Mashinada parchinlash. Mashinada parchinlashning: mehnat unumdorligi va
parchinlash sifatining yuqoriligi, kallakning sifatli chiqishi, ishlovchilar sonining kamligi,
barcha operatsiyalarning mashinada bajarilishi kabi qator afzalliklari bor.
Parchinlash mashinalarining statsionar va ko’chma turlari ishlab chiqariladi. Statsionar
mashinalarning ish unumdorligi yuqori bo’lish bilan birga kamchiliklari ham mavjud.
Masalan, hajmi juda katta bo’lib, ularni ish joyiga keltirish uchun qo’shimcha maxsus
konveyerlar, uskunalar kerak bo’ladi. Pnevmatik mashinalar gidravliklariga nisbatan arzon
tushadi. Asosan, ko’chma modellari ishlab chiqiladi, ammo ular statsionar vazifasini bajarishi
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |