Наманган Мухандислик Педагогика Институти Касб таълими факультети


 Yer resurslaridan samarali foydalinish va ularni utilizattsiyalash



Download 2,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet136/161
Sana15.08.2021
Hajmi2,22 Mb.
#148248
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   161
Bog'liq
iqtisodiy geografiya va ekologiya

4. Yer resurslaridan samarali foydalinish va ularni utilizattsiyalash. 
 
Er  insonning  bebaho  boyligi,  yer  o’simliklar  dunyosi  bilan  birgalikda  insonni 
oziq-ovqat  bilan  ta’minlaydi,  kiyintiradi,  qurilish  materiallari  va  tibbiy  ashyolar  bilan 
ta’minlaydi  va  b.  SHuning  uchun  ona-erni  muhofaza  qilish  har  bir  kishining 
muqaddas  burchidir.  yer  kurrasining  quruqlik  maydoni  (muzliklarni  ham  qo’shib 
hisoblaganda)  15  mlrd..  ga.  ga  teng,  shundan  muzliklar  maydoni  1,7  mlrd..  ga., 
yaylovlar  maydoni  3  mlrd..  ga,  haydalgan  yerlar  maydoni  1,5  mlrd..  ga.  teng,  qariyb 
400  mln.  ga  yer  sug’oriladigan  dehqonchilik  bilan  band.  Lekin  yer  resurslari  turli 
sabablarga ko’ra muomaladan ( har yili qariyb 15 mln.. ga.) chiqib boradi, chunonchi, 
sanoat  ob’ektlari  va  shaharlar  qurilishi  uchun  taxminan  8  mln..ga.,  eroziya  natijasida 
3  mln.  ga  inson  tomonidan  zaharlanish  natijasida  2  mln.  ga  yer  suv  bosishi, 
sho’rlanish  tufayli  esa  2  mln.  ga  atrofida  yerlar ishlab chiqarish muomalasidan chiqib 
bormoqda.  Butun  tsivilizatsiya  davrida  insoniyat  turli  sabablarga  ko’ra  (eroziya, 
sho’rlanish,  shaharlar  ostida  yo’llar  qurilishi, suv omborlari va boshqalar) jami bo’lib 
taxminan  2,5-3 mlrd. ga yer maydonidan ajraldi. 
O’zbekiston  Respublikasining  maydoni  448,9  ming  km
2
  .  SHundan  qishloq 
xo’jaligida  foydalanadigan  yerlar  28081  ming  ga,  sug’oriladigan  yerlar  maydoni  4,2 
mln..  ga  dan  ziyod,  yaylovlar  va  pichanzorlar-22965,0  ming  ga,  lalmi  haydaladigan 
yerlar  765  ming  ga,  o’rmonlar  maydoni  1,3  mln..  ga,  foydalanimaydigan  davlat 
zahirasidagi  yerlar  maydoni 15309,9 ming  ga ni tashqil  qiladi. 
Quruq  iqlim  sharoitida  sug’oriladigan  yerlar  beqiyos  ahamiyatga  ega.  Obikor 
yerlar  Respublikada  yer  maydonining  10%  qismini  egallagan  holda  o’simlikshunoslik 
bo’yicha  yetishtiriladigan  barcha  mahsulotning  95%ini  yetqazib  beradi.  Darvoqe, 
sug’orma  yerlarning  har  bir  qarichidan  samarali  foydalanish  benihoya  ulug’vor 


 
159 
ahamiyat  kasb  etadi.  Ularning  mahsuldorligining  barqaror  oshirib  borish,  biror  ga 
maydonning  ham  muomaladan  chiqib  ketishga  yo’l  qo’ymaslik  asosiy  vazifa  bo’lib 
qolishi  ayni muddao. 
 
Boshoqli  ekinlar  maydonining  1  mln..  ga  ga  qadar  kengaytirilganligi  g’alla 
mustaqilligiga  yerishish  niyati  bilan  bog’liq.  Albatta,  g’alla  ham  yem-xashak  ham 
mamlakat  uchun  zarur.  Lekin  beda  eqiladigan  maydonning  673  ming  ga.  dan  232 
ming  ga.  qadar  kamaytirilishi  sug’orma  yerlarning  mahsuldorligiga  salbiy  ta’sir  etishi 
sezilmoqda,  shuningdek,  chorva  uchun  ham  ozuqa  kamayib  bormoqda.  Paxta 
hosildorligi  har  ga.  maydondagi  26  ts.  dan  22,4  ts.  ga.  cha  kamaydi,  yem-xashakli 
ekinlarniki  esa  1,5  marta  pasaydi.  To’g’ri  tan  olish  kerakki,  sug’orma  yerlarning 
ekinlar 
ekish 
tuzulmasi 
haligacha 
takomillashmagan. 
Biznincha, 
tuproq 
unumdorligiga  ziyon  yetkazmagan  holda  uning  mahsuldorligini  borgan  sari  oshirib 
borish asosiy maqsad bo’lishi lozim. 
Turli  sabablarga  ko’ra,  har  yili  ko’plab  dalalarga  ekin  ekilmay  qolib  ketishi 
xollari  ham  bo’lmoq.  o’rtacha  130-140  ming  ga sug’orma yerlardan foydalanilmaydi. 
CHunonchi,  1997  yilda Qoraqalpog’iston Respublikasida 47,6, Qashqadaryoda-32,9, 
Sirdaryo viloyatida  22,4 ming  ga. yerdan foydalanilmagan. 
Lalmi  yerlar  Respublika  tog’  oldi  va  past  tog’larda  mavjud  bo’lib, ularning jami 
maydoni  qariyb  500  ming  ga.  yaqin.  Olinadigan  g’alla  hosili  o’rtacha  (atmosfera 
yog’inlarining  miqdoriga  qarab)  8-12  ts.  gacha  boradi.  1998  yil  seryog’in-sochin 
bo’lganligi  tufayli  adirlar  va  tog’lardagi  lalmikor  yerlarda  bug’doy  hosildorligi  14-18 
ts. ga yetdi. 
 

Download 2,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish