Наманган Мухандислик Педагогика Институти Касб таълими факультети


 O’zbekistonning ma’muriy-xududiy  bo’linishi



Download 2,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/161
Sana15.08.2021
Hajmi2,22 Mb.
#148248
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   161
Bog'liq
iqtisodiy geografiya va ekologiya

4. O’zbekistonning ma’muriy-xududiy  bo’linishi. 
 
Ko’xna  tarixga  ega  bo’lgan  O’zbekiston  uzoq  va  yaqin  o’tmishda  bir  necha 
marta  qayta  tashkil  qilingan  bo’ldi,  turli  nomlar  bilan  dunyoga  ma’lum  va  mashxur 
edi.  Ayniqsa  buyuk  soxibqiron  Amir  Temir  zamonasida  O’zbekistonning,  uning 
Samarqand,  Buxoro,  Xiva  kabi  shaharlarning  nomi  yetti  iqlimga  ketgan  edi. 
O’zbekiston  yaqin  o’tmish,  ya’ni  rus  istiqlolchilik  va  xukmronligi  davrida  qayta 
kashf  qilingan  bo’ldi.  1867  yilning  o’rtalarida  O’zbekiston  xududida  Turkiston 
general-gubernatorligi  o’rnatildi,  Toshkent  shahrida  Turkiston  Harbiy  okrugi  tuzildi, 
oktyabr  to’ntarishidan  keyin  u  ikkinchi  marta  ruslar  tomonidan  bosib  olindi.  SHu 
yillar  ichida  uning  ko’xna  tarixi  oyoq-osti  qilindi,  tarixi  takrorlandi,  Xalqning  tarixiy 
(nodir)  qo’lyozmalari  yo’q  qilindi,  qadim  urf-odatlariga  qarshi  kurash  boshlandi. 
O’zbeklar  o’z  ona  tillari  qolib  o’zgalar  tilini  davlat  tiliga  aylantirishga  majbur 
bo’ldilar. 


 
74 
Qadimdan  bir  jug’rofiy  mintaqada  yashab  kelayotgan  turkiy  Xalqlar  aholisining 
turmush  tarzi,  kelib  chiqishi,  an’analari,  xo’jaligi,  madaniyati,  mushtarak  maqsadlari 
bir  bo’lishiga  qaramasdan  oktyabr  to’ntarishidan  keyin  1920  yillarning  o’rtalarida 
beshga bo’lib yuborildi. 
O’zbekiston  xududi  sho’rolar  zamonida  ham  ma’muriy-xududiy  bo’linishlarning 
ko’pini  o’z  boshidan  kechirdi.  Diyorimizda  Rossiya  hukmdorlari  tomonidan  1924 
yilning  fevralida  o’tkazilgan  milliy  chegaralanish  masalasiga  F.Xo’jaev  qarshi 
chiqqan  edi.  U  Turkiston  xududida  milliy  chegaralanishga  qarshi  o’z  tezislarini  e’lon 
qilgan  bo’lib  unda  markazning  turkiy  Xalqlar  ildizi  birligini  hisobga  olmayotganligi, 
chegaralanish  g’oyalari  o’tmish  istilochilari  siyosatidan  farq  qilmayotganligini  ochiq 
aytilgan  edi. 
Turkistonni  milliy  jihatdan  qayta  chegaralash  markaz  va  RK  (b)  O’rta  Osiyo 
byurosi  tomonidan  1924  yilda  qat’iy  ishlab  chiqilgan  edi.  Unga  qarshi  barcha 
urinishlar  bexuda  ketardi.  1924  yil  10  mart  kuni  birlashgan  kengashda  mahalliy  millat 
vakillari  O’rta  Osiyo  federatsiyasini  tuzishni,  Turkistonning  yaxlitligini  bo’zish 
maqsadga  muvofiq  emasligini  ta’kidlagan  edilar.  Xorazm  raxbarlari  ham  alohida  fikr 
bildirib,  Xorazmni  chegaralanishga  qo’shmaslik  masalasini  qo’ygan  edilar.  Biroq 
ushbu istaklar  ham inobatga olinmay  qolib ketdi. 
Markazning  ko’rsatmasi  bilan  1929  yilgacha  O’zbekiston  tarkibida  bo’lgan 
Tojikiston  muxtor  respublikasi  sobik  SSSR  tarkibidagi  ittifoqdosh  respublikaga 
aylantirildi.  1918  yil  30  aprelda  SHo’rolar  5-O’lka  s’ezdida  tasdiqlangan  "Rossiya 
federatsiyasining  Turkiston  Sovetlar  Respublikasi  to’g’risida  Nizom"da  Turkiston 
Respublikasining  davlat  tuzumi,  uning  xududiy  chegaralari  belgilab  berilgan  edi. 
1924  yilga  kelib  Turkiston  ASSR  6  Viloyat  (Sirdaryo,  Samarqand,  Farg’ona, 
Zakaspiy  (Turkmaniston),  Yettisuv,  Amudaryo)  ga  hamda  30  uezd  va  473  volostga 
bo’lib tashlangan  edi. 
1920  yilda  Xorazm  Xalq  Sovet  Respublikasi  e’lon  qilinadi.  Mazkur 
respublikaning  xududi  28  tumanga  bo’linadi.  1924  yilda  esa  uch  viloyat  (Qozoq-
Qoraqalpoq, Yangi  Urganch, Toshxovo’z) va Xiva  tumaniga  bo’linadi. 
1920  yilning  8  oktyabrida  Buxoro  amirligi  zamirida  Buxoro  Xalq  Sovet 
Respublikasi  e’lon  qilinadi.  Mazkur  respublika  xududi  15  viloyat,  58  tumanga 
bo’linadi. 
1924  yilning  O’rta  Osiyo  milliy-xududiy  chegaralanish  natijasida  O’zbekiston 
Sovet  Sotsialistik  Respublikasi  (O’zSSR)  tuzildi.  1925  yilning  29  yanvaridan 
respublikada  yagona  ma’muriy  bo’linish  joriy  qilindi.  Poytaxti  Samarqand  shaxri 
bo’lgan  O’zSSR  yetti  viloyat  (Samarqand,  Toshkent,  Farg’ona,  Zarafshon, 
Surxondaryo,  Qashqadaryo,  Xorazm)ga  va  22  uezd  hamda  241  volostga  bo’lindi. 
1926  yilda  mamlakatni  ma’muriy-iqtisodiy  rayonlashtirish  ishlari  amalga  oshirildi. 
1927  yilning  boshida  mamlakat  tarkibida  10  ta  okrug,  87  tuman,  1746  qishloq 
kengashi  tashkil  qilingan  edi.  1930  yil  17  avgustda  mamlakatni  okruglarga  bo’lish 
bekor silinadi. Biroq oradan ko’p o’tmay 1932 yil 27 iyunda Xorazm okrugi, 1935 yil 
fevralda  esa Qashqadaryo va Surxondaryo okruglari  qayta tiklanadi. 
1918  yil  14  fevralida  boshlab  mamlakatimiz  xududidagi  hozirgi  viloyatlar  qayta 
shakllana  boshlaydi.  O’sha  yili  Buxoro,  Samarqand,  Toshkent,  Farg’ona  va  Xorazm 


 
75 
viloyatlari  tashkil  qilinadi.  1941  yilning  6  martida  Andijon,  Namangan,  Surxondaryo, 
1943 yilning  20 yanvarida  esa Qashqadaryo viloyati  qayta tashkil  kilinadi. 
1957-1961  yillarda  Markazning  region  istiqbolini  ko’ra  bilmasligi  oqibatida 
ma’muriy-xududiy  birliklar  yana  qator  o’zgarishlarni  boshidan  kechirdi.  Jumladan, 
Namangan  viloyatining  xudud  Farg’ona  va  Andijon  viloyatlariga,  Qashqadaryo, 
Surxondaryo viloyatiga  ko’shib yuborildi. 
Mamlakatimiz  xududida  yangi  yerlarni  o’zlashtirish  jarayoni  uning  yangidan 
ma’muriy-xududiy  bo’linishlariga  birmuncha  asos yaratib berdi. 
Mirzacho’lning  o’zlashtirilishi  1963  yil  16  fevralda  Sirdaryo  viloyatning  tashkil 
topishiga,  Qarshi  cho’lining  o’zlashtirilishi,  bu  yerda  1964  yil  7  fevralda 
Qashqadaryo  viloyatining  qayta  tiklanishiga,  Farg’ona  vodiysida  ishlab  chiqarish 
kuchlarining  jadal  rivojlantirilishi  1967  yil  18  dekabrda  Namangan  viloyatining  qayta 
tiklanishiga,  Jizzax  cho’llarining  o’zlashtirilishi  1973  yil  29  dekabrda  Jizzax 
viloyatining  tashkil  qilinishiga  olib  keldi.  1982  yilning  20  aprelida  mamlakatda  kon-
metallurgiya  sanoatini  rivojlantirish  maqsadida Navoiy viloyati  tashkil  qilindi. 
O’zbekistonning  ma’muriy-xududiy  bo’linishi  mustaqillik  yillarida  sifat 
jihatidan  yangi  bosqichma-bosqich  bozor  munosabatlariga  muvofiq  keladigan 
bosqichga  qadam  qo’ydi.  Mamlakat  mustaqilligi  tufayli  o’zbek  xalqining  asriy  orzusi 
ushaldi.O’zbekiston  tinch,  parlament  yo’li  bilan  o’zining  xaqiqiy  davlatchiligiga 
yerishdi. 
"O’zbekiston  Respublikasining  davlat  mustaqilligi  asoslari  to’g’risida"  gi 
konstituttsiyaviy  qonunda  respublikadagi  ko’p  millatli  barcha  aholining  xoxish-
irodasi  mustahkamlab  ko’yilgan.  Mamlakatning  amaldagi  (1992)  Konstitutsiyasida 
(68-modda)  O’zbekiston  Respublikasi  viloyatlar,  tumanlar,  shaharlar,  qishloqlar, 
ovullar,  shuningdek  Qoraqalpog’iston  Respublikasidan  iboratligi  mustahkamlab 
ko’yilgan.  Hozirgi  vaqtda  O’zbekistonning  tarkibida  Qoraqalpog’iston  Respublikasi, 
Andijon,  Buxoro,  Jizzax,  Navoiy,  Namangan,  Samarqand,  Sirdaryo,  Surxondaryo, 
Toshkent, Farg’ona, Xorazm, Qashqadaryo viloyatlari  bor. 

Download 2,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish