Наманган Мухандислик Педагогика Институти Касб таълими факультети


  Aholining jinsiy va yosh tarkibi, ularning mehnat resurslariga ta’siri



Download 2,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/161
Sana15.08.2021
Hajmi2,22 Mb.
#148248
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   161
Bog'liq
iqtisodiy geografiya va ekologiya

2.  Aholining jinsiy va yosh tarkibi, ularning mehnat resurslariga ta’siri 
 
O’zbekistonda  aholi  jinsiy  tarkibida  ayollar  50,2%  va  yerkaklar  49,8  tashkil 
qiladi  va  bu  farq  tobora  qisqarmoqda.  Bu  jarayon  muhim  ijtimoiy  ahamiyatga  ham 
egadir. O’rtacha umr ko’rish darajasi 72,5 yosh bo’lib, yerkaklar 70,2 yosh va ayollar 
74,9  yosh  umr  ko’radilar.  O’zbekistonda  shahar  aholisining  salmog’i  1979  yildan 
boshlab  qisqarmoqda.  (MDH  davlatlari  o’rtasida  urbanizatsiya  darajasi  jihatdan  10-
o’rinda  turadi).  Agar,  1979  yil  shahar  aholisining  salmog’i-42,2%  bo’lgan  bo’lsa, 
1983  yil-40,7,  1995  yil  38,7  va  2003  yil  38%  va  2008  yilga  kelib  36%  ni,  2010  yil 
33%  ni  tashkil  qildi.  Bugungi  kunda,  O’zbekistonda  120  shahar  va  113  shaharcha, 
11811  qishloq  aholi  punktlari  bor.  Yirik  shaharlar  17  ta  bo’lib,  jami  shahar 
aholisining  60%  yashaydi.  Yirik  shaharlari-Toshkent,  Namangan,  Samarqand, 
Andijon,  Buxoro,  Nukus,  Qarshi,  Farg’ona,  Navoiy,  Jizzax,  Urganch,  Termiz  va 
boshq. 
O’zbekiston  mehnat  resurslari  bilan  yuqori  darajada  ta’minlangan  mintaqadir. 
Uning  hisobiga  Markaziy  Osiyodagi  40%  mehnat  resurslari  to’g’ri  keladi. Bu jarayon 
bir  tomondan  milliy  iqtisodiyot  tizimlarini  yetarli  darajada  mehnat  resurslari  bilan 
ta’minlash  imkonini  bersa,  ikkinchi  tomondan  bandlik  va  ishsizlik  muammolarining 
yechimlarini  ishlab  chiqish  va  maxsus  dasturlarni  davlat  tomonidan  tizimli  va  izchil 
amalga  oshirishni  taqozo  qiladi.  Mamlakatdagi  mehnat  resurslari  salohiyatining 
xarakterli  xususiyati  iqtisodiyotda  band  to’rt  kishidan  birining  oliy  va  o’rta 
ma’lumotliligidir. 
XX  asrning  90-yillardan  boshlab  mehnatda  band  aholining  iqtisodiyot tarmoqlari 
va  institutsional  taqsimlanishida  o’zgarishlar  yuz  berdi.  Xizmat  ko’rsatish  sohalari, 
iqtisodiyotning  nodavlat  sektorida,  kichik  biznes  hamda  xususiy  tadbirkorlik 
sohalarida  bandlar  soni  ortdi.  CHunonchi,  mehnatda  band  aholining  sanoat  va 
qurilishda  19,9%  (MDH  davlatlari  o’rtasida  5-o’rinda),  qishloq  xo’jaligida  30,4% (7-
o’rinda)  va  xizmat  ko’rsatish  sohalarida  49,7%  (5-o’rinda)  mehnat  qilmoqda. 
O’zbekiston  milliy  iqtisodiyotida  nodavlat  sektori  bandlar  jihatidan  (umumiy 
bandlarning  77,9%) yetakchidir. 
2003  yildan  boshlab  mamlakatda  bandlik sohasida uch asosiy o’zgarish - sanoat 
ishlab  chiqarishida  bandlikning  ortishi  (ushbu  tarmoqdagi  bandlar  soni  2002  yildagi 
26,0  ming  kishidan,  37,3  ming  kishiga  ko’paydi);  boshqaruv  apparati  ishchi-
xodimlari  sonining  o’sish  sur’atlarining  sekinlashuvi  (2002  yilda  61,0  ming  kishidan, 
2003  yilda  60  ming  kishiga  tushishi);  qishloq  xo’jaligida  ishga  tortilmagan  ishchi 
kuchining  boshqa  sohalarga  o’tishi  (agrar  sohalarda  ishlovchilar  soni  4,6  ming 
kishiga  yoki  0,2%  qisqarishi)  bilan  bog’liqdir.2007  yilda  iqtisodiyot  tarmoqlarida 
band  aholi  soni  10735,4  ming  kishini  tashkil  etib,  2006  yilga  nisbatan  2,6  foizga 
ortdi.  Ayni  vaqtda,  mehnat  resurslarini  ish  bilan  ta’minlash,  ayniqsa,  qishloq 
joylarida  (mamlakat  aholisining  64%  ortig’i  qishloq  joylarda  istiqomat  qiladi)  jiddiy 
muammo  bo’lib qolmoqda. qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishida bandlik ko’p jihatdan 
qishloq  xo’jalik  ishlarining  mavsumiylik  Harakteri  bilan  ham  bog’liqdir.  qishloqlarda 


 
87 
bandlik  darajasini  ko’tarish  -  qishloq  xo’jaligi  mahsulotlarini  qayta  ishlovchi  sanoat 
korxonalarini,  xizmat  ko’rsatish  sohalarini  rivojlantirish  va  o’z-o’zini  band  qilishning 
samarali  tizimlarini  amaliyotda  qo’llash  bilan  bog’liq.  Bu  sohada  hukumat  va 
mahalliy  hokimliklar  tomonidan juda katta tadbirlar  majmuasi  amalga  oshirilmoqda. 
 

Download 2,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish