Наманган Мухандислик Педагогика Институти Касб таълими факультети


 O’zbekistonning tabiiy resurslar bilan ta’minlanganligi va ularni baholash



Download 2,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/161
Sana15.08.2021
Hajmi2,22 Mb.
#148248
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   161
Bog'liq
iqtisodiy geografiya va ekologiya

2. O’zbekistonning tabiiy resurslar bilan ta’minlanganligi va ularni baholash 
  
O’zbekiston  hududi  foydali  qazilmalarga  juda  boy.  Uning  hududida  2700  dan 
ortiq  konlar  aniqlangan  va  uning  900  ga  yaqini  o’rganilgan.  Yer  osti  boyliklari  3,5 
trln  AQSH  doll.  atrofida  baholanadi.  Ayni  vaqtda,  Respublika  istiqboli  qimmatbaho, 
nodir  va  kamyob  metallar,  neft  ,  tabiiy  gaz  va  gaz  kondensatlari,  qo’ng’ir  va 
kokslanuvchi  ko’mir,  yonuvchi  slanets,  uran  va  qurilish  materiallarining  ko’plab 
turlarini  o’zlashtirish  bilan  bog’liqdir.  Ayniqsa,  oltin,  uran,  mis,  tabiiy  gaz,  vol’fram, 
kaliyli  tuzlar,  fosforit,  kaolin  zahiralari  va  istiqbolli  o’zlashtirish  jihatidan  MDH 
doirasidagina  emas,  balki  dunyoda  ham  yetakchi  o’rinlardan  birida  turadi.  Masalan, 
oltin  zahiralari  bo’yicha  dunyoda  4-o’rinda,  uni  qazib  olish bo’iicha 7-o’rinda turadi. 
O’zbekistonda  440 dan ortiq kon, shaxta, kar yer va boshqlar faoliyat ko’rsatmoqda. 
O’zbekiston  MDH  mamlakatlari  o’rtasida  tabiiy  resurs  salohiyati  kattaligi  jihatdan 
ajralib  turadi.  MDH  mamlakatlaridagi  kumush  va  kaolin  zahiralarining  1/5  qismi  mis 
va  dala  shpatining  1/7  qismi,  molibden  va  qurg’oshinning  1/10  qismi,  va  oltin,  uran, 
simob,  rux,  vol  from,  kad  miy, tabiiy gaz va gaz kondensati, fosforit, kaliyli tuzlar va 
oltingugurtning  sezilarli  qismi O’zbekiston hissasiga to’g’ri keladi. 
O’zbekiston  yirik  yoqilg’i-energetika  zahiralariga  ega.  O’zbekiston  hissasiga 
Markaziy  Osiyodagi  gaz  kondensatining  74%,  neftning  31%,  tabiiy  gazning  40%  va 
ko’mirning  55%  to’g’ri  keladi.  Neft  (Farg’ona,  Ustyurt, Buxoro-Xiva, Janubi-g’arbiy 
Hisor),  tabiiy  gaz  va  gaz  kondensatlari  (SHo’rtan,  Muborak,  Qoravulbozor  va 
boshq.),  ko’mir  (Angren,  SHarg’un  va  Boysun)  zahiralari  mavjud.  Rudali 
qazilmalardan  temir,  titan-magnetit,  marganets,  xrom,  mis,  qo’rg’oshin-simob, 
surma,  oltin  va  radiaktiv  metallar,  kaolin,  alunit  va  boshq.  qazilmalarga  boy. 
SHuningdek,  nometall  foydali  qazilmalar,  mineral  tuzlar  (osh  tuzi,  kaliyli  tuzlar  va 
boshq.),  oltingugurt,  fosforit,  qimmatbaho  va  yarim  qimmatbaho  toshlar,  qurilish 
materiallarining  (tsement  xom-ashyosi,  gips,  ohaktosh,  marmar  va  boshq.)  katta 
sanoat zahiralariga  egadir. 
Tabiatni  va  atrof  muhitni  muhofaza  qilish  va  saqlash  sohasida  juda  katta 
tadbirlar  amalga  oshirilmoqda.  O’zbekistonda  qo’riqlanadigan  yerlarning  umumiy 
maydoni  2  mln  ga  dan  ortiq.  Respublikada  alohida  qo’riqlanadigan  11  ta  tabiiy-
hududiy  ob’ekt,  jumladan  9  ta  qo’riqxona  (3  ta  tog’da,  3  ta  daryo  qayirlaridagi 
to’qayda  va  3  ta  cho’lda)-CHotqol  tog’-o’rmon,  Payg’ambar  orol,  Qizilqum, 
Bodayto’qay, Nurota, Zarafshon, Hisor, Vardanza, Ko’hitangtog’, Kitob, 10 ga yaqin 
zakazniklar  (Oqbuloq,  To’dako’l,  Xorazm  va  boshq.)  hamda  1977  yil  O’zbekiston 
xalq  hiyoboni  (Jizzax  viloyati  Zomin  tumanida)  mavjud.  qo’riqxona  va  zakazniklar 
bioekologik  ilmiy-tadqiqotlardan  tashqari,  dam  olish,  sihat-salomatlikni  tiklash, 
turizm,  sport  va  boshq.  sohalarni  rivojlantirishning  noyob  tabiiy  salohiyatiga  egadir. 
Takrorlanmas  tabiiy  manzaralar,  tog’  va  tog’  oldi  o’rmonlari  va  tabiat  go’shalari 
(g’orlar,  soy  va  dalalar,  sharsharalar)  kislorodga  boy  toza  havo,  shifoli  va  xushbo’y 
o’simliklar,  mineral  buloqlar  sanotoriy-kurort  xo’jaliklarini  rivojlantirish  imkonini 
beradi. 
 

Download 2,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish