Namangan muhandislik pedagogika instituti


Korxonaning innovatsion strategiyasini shakllantirish



Download 5,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/223
Sana14.07.2021
Hajmi5,69 Mb.
#119196
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   223
Bog'liq
innovatsion menejment

6.3. Korxonaning innovatsion strategiyasini shakllantirish 
 
Innovatsion strategiya, korxonaning strategiyasi, iqtisodiy holati, ilmiy – texnik 
salohiyati, ilmiy – texnik vazifalar portfeli va bu vazifalarning o’zlarining bir birlari bilan 
bog’lovchi har xil bog’liqliklarni baholash va tahlil qilishning uzluksiz jarayoni natijasidan 
iborat bo’ladi. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida rahbarga yaxshi mahsulotga ega bo’lish yetarli emas, u 
raqiblardan orqada qolmaslik uchun yangi texnologiyalarni paydo bo’lishi orqasidan e’tibor 
bilan kuzatishi va ularni o’z firmasiga tadbiq etishni rejalashtirish kerak. Qo’yilgan 
maqsadlarga erishish uchun bir qator strategik vositalar mavjud. 
Strategiyani qarorlar qabul qilish jarayoni sifatida belgilash mumkin. Uni tanlash 
rejalarni ishlab chiqish, ilmiy tadqiqotlar va innovatsion faoliyatning boshqa shakllarini 
o’tkazishni belgilab beradi. 
Strategik rejalashtirish quyidagi ikkita asosiy maqsadni ko’zlaydi: 
1. Resurslarni samarali taqsimlash va foydalanish. Bu ichki strategiya deb 
ataluvchidir. Sarmoyalar, texnologiyalar, odamlar kabi cheklangan resurslardan foydalanish 
rejalashtiriladi. Bundan tashqari yangi sohalardagi korxonalarni xarid qilish, istiqbolsiz 
sohalardan chiqish, korxonalarning samarali “portfeli” investitsion takliflar majmuasini 
shakllantirish amalga oshiriladi. 
2. Tashqi muhitga moslashish. Quyidagi vazifa qo’yiladi: tashqi omillar (iqtisodiy 
o’zgarishlar, siyosiy omillar, demografik vaziyatlar va boshqalar) ni o’zgarishiga samarali 
moslashishni  ta’minlash. 
Strategiyani ishlab chiqish tashkilotning umumiy maqsadini shakllantirishdan 
boshlanadi. Maqsadni qo’yilishi firmaning tashqi muhit, bozor, iste’molchi bilan aloqalarida 
muhim rolь o’ynaydi. 
Umumiy maqsad quyidagilarni hisobga olishi kerak: 
  firma faoliyatining asosiy yo’nalishi; 
  tashqi muhitdagi ishchi tamoyillar (savdo iste’molchiga munosabat, ishga doir 
aloqalarni olib borish tamoyillari); 
  tashkilotning madaniyati, uning an’analari, ishchi muhit; 
  “sifatni umumiy boshqarilishi” ni qamrab olish. 
Keyingisi bozor munosabatlarini rivojlanishida g’oyatda dolzarb bo’ladi. 
Tashqi muhitdagi jarayonlar va o’zgarishlar firmaga hayotiy muhim ta’sir ko’rsatadi. 
Tashqi muhit bilan bog’liq asosiy omillar – bu iqtisodiyot, siyosat, bozor, texnologiya
raqobatdir. SHuning uchun asosiy raqiblarni belgilash va ularning bozordagi o’rinlari 
(bozordagi ulushi, sotishlar hajmlari maqsadlari va h.k)ni aniqlash zarur, raqiblarning kuchli 
va kuchsiz tomonlarini sinchiklab o’rganish va ularning natijalarini shaxsiy ko’rsatkichlar 
bilan solishtirish raqobat kurashi strategiyasini yaxshiroq o’ylab ko’rishga imkon beradi. 
Ichki muhitning tahlili firma faoliyatidagi kuchli va kuchsiz tomonlarni aniqlash 
maqsadida o’tkaziladi. 
Strategiya nazariy va empirik (tajribaga asoslangan) tadqiqotlarning  boshlang’ich 
nuqtasi bo’ladi. Tashkilotlar, ularning asosiy qarorlarni qabul qiluvchi rahbarlari o’zlarini 
yangiliklardan foydalanish strategiyasi bilan qanchalik bog’langanlari bilan farqlanishlari 
mumkin. Agar yuqori rahbariyat yangilik kiritishni amalga oshirishga harakatlarni qo’llab 
quvvatlasa, unda uni tashkilotlarda tadbiq etishga qabul qilinishi ehtimoli oshadi. 
Korxonaning maqsadiga muvofiq strategiya shakllantiriladi. 
 
74


  
 

Download 5,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   223




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish