Namangan muhandislik-pedagogika instituti «chizma geometriya va muhandislik grafikasi»



Download 143,39 Kb.
bet8/35
Sana30.12.2021
Hajmi143,39 Kb.
#93454
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   35
Bog'liq
kompyuter grafikasi

ma`ruza: Komp’yuter grafikasi turlari

2.4.Komp’yuter grafikasi turkumlari, uning tiplari va xar xil ko’rinishlari.
Komp’yuter grafikasining quyidagi turlarini ajratib ko’rsatish mumkin:

    • tijoratga oid

    • namoyishlarga oid

    • muo’andislikka oid

    • ilmiy

    • ko’rgazmaviy

    • animatsion

Tijoratga oid grafika elektron jadvallarda yoki berilganlar bazasidagi axborotlarni aks ettirish uchun xizmat qiladi. Bu axborotlar eXM ekranida grafik shaklida, gistogramma, diagramma va xoxlagan boshqa shakllarda aks ettirilishi mumkin, kerakli grafiklar matn izoxlari va ma`lum joylarda belgili izoxlar bilan ta`minlanadi.

Tijorat grafikasiga tegishli bo’lgan amaliy dasturlar paketi tasvirni ekranda tezda va kerakli servislar bilan ifodalashga qaratilgan, chunki tijoratchining asosiy maqsadi axborotlarni qayta ishlash jarayonidagi o’zgarishlarni tezda muxokama qilib, tegishli o’zgartirishlar kiritishdan iborat.

Tasvirni yaqqolligini yanada oshirish uchun ushbu paketlarga tasvirni ekranda bir necha xil grafika shaklida tasvirlash imkoniyati kiritilgan. Bu esa o’z navbatida tasvirlarni ekranda birgalikda ko’rib, muloxazalash imkoniyatini oshiradi.

Bu paketlarni eng ao’amiyatli tomoni shundaki, ular tasvirlarni turli xil shaklda berishdan tashqari aks ettirilgan grafikalarni analiz qilish imkoniyatini o’am beradi. SHu sababli bu paketlarga turli xil matematik analiz usullari, shu jumladan statistik analiz, extimollar nazariyasi, iqtisodiy jarayonlar bashorati kabi usullar kiritilganki, ular berilgan axborot to’plamini analiz qilish imkonini beradi.



Namoyish qilish grafikasi - matn, sxema, eskiz kabi xujjatlarni mashina tasvirini o’osil qilib uni namoyishga tayyorlash uchun xizmat qiladi. Bu erda eng asosiy vazifa - yuqori sifatli va chiroyli ko’rinishdagi tasvirlar o’osil qilishdan iborat. SHu tipdagi grafikalarni eng afzal tomoni shundaki, bunday tasvirlarni to’plami va ko’rinishini tezda o’zgartirish mumkin.

Injenerlik grafikasi - bunday grafika chizmachilik, proektlash va konstruktorlik ishlarini avtomatlashtirishda keng qo’llaniladi. Injenerlik grafikasi analiz, sintez, modellashtirish, matnlashtirish, chizmachilik, boshqarish va shu kabi proektlashni avtomatlashtirish ishlarini o’amma bosqichlarini o’z ichiga oladi.

Ilmiy grafika - ilmiy izlanishlar uchun xizmat qiladi va geografik, fizik, biologik va boshqa jarayonlarni tadqiq qilishda qo’llaniladi. Ilmiy grafikaning eng asosiy maqsadi ilmiy izlanishlarda o’osil bo’ladigan axborotlarni vizuallashtirish - ko’zga ko’rinarli shaklda ifodalashdir. Ayniqsa bu yo’nalish atom energiyasi manbalarini tadqiq qilishda, kosmonavtika va samolyotsozlikda, geografiyada va

okeanologiyada - xullas qamrovi katta bo’lgan, tez kechadigan jarayonlarni o’rganishda juda qo’l keladi. SHuningdek, ilmiy izlanishlar natijalarini kerakli shaklda diagrammalar, kartalar, jadvallar va turli matematik formulalar shaklida tasvirlashda keng qo’llaniladi.



Ko’rgazmaviy grafika - namoyish va tijorat grafikalarining rivoji bo’lib, shu ikkala grafika imkoniyatlarini yig’indisi integratsiyasini tashkil etadi. Bu grafika ayrim grafikalarini slaydlar ketma-ketligidan iborat slaydfil’m qilib yaratib, so’ngra uni ma`lum vaqt ichida ekranda ketma-ket ko’rgazma shaklida namoyish etadi. O’ar bir slaydni ekrandagi tasviri ovoz va vizual effektlar bilan qo’shib olib borilishi mumkin. Undan tashqari, tayyor grafikni taxrir qilish imkoniyat o’am mavjud.

Animatsion grafika rang bilan ishlashdagi muvaffaqiyatlarni injenerlik grafikasidagi uch o’lchovli ob`ektlarni modellashtirishdagi yutuqlar bilan (masalan, reklama e`lonlari va teleko’rsatuvdagi bir tasvirni ichiga ikkinchisini kiritish) qo’shib uyg’unlashtirilgan.

Amaliy dasturlar paketlarini (ADP) keng tarqalishi shu bilan asoslanadiki, tasvirni kommunikatsiya vositasi sifatida qabul qilish inson uchun tabiiyroq bo’lib bu usulda o’am etarli aniqlikka erishish mumkin.

Mashina grafikasini passiv va interaktiv bo’laklarga bo’lish avvaldan ma`lum. Bundan 20 yil avval ulug’ olimlarni, san`at ustalarini, sportchilarni, multiplikatsion fil’mlar qao’ramonlarini (masalan, bo’ri, quyon rasmlari), Al’bert eynshteyn rasmi alfavit raqamli chop etuvchi qurilmalardan chiqarish keng tarqalgan edi. Bunda rasm ma`lum nuqtalarga bir xil belgilarni tushirish orqali, rang tafovut esa ba`zi bir joylarda shu belgilarni bir necha marta urib (to’q rang uchun), ba`zi bir joylarda bir marta tushirib (och rang uchun) mashina qog’ozi satxida o’osil qilinardi. Tasvirni bunday usulda o’osil qilish passiv mashina grafikasiga tegishlidir.

Interaktiv mashina grafikasi (IMG) bu shundayki, bunda tasvirning xolati, uning shakli, mazmuni, o’lchamlari va rangi displey ekranida interaktiv qurilmalar yordamida dinamik ravishda uzluksiz o’zgartirilib, boshqarib turiladi.

Zamonaviy shaxsiy komp’yuterlarda o’osil qilinadigan grafikalar amaliy jio’atdan qaraganda o’ammasi interaktivdir.

Passiv mashina grafikasiga planshetli va barabanli grafik quruvchi qurilmalar yordamida, shuningdek printer, kino va videokameralar yordamida o’osil qilinadigan tasvirlar kiritiladi.

Bu qurilmalar yordamida o’osil qilinayotgan tasvirga bevosita ta`sir qilib bo’lmaydi. Displey qurilmasi, sichqoncha yordamida kiritish, klaviatura, skaner qurilmalari orqali tasvir o’osil qilishda tasvir jarayonini istagancha boshqarish mumkin.

YUqorida ko’rib o’tilgan o’amma tasvir o’osil qilish usullarining umumiy tomoni shundaki, bu erda tasvir raqamli protsessor yordamida o’osil qilinadi.

Grafik tasvirni o’osil qilishni zamonaviy usullari bilan yaxshiroq tanishish uchun komp’yuter grafikasining ikki usulda - rastrli va vektorli usulda o’osil qilinishini ko’rib chiqamiz. Bu ikki usulning asosiy farqi ekran yuzasi bo’yicha nurni xaraktlanishini turlichaligidadir.

Vektorli komp’vuter grafıkasi - bu usulda vektorli displeylardan foydalaniladi. Vektorli qurilmalarda xotirlovchi elektron nurli trubka qo’llanilib, nur ekran bo’yicha berilgan traektoriya bo’yicha bir marta yugurib o’tadi va shu xolat ikkinchi buyruq kelmaguncha trubka xotira qurilmasida saqlanib qoladi.

Rastrli qurilmalarda tasvir uni o’osil qiluvchi nuqtalarning yig’indisi sifatida paydo bo’1adi. (piksel va PEL-lar yig’indisi). Rastr - deb gorizontal qatorlarning vaqt birligidagi yig’indisiga aytiladi. Bunda xar bir qator aloo ida PELlardan tashkil topadi. Nur ketma-ket xar bir qator bo’ylab yugurib o’tadi. Xar bir PELlardan o’tayotganda nurning yorqinlik darajasi o’zgaradi. Displeylar turli rejimda ishlashi mumkin.

Bir qatordagi piksellar sonini ekrandagi qatorlar soniga ko’paytmasi displeyning sezuvchanlik darajasini ko’rsatadi. Sezuvchanlik darajasi qanchalik katta bo’lsa, shunchalik o’osil qilinadigan tasvirni sifati o’am yaxshi bo’ladi, lekin teskari nisbatda apparatura tannarxi qimmatlashib boradi.

SHaxsiy komp’yuterlarda ishlatiladigan displeylar 2-xil sezuvchanlikka ega:



  1. Past sezuvchanlik - 200 vert. Nuqtalar * 320 gorizon.nuqtalar;

  2. YUqori sezuvchanlk - 200 vert. Nuqtalar * 640 gorizon.nuqtalar;




  1. Rastrli grafika..

  2. Vektorli grafika.


Download 143,39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish