Наманган Мухандислик Педагогика Институти Касб таълими факультети


Antropogen ta’sirga ekologik yondoshuv



Download 2,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/161
Sana15.08.2021
Hajmi2,22 Mb.
#148248
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   161
Bog'liq
iqtisodiy geografiya va ekologiya

 
4.Antropogen ta’sirga ekologik yondoshuv 
 
Sanoat  revolyutsiyasi  tufayli  inson  tabiatga  ta’sirini  juda  kuchaytirdi.  Ular 
o’rtasidagi  o’zaro  munosabatlar  tubdan  o’zgardi,  tabiiy  resurslardan  foydalanish 
hajmi  keskin  ortib ketdi. 
XVIII-XIX  asrlarda  texnik  taraqqiyot  tabiiy  resurslardan,  qazilma  boyliklar,  yer-
suv  resurslari,  baliq  zahiralaridan  foydalanish  va  yovvoyi  hayvonlarni  ko’plab 
ovlashning  kuchayishiga  imkon  yaratdi.  Sanoat  ishlab  chiqarishda  avval  bug’ 
mashinalari,  keyinchalik  ichki  yonuv  dvigatellariga  o’tilishi,  shaharlar  va  sanoat 
markazlarining  o’sishi  ko’plab  zararli  chiqindilar  miqdorining  ortishiga  sabab  bo’ldi. 
Daryolardan  foydalanish,  suv  havzalari,  atmosfera  havosi  va  tuproqlarning  sanoat 
chiqindilari  va kimyoviy  moddalar bilan  ifloslanishi  sezila  boshladi. 
Texnik  taraqqiyotda  salbiy  omillarning  zararli  ta’sirlariga  eng  avvalo 
yevropaning  g’arbidagi  sanoatlashgan  va  urbanizatsiya  darajasi  yuqori  bo’lgan 
mamlakatlar  (Angliya,  Frantsiya,  Bel  giya,  Gollandiya  va  b.)  duchor  bo’ldilar.  Biroq, 
bu  davrda  tabiatni  vayron  qilish  SHimoliy  Amerikada  yevropadan  ancha  jadal  tus 
olgan edi. 
Fan-texnika  taraqqiyoti,  ishlab  chiqarish  kuchlarining  rivojlanishi,  aholi  sonining 
tez  sur’atlarda  o’sib  borishi  insonning  tabiatga  ta’sir  doirasini  kengaytirib  yubordi. 
Ayniqsa,  «insonning  tabiat  ustidan  qozongan  g’alabasi»  dan  mag’rurlanib  amalga 
oshirilgan  tadbirlar  tabiat  bilan  jamiyat  o’rtasidagi  o’zaro  muvozanat  «tarozini» 
butunlay  buzilishga  olib  keldi.  Insonning  tabiatga  ta’sirining  salbiy  oqibatlari, 
pirovard natijada  uning  o’ziga og’ir kulfatlar  keltira  boshladi. 
Sanoatning  kislorodga  bo’lgan  ehtiyoji  orta  borayotgan  bir  paytda,  sayyoramiz 
o’simliklari  ishlab  chiqarayotgan  kislorodning  chorak  qismiga  yaqini  inson 
tomonidan  yoqib  yuborilmoqda.  Yana  yiliga  atmosfera  tarkibidan  ishlab  chiqarish 
maqsadlari  uchun  90  mln.  t  kiclorod  va  70  mln.  t  azot  olinmoqda.  Olimlarning 
hisoblaricha  yiliga  yoqib  yuborilayotgan  kislorodning  1%  i  qayta  tiklanmay 


 
146 
qolaversa,  yana  VI-VII  asrdan  so’ng  yer  atmosferasi  kislorod  zahirasining  70%  ga 
yaqini  tugashi  mumkin  ekan. 
Buning  ustiga  yer  sharida  kislorodning  asosiy  manbai  hisoblangan  o’rmonlar 
maydoni  yil  sayin  (125  ming  km

ga)  qisqarmoqda.  Inson  sayyoramiz  yashil  boyligi-
o’rmonlarni  50%  dan  ortig’ni  kesib  bo’ldi.  yevropa  mamlakatlarida  o’rmonlarning 
85-95% i kesib yuborilgan bo’lsa, AQSH da o’rmonlar maydoni qadimgi 900 mln. ga 
dan  260  mln.  ga  ga  qisqardi.  Hozir  Hindistonning  18%  hududi  o’rmon  bilan 
qoplangan bo’lsa, Xitoyda bu ko’rsatkich atiga  9% ni tashkil  etadi. 
Inson  xo’jalik  faoliyati  natijasida  atmosferaga  yiliga  faqat  turli  yoqilg’ilar  yoqish 
hisobiga  22  mlrd..t.  karbonad  angidrid,  200  mln..t.  dan  ortiq  uglerod  oksidi,  160 
mln..t.  sul  fat  oksidi,  50  mln..t.  azot  oksidi,yana  shuncha  uglevodlar, 250 mln..t. turli 
kimyoviy  zarrachalar-aerozollar  hamda 300 ming  t. qo’rg’oshin chiqarilmoqda. 
XX  asr  o’rtalarida  faqat  toshko’mir  yoqishning  o’zidan  yer  yuzasiga  har  yili  2 
mlrd..  t.  shlak  chiqarilgan.  Faqat  yoqilg’i  yoqish  maqsadida  esa 15 mlrd.. t. kislorod 
sarflanmoqda. 
Hozir  inson  quruqlik  yuzasining  60%  dan  ortiq  qismidan  o’z  maqsadlari  uchun 
foydalanayotgan  bo’lsa  (30%  dan  ortig’ida  qishloq  xo’jalikda,  11%  da  yerlarni 
haydab  ekin  ekmoqda),  20%  dan  ortig’ini  turli  qurilishlar  tufayli  butunlay  o’zgartirib 
yuborgan  (XX  asrning  o’zida bunday yerlar 250 mln.. ga. ga ortdi), 100 mln.. ga. yer 
faqat  shaharlar  qurilishi  bilan  band,  sanoatlashgan  hududlarning  yarmidan  ortig’ini 
muhandislik  qurilmalari  egallagan. 
O’rmonlarning  betartib  kesib  yuborilishi  oqibatida  keyingi  80-90  yil  mobaynida 
dunyo  bo’yicha  sug’oriladigan  yerlarning  chorak  qismi  eroziyaga  uchrab  (AQSHda 
eroziyaga  uchragan  yerlar  50%  ga  yaqinlashdi)  qishloq  xo’jalikda  foydalanishga 
yaroqsiz  holga  kelgan  bo’lsa,  suv  eroziyasi  tufayli  yiliga  24*10
9
  t.  tuproqlarning 
unumdor qismi yuvilmoqda. 
eroziyaning  muqarrar  rivojlanishi  evaziga,  keyingi  asr  mobaynida  2  mlrd.  ga  yer 
yaroqsizlandi,  yiliga  200-300  ming  ga  yer  sho’rlanish  va  botqoqlashish  evaziga 
qishloq xo’jalik  ahamiyatini  yo’qotmoqda. 
1940  yilda  10  mln.  t,  1983  yili  124  mln.  t  mineral  o’g’itlar  ishlab  chiqilgan 
bo’lsa, hozirda yiliga  200 ming  t. pestitsidlar  ishlab chiqarilmoqda. 
Ishlab  chiqarish  va  maishiy  ehtiyojlar  uchun  yiliga  sayyoramiz  bo’yicha  4000 
km
3
  suv  talab  etilayotgan  bir  paytda  suv  havzalarining,  xususan  dunyo  okeani 
ifloslanish  darajasining  hozirgi  ahvoli  juda achinarli  holdir. 

Download 2,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish