4.Tabiiy resurslarning tarqalishi.
Foydali qazilmalardan foydalanishni optimallashtirish.
Ishlab chiqarish kuchlarining tezkorlik bilan taraqqiy qilayotganligi sanoatni
ko’plab mineral xom ashyo bilan o’zluksiz ta’minlashni taqozo etadi. Bu esa o’z
navbatida yer qaridan ko’plab foydali qazilma boyliklarini qazib olishga undaydi,
qattiq foydali qazilmalar konlarda turli chuqurliklarda joylashganligi tufayli ularni
qazib olish jarayonida ko’plab bo’sh tog’ jinslarini yer betiga chiqarish lozim. Buning
ustiga rudalarda kerakli foydali ma’dan oz qismini tashkil qilishi mumkin (o’rtacha
0,1% dan 10%gacha).Binobarin, ko’plab bo’sh tog’ jinslari konlar atrofida to’planib
boradi. 90-yillarda dunyo bo’yicha yiliga qariyib 150mlrd.t tog’ jinslari qazib
olingan, shundan 20 mlrd. Tonnasi foydali qazilma bo’lgan. Bu raqam XXI da 4-6
marta ko’payishi taxmin qilinmoqda.
SHu munosabat bilan foydali qazilmalardan oqilona foydalanish muammosi Yer
kurrasida tobora jiddiy tus olmoqda, bu borada qazib olish va ularni qayta ishlash
82
texnalogiyasiga qattiq ahamiyat berilib iqtisodiy jihatdan ko’proq chiqim harajatlari
sariflash
ustida
keng
miqyosda
tadqiqot
ishlari
amalga
oshirilmoqda.
Mo’tahassislarning hisob kitobicha yer qatlamlaridan olinyotgan ma’danlarning bor
yo’g’i 5%i ishlab chiqarish uchun mahsulot bo’lib, qolganlari chiqindi hisoblanadi.
O’zbekiston hududidagi foydali qazilmalar va ulardan foydalanish.
O’zbekiston zamini turli tabiiy mineral boyliklarga ega. Bu hol hududning
geologik jihatdan uzoq o’tmishlarda murakkab rivojlanish jarayonlarini boshdan
kechirganligi, ilk bor tog’ hosil bo’lish hodisalarini, dengiz xavzalarining vaqt-vaqti
bilan quriqlikka bostirib kirganligi, qobiq nurashining kuchli tarzda ro’y berganligi,
vulqon harakatlari, yer osti magmatik jinslarni turli qatlamlariga kirib, qotib qolishi
va boshqa geologik hodisalar natijalari bilan bog’liq.
Hozirgi kunga kelib O’zbekistonda 2700 dan ziyod qazilma boylik konlari va
istiqbolda ochilishi mumkin bo’lgan yangi konlar aniqlangan. Ushbu konklarda yer
yuziga yaqin joylashgan xilma-xil mineral xom ashyolar mavjud. Ularning 60 xilidan
iqtisodiyotda foydalanilmoqda. O’zbekiston umumiy mineral xom-ashyo salohiyati
3,3 trilion AQSH dollarida baholanmoqda. Har yili konlardan umumiy qiymati 5,5
mlrd. AQSH dollariga teng bo’lgan turli qazilma boyliklari qazib olinadi.
Bir qator muhim foydali qazilmalar, chunonchi,oltin, uran, mis, tabiiy gaz, kaliy
tuzlari, fosforidlar, kaolin bo’yicha O’zbekiston zahiralarining ko’pligi va istiqbolda
foydalanish bo’yicha nafaqat MDH mamlakatlari balki, jahonda oldingi o’rinlarni
egalaydi. Masalan, oltin zahiralar bo’yicha dunyoda 4-o’rinni, qazib olish bo’yicha
esa 7-o’rinni egalaydi, mis bo’yicha 10-11 o’rinni , uran bo’yicha esa 7-8 o’rinni
egalaydi (Karimov, 1997 yil). Tabiiy gazning umumiy zahirasi qariyib 2 trilion m3,
ko’mirniki 2 trilion tonnadan ko’p. Mo’taxassislarning dastlabki baholashlariga ko’ra
mamlakat hududining taxminan 60% qismi neft va gaz zahiralari bilan band.
O’zbekiston hududida Farg’ona, Surxandaryo, Janubi-G’arbiy Hisor, Buxoro va
Xiva va Ustyurt neft va gazli mintaqalardir. Hozirgi kunda eng ko’p neft va tabiiy gaz
Buxoro-Xiva neft gaz rayonida O’rta buloq, Ko’kdumaloq, SHo’rtan, Toshli,
SHo’rtepa, Zevar, va boshqa ularga yaqin bo’lgan konlardan qazib olinmoqda.
Birgina Qashqadaryodagi gaz konlari butun Respublikada qazib olinyotgan gazning
90%ini yetqazib bermoqda. Keyingi qolgan qismida neft va gaz konlari qidirish
ishlari jadallik bilan olib borilmoqda. Bu hududlarda tabiiy gaz va neft konlari
ochilishi mumkinligiga mo’taxassislar katta ishonch bilan qaramoqdalar, (hozirgacha
SHohpaxta, Urga, Berdak, SHibinli, Qizilqayir, Oqshuloq, Qorashuloq kabi
joylardagi konlar istiqbolga ega), dastlabki gaz konlari ishga tushirilgan (hozirgi
kunda Urga gaz konidan kuniga 1,2mln.m3 gaz olinmoqda, shuningdek, har kuni 25t
gaz kondensati qazib olinmoqda).
O’zbekistonda 20dan ortiq ko’mir konlari va ko’mirli xavzalar aniqlangan.
Ko’mirning sanoat zahiralari Angren, SHarg’un, va Boysun konlarida joylashgan.
Boysun (jami zahirasi taxminan 150 mln.tonna) konida ochiq usulda ko’mir qazib
olish boshlangan. G’o’zor -Ko’kqo’rg’on temir yo’lini ishga tushirilishi bilan bu
kondan ko’plab ko’mir olish mumkin bo’ladi.
O’zbekiston noyob va nodir metallar - oltin, kumush, uran va boshqalar qazib
olish bo’yicha oldingi o’rinlarni egalaydi. Oltinning umumiy zahirasi 4 ming t. dan
ko’p, respublikada tarkibida oltin va kumush mavjud bo’lgan 30 dan ortiq ruda
83
konlari topilgan. Yirik oltin konlari Muruntov, Marjonbuloq, Qurama, CHotqol
tizmasi tog’larida topilgan. Kumush Qizilnura
tarmoqlarida, Qizilqumda katta zahiralarga ega. Odatda oltin boshqa elementlar
bilan birga uchraydi.
Rangli va nodir metallar-mis, qalayi, qo’rg’oshin, volfram, litiy, alyuminiy xom-
ashyosi (alunitlar, kaolinlar) va boshqalardan iborat. Mis rudasi Qurama tog’larida
Qalmoqqir, Saricheka, Qizota konlarida, volfram, molibden, qalay, vismut, simob,
surma, Janubiy va O’rta Tyan-SHandagi Qoratepa, Langar, Qo’ytosh, Yaxshon,
Sargardon, va boshqa joylarda mavjud, 20 ta molibden koni aniqlangan. Vismut
rudasi,
mish’yak-vismut,
mis-vismut
konlari
CHotqol-qurama
tog’larida
(Burchmulla, O’rtasaroy) bor. Janubiy Farg’onada 100dan ortiq simob va 10 dan
ziyod surma konlari mavjud.
Qora metallar (temir, titan, marganes va xrom) ning bir necha yuz konlari
mavjud. Ulkan titan marganesli kon Sulton Uvays tog’larida (Tepabuloq, zahirasi
4mlrd. t), Nurota tog’larida, marganesli cho’kindi konlari Zarafshon-Zirabuloq,
Qoratepa, Lolabuloq va boshqa joylarda topilgan.
Tog’-kimyo sanoati xom ashyosi bo’lgan fosforitlar (qizilqum), osh tuzi va
boshqa tuzlarning katta zahiralari Borsakelmas, Xo’jaikon, Boybichakon va boshqa
joylarda aniqlangan. Qurilish materiallarining 370 dan ortiq koni borligi hisobga
olingan. Oq, qora, qizg’ish, marmar konlari ishga tushgan. Geologiya qidiruv ishlari
keng miqyosda jadallik bilan davom ettirilmoqda, istiqbolda yangi konlarning
topilishi ehtimoli katta.
Do'stlaringiz bilan baham: |