107
4.Ixtisoslashuv
O’zbekiston hududi qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini tashkil etish va unga
ta’sir etuvchi omillar nuqtai-nazaridan 3 mintaqaga bo’linadi: tog’ va tog’oldi
mintaqasi - respublika hududining 20% dan ortiqrog’ini tashkil etadi. Asosan,
lalmikor dehqonchilik (bug’doy, arpa, nuxat, zig’ir), bog’dorchilik va tokchilik
taraqqiy etgan, bu mintaqada mavsumiy bahorgi- ko’zgi yaylovlar bor, chorvachilik
go’sht-jun yetishtirishga ixtisoslashgan. Sug’orma dehqonchilik mintaqasi-respublika
hududining qariyb 20% ni tashkil etadi. Bu mintaqa Farg’ona vodiysi, Mirzacho’l,
Dalvarzin cho’li, CHirchiq-Ohangaron, Zarafshon, Qashqadaryo va Surxon-
SHerobod vodiylari, quyi Amudaryoni o’z ichiga oladi. Asosan, paxta, shuningdek,
kanop, don (bug’doy, makkajo’xori, sholi), kartoshka, sabzovot-poliz ekinlari
(qovun, tarvuz, qovoq), yem-xashak ekinlari (beda, sudano’t, perko va boshq.)
yetishtiriladi. CHo’l-yaylov mintaqasi-respublika hududining 60% tashkil etadi va
asosan cho’l va suvsiz tekisliklardan iborat. Buxoro, Qashqadaryo viloyatlari,
Qoraqalpog’iston Respublikasi va Farg’ona vodiysining markaziy qismida
joylashgan.
Dehqonchilik. qishloq xo’jaligi yalpi mahsuloti qiymatida dehqonchilik hissasi
chorvachilikka
nisbatan
qariyb
ikki
marta
yuqori
(55%).
Mamlakatda
agrotexnikaning ilg’or usullarini qo’llash, ekinlarning hosildor navlarini yaratish va
muttasil yangilab borish, almashtirish hisobiga dehqonchilik tizimida yuqori
ko’rsatkichlarga yerishilgan. Dehqonchilik - lalmikor va sug’orma dehqonchilikdan
iborat. Adir mintaqalarida lalmikor dehqonchilik (bug’doy, arpa, kunjut, no’xat,
ozuqabop ekinlar sug’ormay yetishtiriladi) va sug’oriladigan yerlarda texnika ekinlari
(kanop, tamaki, qand lavlagi), don ekinlari (bug’doy, makkajuxori, dukkakliklar va
boshq),
sabzavot-kartoshka,
yem-xashak
ekinlari,
meva-uzum
yetishtiriladi.
Sug’orma dehqonchilikda yerdan foydalanish samaradorligi va olinadigan hosil
lalmikor yerlarga nisbatan 5-10 marta va undan ham yuqori. Mustaqillik yillarida
amalga oshirilgan tarkibiy siyosat natijasida ekin maydonlari tarkibi o’zgardi,
birinchi navbatda paxta maydonlari qisqardi, oziq-ovqat mahsulotlari avvalo aholini
don bilan ta’minlash va «g’alla mustaqilligi»ga yerishish uchun donli ekinlar
(bug’doy), shuningdek, qand lavlagi va boshq. ekin maydonlari ham kengaydi.
O’zbekiston MDH mamlakatlari o’rtasida paxta yetishtirish bo’yicha birinchi
o’rinda, don yetishtirish bo’yicha 4-o’rinda (Rossiya, Ukraina, Qozog’iston),
kartoshka yetishtirish bo’yicha 6-o’rinda, sabzavot va poliz mahsulotlari hamda meva
yetishtirish bo’yicha 3-o’rinda (Rossiya, Ukraina) turadi. 2010 yil mamlakatda
3715,8 ming t paxta, 66711,8 ming t don, 1188,0 ming t kartoshka, 4675,0 ming. t
sabzavot, 1269,1 ming t quruq va ho’l mevalar, 839,2 ming t poliz mahsulotlari
yetishtirildi.
Mamlakat dehqonchiligi tarkibida paxta yetishtirish yetakchi sohadir. Paxta
yetishtirish, uni qayta ishlash va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish tuzilmalari
birgalikda agrasanoat majmuasining o’zagini tashkil qiladi. Paxta-sanoat ishlab
chiqarishi
g’oyat tabaqalashgan tizimdan iborat bo’lib, qishloq xo’jaligi
mashinasozligi, asbobsozlik, to’qimachilik sanoati hamda ishlab chiqarish, noishlab
chiqarish tuzilmalarini o’z tarkibiga oladi va eksportda salmoqli o’rinni egallaydi.
108
Paxta-mamlakatning
barcha
viloyatlari
va
Qoraqalpog’iston Respublikasida
yetishtiriladi. Barcha viloyatlarda asosan o’rta tolali paxta Buxoro, Namangan,
Surxandaryo va Qashqadaryo viloyatlarida esa ingichka tolali paxta ham
yetishtiriladi.
Mamlakatimiz hududlarida paxta yetishtirish qariyb 2,5 ming yildan ortiqroq
tarixga ega. XX asrni O’zbekistonda paxtachilik va u bilan bog’liq tarmoqlarning
rivojlanish
davri
sifatida
baholash
mumkin.
Paxta
sug’oriladigan
ekin
maydonlarining 1940 yilda 51,4 %ini, 1950 yilda 57,0, 1960 yilda 66,6, 1970 yilda
70,4, 1980 yil 51, 1990 yilda 53,7, 1993 yilda 51,0, 1995 yilda 47,9, 2000 yilda 43,4,
2003 yilda 39,4%ini tashkil qilgan. SHunga mos paxta yalpi hosili 1940 yil 1385,9
ming t, 1950 yil 2256ming, 1960 yil 2823,5 ming, 1970 yil 4954,2 ming, 1980 yil
5578,7 ming, 1990 yil 5058,0 ming, 1993 yil 4423,5 ming, 1995 yil 3934,0 ming va
2000 yilda 3002,0 ming, 2007 yilda 3715,8 ming tonna, 2012 yil 3300,0 ming tonna
paxta yetishtirildi. Keyingi yillarda garchi paxta maydonlari qisqarishiga qaramay
(1990 yil 1830 ming ga. yerga paxta ekilgan bo’lsa, 2007 yilda 1451,6 ming ga yerga
paxta ekildi) ilg’or texnologiyani qo’llash orqali (plyonka ostida paxta yetishtirish
bilan bog’liq Andijon texnologiyasi), har gektar yerdan olinadigan o’rtacha
hosildorlik ilg’or xo’jaliklarda 40-45 tsentnerdan hatto 50-60 tsentnerga yetmoqda.
Respublika qishloq xo’jaligida foydalanilgan yerlarning tarkibini yaxshilash,
hosildorligini oshirish maqsadida, paxta-beda-donli ekinlar, paxta-donli ekinlardan
iborat almashlab ekish tizimi joriy qilingan.
Kanop yetishtirish O’zbekistonda XX asrning 30-yillaridan boshlangan. Yiliga
6-7 ming tonna atrofida kanop poyasi yetishtirildi. Kanop Toshkent viloyatining
Yuqori CHirchiq va quyi CHirchiq tumanlarida eqiladi va uning tolasidan gazlama,
turli o’rov materiallari, qop, kanop, arqon, ip va kabel iplari tayyorlanadi.
Tamaki yetishtirish mahalliy Harakterga ega bo’lib, qadimdan (nosvoy uchun)
shug’ullanib kelingan. Sanoat asosida tamaki yetishtirish XX asrning 30-yillaridan
Samarqand viloyatining Urgut tumanida ixtisoslashgan xo’jaliklarda ekila boshladi.
SHuningdek, Qashqadaryo viloyatining Kitob, SHahrisabz va Yakkabog’ tamanlari
xo’jaliklarida ham yetishtiriladi. Mustaqillik yillarida xushbo’y, Haridorgir tamaki
navlaridan Verjiniya, parley, turk va bolgar navlari ekilmoqda. Andijon viloyatining
CHinobod tumanida nosvoy uchun tamaki uy xo’jaliklarida eqiladi. Ruspublika
tamaki sanoatida dastlabki qo’shma korxonalar «British Amerikan Tobakko»
kompaniyasi bilan Samarqand shahrida tamaki fabrikasi «o’z-Bat» AJ ish boshladi.
Qand lavlagi O’zbekistonda XX asrning 40-yillaridan ekila boshlangan. Asosan,
xashaki lavlagi (chorva ozuqasi uchun) va qand-shakar sanoati uchun qand lavlagi
(qizil lavlagi) yetishtiriladi. Qoraqalpog’iston Respublikasi, Xorazm viloyati (yiliga
12 ming t), Farg’ona viloyatlarida ekilmoqda va yangi barpo etilayotgan qand-shakar
korxonalarini xom-ashyo bilan ta’minlamoqda.
Donli ekinlar respublika dehqonchiligining muhim tarmog’i bo’lib, ham
aholining oziq-ovqat mahsuloti, ham oziq-ovqat sanoatining muhim xom-ashyosi
sifatida keyingi yillarda qishloq xo’jaligi ekinlari tarkibida kengayib bormoqda.
Mamlakatda asosan bug’doy (ko’zgi va bahorgi), arpa, javdar, suli, sholi,
makkajo’xori, oq jo’xori, tariq, grechixa va dukkaklilar-no’xat, mosh, oq va qizil
loviya, yeryong’oq, moyli donli ekinlar-zig’ir, kunjut, soya, kanakunjut, maxsar,
109
kungaboqar kabilar yetishtiriladi. Donli va dukkakli ekinlar maydoni 1,6 mln ga dan
ortadi.
Mamlakat don xo’jaligi tarkibida g’allachilik qadimiy tarmoq va muhim sohadir.
O’zbekiston mustaqillikka yerishgach aholining donga bo’lgan ejtiyojini to’la
qondirish va g’alla mustaqilligiga yerishish uchun uni rivojlantirishga ustivor
yo’nalish berildi. g’alla asosan sug’orma dehqonchilik va lalmikor (adir) yerlarda
yetishtiriladi.
Agar
mamlakatimiz
mustaqillikka
yerishgunga
qadar
ekin
maydonlarining 25 %ida g’alla yetishtirilgan bo’lib, hosildorlik gektaridan 14-17
tsentnerni tashkil qilgan bo’lsa, 2000 yilda g’alla barcha ekin maydonlarining 40
%ini tashkil qildi va hosildorlik o’rtacha 27 tsentner, ilg’or xo’jaliklarda 50-70
tsentener, hatto Andijon viloyatining bir qator dehqon va fermer xo’jaliklarida 90-100
tsentnerga yetdi. g’allachilikda tobora ko’proq yuqori, sara, oliy navli elita urug’lari
ekilmoqda va yiliga 6,2 mln t ortiq hosil olinmoqda.
SHolichilik
O’zbekistonning
barcha
viloyatlari
va
Qoraqalpog’iston
Respublikasida
yetishtiriladi,
asosiy
sholikor
xo’jaliklar (100 ming ga)
Qoraqalpog’iston Respublikasi va Xorazm viloyati (25 ming ga dan ortiq) va
Sirdaryo, Surxondaryo, Toshkent viloyatlaridir. Yiliga o’rtacha respublika bo’yicha
400-450 ming t sholi yetishtiriladi. Keyingi yillarda yangi yuqori hosildor navlarning
keng yoyilishi hosildorlikning yuqori bo’lishiga (35-50 tsg’ga) imkon bermoqda.2007
yil 197,7 ming t sholi yetishtirildi.
Donli ekinlar tarkibida don uchun makkajo’xori ekish keng tarqalgan bo’lib, 100
ming gektardan ortiq maydonga eqiladi. Gektaridan 38-40 tsentner, ilg’or
xo’jaliklarda 50-60 tsentner va undan yuqori don va 1350-1400 tsentner ko’k poya
(silos uchun) olinadi.
Sabzavot-poliz va kartoshkachilikning rivojlanishi mamla-katning tuproq-iqlim
sharoiti va aholining mehnat ko’nikmalari va an’analari bilan bog’liq. Yiliga o’rtacha
44-45 ming ga yerga kartoshka, 150-152 ming ga yerga sabzovotlar va 48-50 ming ga
yerga poliz ekinlari ekilmoqda. O’zbekiston o’zining xilma-xil sabzovotlari (piyoz,
sarimsoq, karam, qalampir, pomidor, sholg’om, turp, rediska va boshq.) poliz
ekinlari-qovun va tarvo’z mahsulotlari bilan xorijda ham mashhurdir. Keyingi
yillarda gulchilik va dorivor o’simliklar yetishtirish ham kengayib bormoqda.
Bog’dorchilik va uzumchilik-mamlakat qishloq xo’jaligining eng qadimiy
tarmog’i, oziq-ovqat va sanoat uchun xom-ashyo yetqazib beradigan soha.
Mamlakatimizda bog’larning maydoni 260,0 ming ga ni uzumzorlar esa 133,0 ming
ga ni tashkil qiladi. Yiliga Respublikada 700,0 ming t meva va 600,0 ming t atrofida
uzum yetishtiriladi.
Bog’dorchilik tarkibi-urug’ mevali daraxtlar (olma, nok, behi), danak mevali
daraxtlar (o’rik, shaftoli, olxo’ri, olcha va olvali) va rezavor mevalar (qulpnay,
malina,
smorodina),
subtropik
mevalar
(anor,
anjir),
yong’oq mevalardan (yong’oq, pista, bodom) iborat. Keyingi yillarda tropik va
subtropik hududlardan olib kelingan mevalar (limon, apel sin, mandarin, xurmo va
boshq.)
yetishtirilmoqda.
Respublikada
bog’
va
uzumzorlarning
(xo’raki va vinobop) asosiy qismi Farg’ona vodiysi viloyatlarida, Toshkent,
Samarqand va Surxondaryo viloyatlarida joylashgan.
110
CHorvachilik mahsulotlari qishloq xo’jaligi yalpi mahsuloti qiymatining 35% ni
tashkil qiladi. Sug’orma dehqonchilik rivojlangan mintaqalar va yirik shaharlar
atrofida sut, sut-go’sht yo’nalishidagi chorvachilik (qoramolchilik, cho’chqachilik) va
parrandachilik (yirik parhez go’sht va tuxum yo’nalishida), cho’l, tog’oldi va tog’li
mintaqa yaylovlarida qo’ychilik (qoraqo’ychilik), echkichilik, yilqichilik, tuyachilik,
parrandachilik va suv havzalarida baliqchilik rivojlangan. SHuningdek, asalarichilik
va pillachilik (ipak qurti boqish) muhim o’rin tutadi.
Qoramolchilik
- mamlakat chorvachiligining yetakchi tarmog’i bo’lib,
yetishtirilayotgan go’shtning 75% dan ortig’i, sutning 99,9% beradi. Asosan, sut va
sut-go’sht yo’nalishidagi qoramolchilik tekislik mintaqalarida tarqalgan.
Qo’ychilik. Mamlakatda teri (qorako’l), go’sht-yog’ va jun yo’nalishidagi
qo’ychilik rivojlangan. qorako’l qo’ylari O’zbekiston faxri va uning vatani Zarafshon
vohasi bo’lib, bu yerdan Namibiya, Afg’oniston, Rossiya, Moldova va Markaziy
Osiyo davlatlariga tarqalgan. qimmatbaho qorako’l terilari Sankt-Peterburg va
London auktsionlarida, boshqa xalqaro yarmarkalarda «andoza» terilar sifatida
baholanadi. qorako’l qo’ylari Buxoro, Navoiy va Samarqand viloyatlarida, hisori
qo’ylar-Surxondaryo, Qashqadaryo va Jizzax viloyatlarida, jaydari qo’ylar
(Qoraqalpog’iston Respublikasi, Buxoro, Navoiy viloyatlaridan tashqari) barcha
viloyatlarda boqiladi.
Echki go’sht, sut, jun, teri va tivit uchun boqiladi va Namangan, Surxondaryo,
Qashqadaryo va Samarqand viloyatlarida tarqalgan.
SHuningdek, yilqichilik va tuyachilik asosan Qoraqalpog’iston Respublikasi,
Navoiy, Buxoro va Qashqadaryo viloyatlarida, cho’chqachilik Samarqand va
Toshkent viloyatlarida, quyonchilik, Farg’ona viloyati, parrandachilik Toshkent,
Samarqand va boshqa viloyatlarda, darrandachilik quyi Amudaryo hududi va
Sirdaryo viloyatida rivojlangan
Do'stlaringiz bilan baham: |