147
tarzda davom etadigan bo’lsa, mo’taxassislar hisobi bo’yicha alyumin 550, ko’mir
500 , temir 250 , qalay 23 , qo’rg’oshin esa 19 yilga yetishi mumkin. Umuman 2500
yilga borib, barcha metallar zahirasi batomom tugaydi, degan bashoratlar mavjud (
Ananichev ).
Birgina Sobiq Ittifoq hududida tabiiy resurslarga bo’lgan ehtiyoj 1914 yilda jon
boshiga 7 tonnani tashkil etgan bo’lsa, ushbu ko’rsatkich 1940 yilda 8,6 t, 1960 yilda
17,3t, 1975 yilda 25,6 t ni tashkil etdi. Dunyo bo’yicha tabiiy resurslar va suvdan
foydalanish yiliga 5% ga, energiya ishlab chiqarish 8%ga ortdi.
Keyingi III-IV asr mobaynida inson tomonidan yer yuzasidagi qushlarning 94
turi, sut emizuvchilarning 63 turi butunlay qirib yuborilgan, 500 turi yo’qolish
arafasida.
SHubhasiz, jamiyat rivojlanib borgan sari uning tabiatga ta’siri, tabiiy
resurslardan foydalanish me’yori va tabiatni o’zgartirish imkoniyatlari ortib boradi.
Ammo tabiatdan foydalanish va o’zgartirishning ham me’yori bor, o’sha me’yorni
bilmaslik oqibatida endi tabiatning inson hayotiga va uning xo’jalik faoliyatiga
teskari ta’siri namoyon bo’la boshladi.
XX asrda amalga oshirilgan qator yirik kashfiyotlar insoniyatning tabiatga va
unda sodir bo’layotgan hodisalarga munosabatida inqilobiy o’zgarishlarga sabab
bo’ldi. endilikda insoniyat fan-texnika taraqqiyotining yangi bosqichiga qadam
ko’ydi. Iqtisodiyotning deyarli barcha sohalarida kompьyuter, mikroelektronika,
informatika va biotexnologiya yutuqlaridan keng foydalanish ishlab chiqarish
jarayonlarini tezlashtirishi bilan birga tabiiy resurslardan tejamkorlik bilan
foydalanishga yo’l ochayotgan bo’lsada, fan-texnika yutuqlarini hayotda keng
qo’llanilishi tufayli tabiatda bir qator muammolar ham vujudga keldi. Bunday
noqulay ekologik sharoitlar hayot maqomining o’zgarishiga, kishilarning jismonan va
ruhan toliqishiga, ularda turli surunkali-og’ir kasalliklarning paydo bo’lishi bilan
birga, katta miqdorda ijtimoiy-iqtisodiy zarar ham keltira boshladi. endi tabiat bilan
jamiyat o’rtasidagi o’zaro munosabatlar yo’nalishi faqat ilmiy asosda tabiatni,
umuman biosferani saqlashga qaratilmog’i darkor. «Inson biosferaning vazifasini
Yengillashtirishga yordam berishi lozim-deb yozadi akademik S.S. SHvarts-aks
holda u vayron bo’ladi va yerda hayot yo’qoladi.» Inson aslo bunga yo’l qo’ymasligi
kerak. Ammo vujudga kelgan ekologik muammolarni bartaraf etish o’ta dolzarb,
murakkab, serqirra, jumladan: iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ma’naviy va ilmiy
masaladir. Uni ilmiy asosini yaratishda ekologiya fanining ahamiyati beqiyosdir.
Do'stlaringiz bilan baham: