Parchinlash choklarining turlari.
Detallarning parchin mixlar bilan birikkan
joyi parchinlash choki deb ataladi. Parchin
mixli birikmaning turi va qo’llanilishiga
ko’ra, ular uchta-pishiq, zich va pishiq-ziq
xillarga bo’linadi.
Pishiq choklarni mustahkam birikmalarda qo’llaniladi. Mustahkamlikka erishish
uchun buyumning bir necha joyidan qatorlab parchinlash kerak. Bu usul balka, kolonna,
ko’prik va boshqa metall konstruktsiyalarni parchinlashda qo’llaniladi.
Zich choklar germetik konstruktsiyalarda sovuq holda parchinlash usulida bajariladi.
Konstruktsiyada germetiklikni ta’minlash uchun turli-tuman qistirma materiallaridan (olif yoki
surik shimdirilgan karton, gazlama) foydalaniladi, bunday choklar rezervuarlar, yuqori bosim
talab qilmaydilar tsesternalar va shunga o’xshash buyumlarni tayyorlashda qo’llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |