2-MA’RUZA
HARORATNI VA BOSIMNI O’LCHASH
O’quv moduli birliklari:
1. Kengayish termometrlari; 2. Termoelektrik termometrlar va o’zgartkichlar. 3. Nurlanish pirometrlari. 4. Qarshilik termometrlari. 5. Haroratni turli xil standart signallarga aylantirish. 6. Suyuqlikli bosim o’lchash asboblari. 7. Deformatsion va elektrik manometrlar. 8. Bosimni turli xil standart signallarga aylantirish.
Harorat – texnologik jarayonlarning muhim parametri bo‘lib, amalda ham past, ham yuqori haroratlar bilan ish ko‘rishga to‘g‘ri keladi.
Haroratni o‘lchash asbobi ishlash prinsipiga qarab quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
1. Kengayish termometrlari. Bu termometrlar harorat o‘zgarishi bilan suyuqlik yoki qattiq jismlar hajmining chiziqli o‘lchamlarining o‘zgarishiga asoslangan.
2. Manometrik termometrlar. Bu asboblar moddalar hajmi o‘zgarmas bo‘lganda harorat o‘zgarishi bilan bosimning o‘zgarishiga asoslangan.
3. Harorat ta’sirida o‘zgaradigan termoelektr yurituvchi kuchning o‘zgarishiga asoslanib ishlovchi termometrlar termoelektr termometrlar hisoblanadi.
4. O‘tkazgich va yarim o‘tkazgichlarning harorati o‘zgarishi sababli elektr qarshilikning o‘zgarishiga asoslanib ishlovchi termometrlar qarshilik termometrlari deyiladi.
5. Nurlanish termometrlari. Ular orasida eng ko‘p tarqalganlari: a) optik pirometrlar – issiq jismning ravshanligini o‘lchash asbobi; b) rangli pirometrlar (spektral nisbat pirometrlari) – jismning issiqlikdan nurlanishi spektridagi energiyaning taqsimlanishini o‘lchashga asoslangan; c) radiatsion pirometrlar – issiq jism nurlanishining quvvatini o‘zgarishiga asoslangan. Nurlanish termometrlari haroratni kontaktsiz o‘lchash usuli asosida ishlaydi.
2.1 – jadval.
Sanoatda haroratni o‘lchash vositalaridan foydalanish chegaralari
O‘lchash vositasi turi
|
O‘lchash vositalarining turli tumanligi
|
Davomli foydalanish chegarasi
|
1
|
2
|
3
|
4
|
Kengayish termometrlari
|
Suyuqlik termometrlari
Diometrik, bemetall termometrlar
|
-200
-150
|
750
700
|
Manometrik termometrlar
|
Gazli
Suyuqlikli
Bug‘ – suyuqlikli (Kondensatsion)
|
-150
-150
-50
|
1000
600
300
|
Termoelektrik termometrlar
|
Termoelektrik termometrlar
|
-200
|
2500
|
Qarshilik termometrlari
|
Metall qarshilik termometrlari
Yarim o‘tkazgichli qarshilik termometrlari
|
-260
-272
|
1100
600
|
Pirometrlar
|
Kvazimonoxromatik pirometrlar
Spektral nisbatli pirometrlar
To‘liq nurlanish pirometrlari
|
700
300
50
|
6000
2800
3500
|
Eng qulay, aniq va ishonchli o‘lchash usullari - haroratning birlamchi datchiklari sifatida qarshilik termoo‘zgartkichi va termoelektr o‘zgartkichlardan foydalanadigan kontaktli usullar hisoblanadi.
2.1-jadvalda sanoatda haroratni eng ko‘p tarqalgan o‘lchash vositalarining qo‘llanish chegaralari ko‘rsatilgan.
Suyuqlikli termometrlarning ishlash prinsipi asbob ichiga solingan termometrik suyuqlikning hajmi harorat ko‘tarilishi yoki pasayishida o‘zgarishiga asoslangan. Suyuqlikli termometrlar – 200 0C dan + 750 °C gacha oraliqdagi haroratni o‘lchash uchun ishlatiladi. Shisha termometrlarning ishlatilish usuli sodda, aniqligi yetarli darajada yuqori va arzon bo‘lganligi sababli laboratoriya va sanoatda keng tarqalgan. Shisha termometrlarning suyuqligi sifatida simob, toluol, etil spirti (etanol), kerosin, petroley efiri, pentan va boshqalar ishlatiladi. Ularning qo‘llanish chegaralari 2.2- jadvalda keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |