanishish shu kitobning muhim g’oyasi va yo’nalishi haqida tasavvur beradi.

So’ngra qo’lda halam (ruchka) bilan jiddiy e’tibor berib, asosiy matn o’qib o’rganiladi, muhim o’rinlari yozib boriladi. Kitobni bobma-bob yoki paragraflar bo’yicha o’rganish va asosiy g’oyalarni qisqa yozib borish maqsadga muvofiq.

Kitob o’qish ijodiy ish bo’lib, o’qish jarayonida fikr yuritish, tanqidiy yondashish, mulohaza qilish, lug’atlar, entsiklopediyalardan foydalanish lozim. Kitob matnida berilgan jadval, rasm, sxema, grafik, shakl, ko’rgazmalarni sinchiklab o’rganish, matn mazmuniga solishtirib ko’rish, zarur bo’lsa, ko’chirib olish kerak. Kitobni o’qish jarayonida olingan ma’lumotlarni baholash va unga tanqidiy nuqtai nazardan qaramoq, shuningdek, uning muhimligini baqolamoq zarur bo’ladi. O’qishda u yoki bu materiallarga har xil yo’llar bilan belgi qo’yish tavsiya etiladi.



Download 5,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   197




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish