NAZORAT SAVOLLARI
Avtomatik rostlash tizimlari deganda nimani tushunasiz?
Matematik model nima?
Matematik tavsif nima va u qanday tuziladi?
Modellash vazifasini aniqlash necha bosqichdan iborat?
7-MA’RUZA
MAVZU: AVTOMATIK ROSTLASH TIZIMINING (ART) TAVSIFI. AVTOMATIK ROSTLASHNING TEXNIK VOSITALARI
O’quv moduli birliklari:
1. ART turg’unligi haqida tushuncha. 2. ART o’tish jarayonlarining sifatini oshirish usullari. 3. Rostlash qonunini jamlash. 4. Bevosita ta’sir kiluvchi rostlagichlar. 5. Jarayonga ta’sir qiluvchi vositalar, elektrik, pnevmatik va gidravlik ijro etuvchi mexanizmlar. 6. Rostlovchi organlar va yordamchi uskunalar.
Avtomatik rostlashning har qanday tizimi ham turg‘un bo‘lishi kerak. Faqat nodavriy yoki so‘nuvchi tebranishli jarayonlarga xos bo‘lgan chiziqli ART turg‘un tizim deb ataladi.
O‘tish jarayonining turg‘unligini tadqiq qilish defferensial tenglama yoki rostlash tizimi chastota tavsifining tahliliga asoslangan. ARTning turg‘unligi tarkibiy bo‘g‘inlarning dinamik xususiyatlari birikmasiga bog‘liq. Tuzilishi jihatidan turg‘un tizimlar ob’yektdagi dinamik tavsiflar va rostlagichlar parametrlarining muayyan qiymatida noturg‘un tizimga aylanadi.
A.M.Lyapunov chiziqli tizimlar turg‘unligining quyidagi shartlarini ifodalagan: 1) agar xarakteristik tenglamalar ildizlarining barcha haqiqiy qismlari manfiy bo‘lsa, tenglama turg‘un bo‘ladi; 2) agar bu tenglama ildizlaridan birontasi musbat bo‘lsa, tizim noturg‘un bo‘ladi.
ARTning erkin harakati bir jinsli defferensial tenglama orqali tavsiflanadi:
Bu chiziqli defferensial tenglamaning yechimi:
bu yerda, -boshlang‘ich shartlardan aniqlanadigan ixtiyoriy doimimiylar; -xarakteristik tenglama ildizlari:
Shunday qilib, differensial tenglamani o‘zgartirsak xarakteristik tenglama deb ataladigan algebraik tenglama hosil qilamiz.
Agar xarakteristik tenglama to‘rtinchi tartibdan yuqori bo‘lsa, u umumiy holda echilmaydi. Shuning uchun, tizimning turg‘unligi haqida fikr yuritish uchun ba’zi belgilarni avvaldan bilish maqsadga muvofiqdir. Bu belgilar vazifasini turg‘unlik mezonlari bajaradi.
Biror avtomatik rostlash tizimining amalda ishlatilishi uning turg‘unlik talablarini bajarishiga bog‘liq (bular faqat zarur bo‘lgan shartlardir). ART ning ishlatlishi uchun yetarli bo‘lgan shart-tizimning talab qilingan rostlash sifatini ta’minlash qobiliyatidir. Bu sifat rostlash tizimidagi o‘tish jarayonlarining shakliga bog‘liq.
Tizimning turli parametrlari rostlash jarayoniga ko‘rsatilgan differensial yoki xarakteristik tenglamalarning umumiy ko‘rinishini yechish uchun lozim.
Agar tizim to‘rtinchi tartibdan yuqori bo‘lsa yechish mumkin bo‘lmaydi, chunki uning ildizlari radikallar orqali ifodalanmaydi. Shuning uchun, rostlash sifati, ya’ni turg‘unlik darajasi, bilvosita integral yoki xususiy tahlil yordamida baholanadi. Amalda rostlash sifatini integral baholash usuli bilan baholash keng tarqalgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |