munosabatda muomala
qilish qiyin
aloqaga tez
kirishuvch
Mas’uliyat
Har qanday
topshiriqni
bajarishda
javobgarlikni sezadi
Topshiriqlarga
rozi bo’ladi
Topshiriqlarga
istamay rozi
bo’ladi
Har qanday
topshiriqdan
o’zini olib
qochadi
Tashkilotchilik
qobiliyati
Juda
qobiliyatli,
ishontira oladi,
mantiqiy isbotlarni
yaxshi biladi,oqil
Qobiliyatli,
tashkilotchi
O’rtacha
qobiliyat
Ishontirish,va
muvofiqlash
tirishga qodir
emas, yomon
tashkilotchi
Qat’iylik
Tez, aniq, ishonchli,
tezkor
Puxta,
ehtiyotkor,
xushyor
Dadil, ammo
ko’p xato
qiladi
SHubhalanuv
chan va
qo’rqoq
Maqsadga
erishishdagi
tirishqoqlik
Maqsadga
intiluvchan,
qiyinchiliklarni
yengib o’tishdan
qo’rqmaydi
Doimiy
harakatlarni
amalga oshiradi
Tirishqoqlik
ning o’rtacha
darajasi
Tirishqoq
emas
11.3. Ijtimoiy boshqaruvning yangi texnologiyalari
Ijtimoiy boshqaruvning texnik-tashkiliy tomoni muvaffaqiyat mezonlarini ishlab
chiqish, operativ boshqaruvning zarur texnologiya va tadbirlarini tanlashdan iborat.
Loyihaviy “jamoa”ni shakllantirish tadbirlari va ijtimoiy boshqaruvga yangilik kiritish
muvaffaqiyatining muhim sharti hisoblanadi. “Jamoa” yoki “loyiha guruhi”ni
tanlash
norasmiy ijtimoiy-psixologik yondashuvlarga asoslangan.
Bu yerda hamma narsa: kommunikatsiya va yetakchilik muammolari, xodimlarni
undovchi sabablar va epchillik bilan javob berish, kishilarning xulqini boshqarish va
kutilmagan muammolar va janjalli vaziyatlarni hal etish muhimdir. “Loyiha guruhlari”ni
tanlash, odatda, loyiha rahbarining zimmasiga yuklanadi. Uning vazifasiga mutaxassislarini
kasbiy va ijtimoiy-psixologik sifatlari bo’yicha tanlov kiradi.
Loyiha “jamoasi” yarim doimiy asosida shakllantiriladi, bu yerda doimiy “ o’zak”
faqat ushbu muammo ustida ishlovchi mutaxassislar va “jamoa”ga vaqtincha biriktirilishi
ehtimoli bo’lgan qo’shimcha texnik xodimlar, muhim tarkibiy qism hisoblanadi.
Ushbu
loyiha ustida ishlash uchun “jamoa”ga berilgan resurslar, laboratoriya va tajriba uskunalari
bilan manevr qilish ham keng qo’llaniladi, ular ijaraga berish va markazlashtirilgan fonddan
vaqtincha berilishi mumkin.
Tabiiyki, xodimlar “o’zagi”, uning rahbari, vaqtinchalik jamoa va texnik
mutaxassislarning vazifalari farqlanadi. Maqsadlarning birligi, faoliyat natijalaridan qat’iy
nazar kasbiy va insoniy birdamlik zarurligi va foydaliligiga ishonch bunday “jamoa”
faoliyatida eng muhim tamoyillardan hisoblanadi. Bunday tamoyillar asosida kelgusi
shaxslararo muloqot, qulay axloqiy muhit va albatta novator ijodini qo’llab-quvvatlash
mumkin.
Innovatsion faoliyat jarayonida vujudga keladigan vazifalarining ko’p jihatliligi
unga turli kategoriyadagi xodimlarni kiritishni ko’zda tutadi,
ularni quyidagi guruhlarga
bo’lish mumkin. Birinchi guruh - ijodiy tashabbuskorlikni namoyon etish, ajoyib g’oyalarni
ilgari surishga qodir yuqori malakali novator olimlar. Novator menejerlar yangilik kiritishni
jarayon sifatida boshqarishlari, yangiliklarni g’oyadan aniq tijorat natijasigacha siljishini
129
ta’minlashlari zarur. Xuddi ular noaniq sharoitlarda qarorlar qabul qilishlari, moliyaviy va
tadbirkorlik tavakalchiligiga borishlari, innovatsion faoliyatni boshqarishdagi tashkiliy va
psixologik qiyinchiliklarni yengib o’tishlari lozim.
Agar novator olim va loyihaning rahbari malakali xodimlar “o’zagi”ni
tashkil
etsa, uning yonida yangiliklarni aniq amalga oshirishi uchun javobgar xodimlarning
uchinchi, eng ko’p sonli guruhi joylashadi. Bunda “chet” innovatsion faoliyatning zaruriy
tarkibiy qismi bo’ladi. Loyihaning umumiy samaradorligi unga bog’liq. Ko’llab-quvvatlash
tizimini ta’minlovchi malakali xodimlarning bu guruhi ko’pincha “ilmiy darvozabonlar”
yoki “bozor darvozabonlari” deb nomlanadi.
Xuddi shu xodimlar tashqi muhit va ichki imkoniyatlarni ta’minlaydilar,
innovatsiyalarni amalga oshirish bo’yicha amaliy faoliyatni qo’llaydilar. Yuqori
rahbariyat loyiha “jamoasi”ga xodimlar harakatlari ustidan batafsil, bosqichma-bosqich va
yaxlit nazoratni qo’llash mumkin emasligini tushunishlari zarur. Bunday “jamoa“ a’zolarini
faqat favqulodda holatlarda boshqa ishga ko’chirish mumkin. Loyiha rahbarining tutgan
o’rni ham ijtimoiy-psixologik nuqtai nazardan muhimroq bo’ladi. Resurslarni
taqsimlash, ularni boshqarish, aniq muddatlar qo’yish huquqi rahbar shaxsiy
hokimligining hal qiluvchi standartlaridan biri hisoblanadi. Agar
yuqori rahbariyat yoki
xodimlar loyiha rahbarining egallagan o’rni buzilsa, unda bunday “jamoa”ning mavjuligi
amalda yo’qoladi.
SHuning uchun novatorlik firmalari, venchurli bo’linmalar, tatbiq etish
tashkilotlarida rahbarlikning buyruqbozlik uslubi umuman mumkin emas. Loyiha guruhi
a’zolarining mavqei boshqa mezonlar bilan belgilanishini tushunish kerak. Masalan, agar
an’anaviy tuzilmada shaxsning ijtimoiy mavqei lavozim ierarxiyasidagi kattaligi, yuqori
daromadi, ma’lumoti, xabardorlgi va tajribasi bilan belgilansa,
tadqiqot guruhlarida
xodimning mavqei u ilgari surayotgan g’oyalar, uning ijodiy qobiliyati, tafakkuri kengligi,
tavakkalchilikka tayyorligiga bog’liq.
Loyiha rahbari haqida ham shuni aytish mumkin. Mavqei yuqori rahbariyatdan past
bo’lgan holda, u aniq holatni yaxshiroq bilishi, konstruktivroq g’oyalarni ilgari surishi,
loyihani tezroq amalga oshirish uchun samarali usullarni qo’llashi mumkin.
Tadqiqot guruhlari ishida masalalarni hal etish, guruh a’zolari xulqini baholash va umuman
ular ishining samaradorligiga oqilona yondashishga rioya etish zarur. Maqsadni ko’zlash,
loyihani rivojlantirish va qarorlar qabul qilishning rasmiy tezkor tizimi to’liq oqilona
yaratilishi kerak, ijodiy shaxsiy xususiyatlar, norasmiy usullar va
nostandart yondashuvlarni
muvofiq integratsiyalashdan iborat bo’lishi kerak. Rejalashtirish, boshqaruv qarorlari va
nazorat ichida “jamoa” ishtirokchilarini ijodiy va rolli taqsimlanishi sodir bo’ladigan
asosini yaratdi. Guruhni samarali ishlashi uchun ishonchi va hamdardligi muhitini
yaratish, xodimlarni ijodga rag’batlantirish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: