1. O’zbekistonning tabiiy sharoiti va resurslariga tavsif.
O’zbekiston Respublikasi Markaziy Osiyo mintaqasining markaziy va shimoliy
qismida joylashgan. SHimoli-sharqda Qirg’iziston, shimoli-g’arbda Qozog’iston,
janubi-g’arbda Turkmaniston, janubi-sharqda Tojikiston va janubda Afg’oniston (137
km) bilan chegaralanadi. CHegaralarining umumiy uzunligi 6221 km. SHimoldan-
janubga 930 km va g’arbdan sharqqa 1425 kmga cho’zilgan. Mamlakat hududining
425400 km2 quruqlikdan iborat. O’zbekiston hududining kattaligi jihatdan MDH
mamlakatlari o’rtasida 5-o’rinda (Rossiya, Qozog’iston, Ukraina va Turkmaniston),
dunyoda 60 ta hududi eng katta davlatlar o’rtasida 55-o’rinda (Rossiya-1,
Qozog’iston-9, Ukraina-43, Turkmaniston-51) turadi. XX asr oxirgi choragida
Qozog’iston bilan chegaradosh hududda Orol dengizi bilan bog’liq murakkab
ekologik vaziyat yuzaga keldi. Keyingi 30 yilda Orol dengizining sathi qariyib 13 m
ga pasaydi va suv qirg’oqlardan 180 km dan 120 km ga qadar chekindi.
1991 yil 31 avgustda davlat mustaqilligi e’lon qilingan. Har yili 1 sentyabrda
Mustaqillik kuni nishonlanadi. Ma’muriy jihatdan 12 ta viloyat va Qoraqalpog’iston
Respublikasiga (Poytaxti Nukus shahri) bo’linadi. O’zbekiston Respublikasi Davlat
boshlig’i - Prezident. Ijro etuvchi hokimiyat - Vazirlar Mahkamasi (Bosh Vazir).
qonun chiqaruvchi oliy organ Oliy Majlis (1 yanvar 2005 yildan) ikki palatali bo’lib,
quyi palata (qonunchilik palatasi 5 yil muddatga to’g’ridan-to’g’ri yopiq yashirin
ovoz berish yo’li bilan depo’tatlar saylanadi) va yuqori palata-Senatdan (vakillik
organlar-har bir viloyat, Qoraqalpog’iston Respublikasi va Toshkent shahridan 6
tadan senatorlar saylanadi va Prezident tomonidan 16 kishi ko’rsatiladi) iborat.
Rel’efi asosan tekislik va adir-tog’liklardan iborat. Mamlakat hududi janubi-
sharqdan shimoli-g’arbga cho’zilgan bo’lib, daryolar oqimiga mos yer sathi ham
pasayib boradi. Tekisliklar mamlakat hududining 80% ga qadar qismini egallaydi.
Amudaryo va Sirdaryo oralig’ida Turon past tekisligi yastanib yotadi. Turon past
tekisligining O’zbekistonga qarashli qismining shimoli-g’arbiy chekkasida Ustyurt
platosi, Orol dengizining janubida Amudaryo del’tasining allyuvial tekisligi va undan
janubi-g’arbda qizilqum cho’li joylashgan. Bu tekislikning katta qismi qizilqum
cho’llaridan (350 ming km2) iborat. Qizilqum cho’lida O’zbekistondagi eng past
nuqta (dengiz sathidan 12 m past) Mingbuloq botig’i bor.
Mamlakatning sharqi va janubi-sharqida yirik tog’ tizmalari - Tyan -SHan ,
Oloy, Turkiston, Zarafshon va Hisor tog’lari joylashgan. Hisor tog’ining Qoldirg’a
tizmasi (4683 m) O’zbekistonning eng baland nuqtasidir. Tog’lar orasidagi vodiylar
iqtisodiy jihatdan o’zlashtirilgan va rivojlangan. CHunonchi, sug’orma dehqonchilik
77
rivojlangan Farg’ona, Zarafshon, Kitob-SHahrisabz, Surxon-SHerobod, CHirchiq-
Ohangaron tog’-daryo vodiylarida mamlakat aholisining asosiy qismi yashaydi
O’zbekiston geologik jihatdan harakatchan hudud bo’lib, tez-tez haloqatli
zilzilalar bo’lib turadi. SHunday zilzilalar qatoriga 1740 yildagi Urganch, 1797
yildagi Urgut, 1868 yildagi Samarqand, 1889 va 1902 yillarda Andijon, 1935 yildagi
Boysun, 1946 yildagi CHotqol, 1966 yildagi Toshkent, 1976 yildagi Gazli, 1980
yildagi Nazarbek, 1985 yildagi Qayroqqum va boshqalarni kiritish mumkin. SHuning
uchun O’zbekiston hududlarida xo’jalik va aholi joylashishida tektonik jarayonlarni
hisobga olish muhim ahamiyatga egadir.
Iqlimi. Mamlakatning katta qismi mo’’tadil iqlim mintaqasiga (shimolida) va
janubida chekka qismi subtropik iqlim mintaqasiga mansub bo’lib, keskin
kontinental, quruq, issiq va yorug’lik ko’p tushadi. Natijada, tekisliklarda quyosh
nurining davomiyligi yil davomida o’rtacha 2500-3000 soatni (Farg’ona va Kitobda
2600 soat, Toshkentda 2889 soat, Termizda 3050 soat) tashkil qiladi va dunyodagi
eng ko’p oftob (quyosh nuri) tushadigan hududlardan biri sanaladi.
O’zbekistonda qish sovuq, yoz esa issiq va uzoq davom etadi. Eng sovuq kunlar
yanvar oyida bo’lib, o’rtacha harorat tekisliklarda (Ustyurt)-10°, janubi-sharqda
(Termiz, SHerobod) 2-3°. eng sovuq harorat janubda-25°-30° va shimoli-g’arbda
35°-38°. SHuningdek, qishda iliq kunlar bo’lib, tezda sovuq kunlar bilan almashinib
turishi bog’dorchilikka ma’lum yillarda sezilarli darajada zarar yetkazadi. Eng issiq
oy iyo’l , tog’larda iyo’l, avgust. Iyo’lning o’rtacha harorati 250-300, janubda
(Termiz va SHerobod) 31-32°. eng yuqori harorat 42-47°. Yozda yer yuzasi 60° va
cho’llarda (qizilqum) 70° gacha qizishi mumkin. Eng yuqori harorat Termizda (1919
yil 21 iyo’l ) 49,6° qayd etilgan. Vegetatsiya davri Amudaryo etaklarida 190-210 kun,
Toshkent va Farg’ona vodiysida 200-220 kun, Surxon-SHerobod vodiysida 220-270
kun davom etadi. Tekisliklarda o’rtacha yillik yog’in 100-200 mm (69-79 mm ham
bo’ladi), tog’larda 900-1000 mm. Yillik yog’inning 20-30% bahorda, 25-40% qishda,
1-6% yozda va 10-20% ko’zda yog’adi.
Markaziy Osiyodagi ikki yirik tarixiy daryolar-Amudaryo (1415 km) va
Sirdaryo (2212 km) O’zbekiston hududidan oqib o’tadi va davlatlararo ahamiyatga
ega. Bu daryolarning boshlanishi va suv yig’ish havzalari O’zbekistondan tashqarida
bo’lib, mamlakatga Amudaryo suv yig’ish maydonining 8% (13,04 km2) va Sirdaryo
suv yig’ish maydonining 10% (3,8 km2) to’g’ri keladi, xolos. SHuningdek, Norin,
Qoradaryo, So’x, CHirchiq, Zarafshon, Surxondaryo, Qashqadaryo va boshqa o’nlab
daryo va soylar mavjud. Daryolar sug’orma dehqonchilik va elektr energiyasi hosil
qilishda foydalaniladi. O’zbekistonda Markaziy Osiyodagi gidroenergoresurslarning
14% salohiyati va texnik imkoniyatlari to’g’ri keladi. O’zbekiston hududidan
o’tadigan daryolardagi ichimlik suvining zahirasi jihatidan (aholi jon boshiga 5,5
ming m3g’yil) Armaniston, Moldova, Ukrainadan 2 marta, Ozarbayjondan 1,5 marta
ko’p bo’lib, Belarus bilan bir xil darajadadir. Ayni vaqtda, O’zbekiston hududida
ichimlik suvi zahiralari unchalik katta emas. 1 kishi hisobiga 0,7 m3 bo’lib,
Turkmaniston va Moldovaga nisbatan yuqori bo’lsada, MDHning boshqa
mamlakatlariga nisbatan (6,4 ming m3) orqada. O’zbekistonda 250 ga yaqin ko’llar
bo’lib, eng yirigi Orol dengizi, Amudaryo del’tasidagi Sudoche ko’li, Arnasoy (1760
km2) va boshq.
78
O’zbekistonda yerlarni sug’orish va daryolarni tartibga solish maqsadida yirik
suv omborlari (40 dan ortiq) va irrigatsiya kanallari barpo etilgan. eng yirik suv
omborlari - Tuyamo’yin (Amudaryo), CHordara (Sirdaryo), Qayroqqum (Sirdaryo),
CHorvoq (CHirchiq), Andijon (Qoradaryo), Kattaqo’rg’on (Zarafshon), Janubiy
Surxon (Surxandaryo) va boshq. Mustaqillik yillarida To’palang, Rezaksoy kabi suv
omborlari barpo etilmoqda. Sug’orish maqsadida barpo etilgan kanallarning umumiy
uzunligi 160 ming km, buning 22 ming km xo’jaliklararo kanallardir. Eng yirik
kanallar - Amu-Buxoro (1360 km), Janubiy Mirzacho’l (227,3 km.), Katta Farg’ona
(203 km), SHimoliy Farg’ona (168,8 km), Katta Namangan (123,8 km), Katta
Andijon (90,5 km.).
O’zbekistonda yer osti suvlarining katta zahiralari ko’p bo’lib, ulardan sug’orish
(quduqlardan nasoslar yordamida tortib chiqarib) va davolash, ichimlik suvi
maqsadlarida keng foydalaniladi. Ayniqsa, tarkibida oltingugurt, vodorod, yod, radiy
kabi turli minerallar bo’lgan suvlar negizida (Farg’ona, Surxandaryo artezan
havzalari) xalqaro ko’lamdagi sanatoriy-kurort markazlari (CHimyon,CHortoq va
boshq.) shakllandi.
Tuproqlari va yer resurslari. O’zbekiston hududida tog’ etagi tekisliklari, tog’
oldi va past tog’larda bo’z tuproq tiplari, o’rtacha balandlikdagi tog’ mintaqalarida
jigarrang va qo’ng’ir tog’-o’rmon tuproqlari, baland tog’ tepalarida och qo’ng’ir,
o’tloqi-dasht tuproqlari tarqalgan. O’zbekistonning umumiy quruqlik maydoni 40
mln ga bo’lib, uning 5-6 mln gektaridan dehqonchilikda foydalanish mumkin. Bu
yerlar sug’oriladigan va lalmikor yerlardan iborat, qolgan yerlar yaylov va qisman
o’rmonzorlar bilan band. O’zbekiston shudgorlanadigan maydonlar bo’yicha MDH
mamlakatlari o’rtasida 5-o’rinda (2% shudgorlanadigan yerlar), sug’oriladigan
maydonlar jihatidan 2-o’rinda (MDH doirasidagi sug’oriladigan maydonlarning 10%)
turadi. Sug’oriladigan maydonlar 4,2 mln ga bo’lib, buning 1,6 mln ga cho’l va 2,6
mln ga, bo’z tuproqli mintaqalarga to’g’ri keladi. Sug’oriladigan yerlarning 1,9 mln
ga turli darajada sho’rlangan. Sug’oriladigan yerlar asosan Farg’ona vodiysida-900
ming ga, Zarafshon vodiysida-750 ming ga va Amudaryo quyi qismida-780 ming ga
joylashgan. Lalmikor yerlar 6,6 mln ga. Asosan, Qashqadaryo, Samarqand, Toshkent
va Jizzax vodiylarida katta maydonlarni egallaydi, bir qismi sug’orilmoqda. CHo’l
yaylovlari-26,5 mln ga shundan 11 mln ga bo’z-qo’ng’ir tuproqli va 13 mln ga qumli
yerlar va qumli tuproqlardir. CHo’l-yaylov joylardagi sug’orishga yaroqli yerlar 12
mln ga dan iborat.
O’simlik olami 146 oilaga mansub 4500 turdan iborat. Tog’lardagi o’simlik
turlarining 20% endemikdir. Tekisliklarda shuvoq, yantoq, quyansuyak, efemir va
efemiroidlar, jo’zg’un, oq va qora saksovul, daryo vodiylarida to’qayzorlar, tog’larda
archa, do’lana, pista (fistashki) va boshq. o’simliklar, bo’talar tarqalgan.
Hayvonot dunyosi. Markaziy Osiyo davlatlari hayvonot dunyosiga o’xshash.
Tekisliklarda
sudralib
yuruvchilar
(kaltakesak,
ilon)
toshbaqa,
kemiruvchilar,shuningdek, tulki, bo’ri, quyon, jayron, qushlar (saksovul to’rg’ayi,
tuvaloq, so’fito’rg’ay), o’rgamchaksimonlar, tog’larda bo’ri, kiyik, kaklik va boshq.
uchratish mumkin. Daryo va suv havzalarida turli baliqlar yashaydi.
79
Do'stlaringiz bilan baham: |