Наманган Мухандислик Педагогика Институти Касб таълими факультети



Download 2,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/161
Sana15.08.2021
Hajmi2,22 Mb.
#148248
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   161
Bog'liq
iqtisodiy geografiya va ekologiya

 
4.Tabiiy resurslarning tarqalishi. 
 
 
 
Foydali qazilmalardan foydalanishni optimallashtirish. 
Ishlab  chiqarish  kuchlarining  tezkorlik  bilan  taraqqiy  qilayotganligi  sanoatni 
ko’plab  mineral  xom  ashyo  bilan  o’zluksiz  ta’minlashni  taqozo  etadi.  Bu  esa  o’z 
navbatida  yer  qaridan  ko’plab  foydali  qazilma  boyliklarini  qazib  olishga  undaydi, 
qattiq  foydali  qazilmalar  konlarda  turli  chuqurliklarda  joylashganligi  tufayli  ularni 
qazib  olish  jarayonida ko’plab bo’sh tog’ jinslarini yer betiga chiqarish lozim. Buning 
ustiga  rudalarda  kerakli  foydali  ma’dan  oz  qismini  tashkil  qilishi  mumkin  (o’rtacha 
0,1%  dan  10%gacha).Binobarin,  ko’plab  bo’sh  tog’  jinslari  konlar  atrofida to’planib 
boradi.  90-yillarda  dunyo  bo’yicha  yiliga  qariyib  150mlrd.t  tog’  jinslari  qazib 
olingan,  shundan  20  mlrd.  Tonnasi  foydali  qazilma  bo’lgan.  Bu  raqam  XXI  da  4-6 
marta ko’payishi taxmin  qilinmoqda. 
SHu  munosabat  bilan  foydali  qazilmalardan  oqilona  foydalanish  muammosi  Yer 
kurrasida  tobora  jiddiy  tus  olmoqda,  bu  borada  qazib  olish  va  ularni  qayta  ishlash 


 
82 
texnalogiyasiga  qattiq  ahamiyat  berilib  iqtisodiy  jihatdan  ko’proq  chiqim  harajatlari 
sariflash 
ustida 
keng 
miqyosda 
tadqiqot 
ishlari 
amalga 
oshirilmoqda. 
Mo’tahassislarning  hisob  kitobicha  yer  qatlamlaridan  olinyotgan  ma’danlarning  bor 
yo’g’i 5%i ishlab chiqarish uchun mahsulot bo’lib, qolganlari  chiqindi  hisoblanadi. 
O’zbekiston  hududidagi  foydali  qazilmalar  va  ulardan  foydalanish. 
 
O’zbekiston  zamini  turli  tabiiy  mineral  boyliklarga  ega.  Bu  hol  hududning 
geologik  jihatdan  uzoq  o’tmishlarda  murakkab  rivojlanish  jarayonlarini  boshdan 
kechirganligi,  ilk  bor  tog’  hosil  bo’lish  hodisalarini,  dengiz  xavzalarining  vaqt-vaqti 
bilan  quriqlikka  bostirib  kirganligi,  qobiq  nurashining  kuchli  tarzda  ro’y  berganligi, 
vulqon  harakatlari,  yer  osti  magmatik  jinslarni  turli  qatlamlariga  kirib,  qotib  qolishi 
va boshqa geologik  hodisalar natijalari  bilan  bog’liq. 
Hozirgi  kunga  kelib  O’zbekistonda  2700  dan  ziyod  qazilma  boylik  konlari  va 
istiqbolda  ochilishi  mumkin  bo’lgan  yangi  konlar  aniqlangan.  Ushbu  konklarda  yer 
yuziga  yaqin  joylashgan  xilma-xil  mineral  xom  ashyolar  mavjud.  Ularning  60  xilidan 
iqtisodiyotda  foydalanilmoqda.  O’zbekiston  umumiy  mineral  xom-ashyo  salohiyati 
3,3  trilion  AQSH  dollarida  baholanmoqda.  Har  yili  konlardan  umumiy  qiymati  5,5 
mlrd. AQSH dollariga  teng bo’lgan turli  qazilma  boyliklari  qazib olinadi. 
Bir  qator  muhim  foydali  qazilmalar,  chunonchi,oltin,  uran,  mis,  tabiiy  gaz,  kaliy 
tuzlari,  fosforidlar,  kaolin  bo’yicha  O’zbekiston  zahiralarining  ko’pligi  va  istiqbolda 
foydalanish  bo’yicha  nafaqat  MDH  mamlakatlari  balki,  jahonda  oldingi  o’rinlarni 
egalaydi.  Masalan,  oltin  zahiralar  bo’yicha  dunyoda  4-o’rinni,  qazib  olish  bo’yicha 
esa  7-o’rinni  egalaydi,  mis  bo’yicha  10-11  o’rinni  ,  uran  bo’yicha  esa  7-8  o’rinni 
egalaydi  (Karimov,  1997  yil).  Tabiiy  gazning  umumiy  zahirasi  qariyib  2  trilion  m3, 
ko’mirniki  2  trilion  tonnadan  ko’p.  Mo’taxassislarning  dastlabki  baholashlariga  ko’ra 
mamlakat  hududining  taxminan  60% qismi neft va gaz zahiralari  bilan  band. 
O’zbekiston  hududida Farg’ona, Surxandaryo, Janubi-G’arbiy Hisor, Buxoro va 
Xiva  va  Ustyurt  neft va gazli mintaqalardir. Hozirgi kunda eng ko’p neft va tabiiy gaz 
Buxoro-Xiva  neft  gaz  rayonida  O’rta  buloq,  Ko’kdumaloq,  SHo’rtan,  Toshli, 
SHo’rtepa,  Zevar,  va  boshqa  ularga  yaqin  bo’lgan  konlardan  qazib  olinmoqda. 
Birgina  Qashqadaryodagi  gaz  konlari  butun  Respublikada  qazib  olinyotgan  gazning 
90%ini  yetqazib  bermoqda.  Keyingi  qolgan  qismida  neft  va  gaz  konlari  qidirish 
ishlari  jadallik  bilan  olib  borilmoqda.  Bu  hududlarda  tabiiy  gaz  va  neft  konlari 
ochilishi  mumkinligiga  mo’taxassislar  katta  ishonch  bilan  qaramoqdalar,  (hozirgacha 
SHohpaxta,  Urga,  Berdak,  SHibinli,  Qizilqayir,  Oqshuloq,  Qorashuloq  kabi 
joylardagi  konlar  istiqbolga  ega),  dastlabki  gaz  konlari  ishga  tushirilgan  (hozirgi 
kunda  Urga  gaz  konidan  kuniga  1,2mln.m3  gaz  olinmoqda,  shuningdek,  har  kuni  25t 
gaz kondensati qazib olinmoqda). 
O’zbekistonda  20dan  ortiq  ko’mir  konlari  va  ko’mirli  xavzalar  aniqlangan. 
Ko’mirning  sanoat  zahiralari  Angren,  SHarg’un,  va  Boysun  konlarida  joylashgan. 
Boysun  (jami  zahirasi  taxminan  150  mln.tonna)  konida  ochiq  usulda  ko’mir  qazib 
olish  boshlangan.  G’o’zor  -Ko’kqo’rg’on  temir  yo’lini  ishga  tushirilishi  bilan  bu 
kondan ko’plab ko’mir olish mumkin  bo’ladi. 
O’zbekiston  noyob  va  nodir  metallar  -  oltin,  kumush,  uran  va  boshqalar  qazib 
olish  bo’yicha  oldingi  o’rinlarni  egalaydi.  Oltinning  umumiy  zahirasi  4  ming  t.  dan 
ko’p,  respublikada  tarkibida  oltin  va  kumush  mavjud  bo’lgan  30  dan  ortiq  ruda 


 
83 
konlari  topilgan.  Yirik  oltin  konlari  Muruntov,  Marjonbuloq,  Qurama,  CHotqol 
tizmasi  tog’larida topilgan. Kumush Qizilnura 
tarmoqlarida,  Qizilqumda  katta  zahiralarga  ega.  Odatda  oltin  boshqa  elementlar 
bilan  birga uchraydi. 
Rangli  va  nodir  metallar-mis,  qalayi,  qo’rg’oshin,  volfram,  litiy,  alyuminiy  xom-
ashyosi  (alunitlar,  kaolinlar)  va  boshqalardan  iborat.  Mis  rudasi  Qurama  tog’larida 
Qalmoqqir,  Saricheka,  Qizota  konlarida,  volfram,  molibden,  qalay,  vismut,  simob, 
surma,  Janubiy  va  O’rta  Tyan-SHandagi  Qoratepa,  Langar,  Qo’ytosh,  Yaxshon, 
Sargardon,  va  boshqa  joylarda  mavjud,  20  ta  molibden  koni  aniqlangan.  Vismut 
rudasi, 
mish’yak-vismut, 
mis-vismut 
konlari 
CHotqol-qurama 
tog’larida 
(Burchmulla,  O’rtasaroy)  bor.  Janubiy  Farg’onada  100dan  ortiq  simob  va  10  dan 
ziyod surma konlari  mavjud. 
Qora  metallar  (temir,  titan,  marganes  va  xrom)  ning  bir  necha  yuz  konlari 
mavjud.  Ulkan  titan  marganesli  kon  Sulton  Uvays  tog’larida  (Tepabuloq,  zahirasi 
4mlrd.  t),  Nurota  tog’larida,  marganesli  cho’kindi  konlari  Zarafshon-Zirabuloq, 
Qoratepa, Lolabuloq va boshqa joylarda topilgan. 
Tog’-kimyo  sanoati  xom  ashyosi  bo’lgan  fosforitlar  (qizilqum),  osh  tuzi  va 
boshqa  tuzlarning  katta  zahiralari  Borsakelmas,  Xo’jaikon,  Boybichakon  va  boshqa 
joylarda  aniqlangan.  Qurilish  materiallarining  370  dan  ortiq  koni  borligi  hisobga 
olingan.  Oq,  qora,  qizg’ish,  marmar  konlari  ishga  tushgan.  Geologiya  qidiruv  ishlari 
keng  miqyosda  jadallik  bilan  davom  ettirilmoqda,  istiqbolda  yangi  konlarning 
topilishi  ehtimoli  katta. 
 
 

Download 2,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish