- 2 -
«
CHilangarlik fanidan
» o’quv-
uslubiy qo’llanma.
Namangan, NamMPI 2015 yil.
O’quv-
uslubiy qo’llanma
«Yer usti transport tizimlari» kafedrasi hamda
Qo’qumboy qishloq ho’jalik KHK bilan hamkorlikda yaratildi («Avtotrasport
vositalarini ishlatish») yo’nalishlari uchun mo’ljallangan.
Tuzuvchilar:
k.o’q. K. Narzullaev
k.o’q. U. Xidirov
Taqrizchi:
dots. A. Polvonov
O’quv-
uslubiy qo’llanma
Qo’qumboy qishloq ho’jalik KHK
bilan hamkorlikda
NamMPI Muhandislik-texnika fakulteti «Yer usti transport tizimlari» kafedrasining
2015 yil «28» avgust № 01-sonli yig’ilishida maqullangan.
- 3 -
Kirish
Hozirgi kunda Resublikamiz uchun avtomobil transporti oldiga qo’yilagn
vazifalar va maqsadlarni amalga oshirish dolzarb muammolardan biri sanaladi.
Jumladan yuk va yo’lovchilarni tashish ishlarini tashkil etish masalalari transport
vositalarini texnik tayyorgarligi omillariga bog’liq. Ularni soz va belgilangan
topshiriqlarni bajarishga shayligini ta’minlash esa ko’p jihatdan kadrlar muammosi
bilan bog’liq.
Kollej talabalarini zamonaviy bilim va malakalarga ega bo’lishlari uchun ularda
nazariy va amaliy bilim va ko’nikmalarni xosil qilish zarur.
Yuqorida qayd qilingan masalalarni inobatga olib yuqori malakali kadrlar
tayyorlash muhim ahamiyat kasb etadi. SHu jumladan talabalarga o’qitilayotgan kasb
mahorati fani oldiga ham bir qator masalalar qo’yilgan. Fanni o’qitishda talabalargi
quyidagi nazariy bilim va ko’nikmalarni hosil qilishga qaratiladi:
talabalarga chilangarlik kasbi va ishi turlari, mehnatni ilmiy tashkil etish, ish
joyidagi jixozlar, ish joyini tashkil etish, chilangarlik ishlarida sanitariya va
gigiena sharoitlari va xavfsizlik texnikasi to’g’risida bilim berish;
rejalash va o’lchash asboblari, rejarlash usullari xaqida ko’nikmalar xosil qilish;
metallarni to’g’rilash, to’g’rilash usullari, kesish asboblari, ularni charxlash va
tekshirish usullarini o’rgatish;
kesish jarayoni va usullari, kesish ishlarini mexanizatsiyalash operatsiyalarini
tushuntirish;
list va metall taxta materiallaridan egish usulida detallar tayyorlash
ko’nikmalarini xosil qilish;
metallarni egish ishlarini mexanizatsiyalishtirishni tashkil etish;
metallarni parmalash va zenkerlash, zenkovkalash, teshiklarni kengaytirish
ishlari haqida bilim berish;
metallarda rezba kesish, parchilash, kavsharlash, qalaylash va yelimlab
biriktirish ishlarini o’rgatish;
fazoviy rejalash usullarini o’rgatish; va turli avtomobil transportiga oid fanlar
bilan aloqadorlikda o’rganilgan nazariy va amaliy ko’nikmalarni amaliyotda
qo’llashni tashkil etishga qaratilgan.