Qo’lda va mexanizatsiyalash vositasida parchinlash
Qo’lda parchinlash. Qo’l bilan parchinlashda kvadrat muhrali bolg’a, tutib turgich,
tortqi, siqqich, chekanlar ishlatiladi.
Tutib turgich parchinlashda tayanch vazifasini bajaradi. Uning shakl va o’lchamlari
parchinlanadigan detallarning shakli, parchin mixning diametri hamda parchinlash usuliga
qarab tanlanadi. Og’irligi bolg’acha og’irligidan 3-5 marta ortiq bo’lishi kerak.
Siqqich mixlarning uchlarida qalpoq shaklini hosil qilish uchun ishlatiladi. Uning bir
uchi parchin mix qalpog’i shaklidagi chuqurchaga ega.
Tortqi bir uchi teshik sumba shaklidagi chiviqdir. U parchinlanadigan listlarni tortishga
xizmat qiladi.
CHekan ishchi sirti yassi bo’lgan chilangarlik bolg’asidir, u parchin chokning
germetikligini ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |