Namangan davlat universiteti


Mehnat ta`limi darslarida o`quvchilarni jismoniy rivojlanishini psixo-fiziologik omillari



Download 8,44 Mb.
bet3/5
Sana17.02.2017
Hajmi8,44 Mb.
#2768
1   2   3   4   5

2.3. Mehnat ta`limi darslarida o`quvchilarni jismoniy rivojlanishini psixo-fiziologik omillari
Skeletning barcha yuza mushaklari juft bo`lib, tananing o`ng va chap tomonlarida simmetrik joylashadi (1-rasm).

B o` y i n m u sh a k l a r i. Bo`yinning eng katta mushagi to`sh-o`mrov-so`rg`ichsimon mushak bo`lib, u bo`yinning yon yuzalarida joylashgan (to`sh suyagidan to ensa tomon). Bu mushak pastdan o`mrov suyagi bilan to`sh suyagining yuqorigi qirrasiga birikadi, yuqoridan esa boshning chakka suyagiga (aniqrog`i, chakka suyagining so`rg`ichsimon o`sig`iga) birikadi. Bular yordamida boshni yon tomonga burish va bukish mumkin; chap va o`ng tomondagi to`sh-o`mrov-so`rg`ichsimon mushaklar birga qisqarganda bosh pastga (oldinga) bukiladi.

K o` k r a k m u sh a k l a r i. Ko`krakning katta mushagi ko`krak qafasining yuqorigi qismida joylashgan kuchli elpig`ichsimon mushak hisoblanadi. Bu mushak bir uchi bilan o`mrov suyagiga, to`sh suyagiga va ikkinchi-ettinchi qovurg`alarning tog`aylariga birikadi; boshqa uchi bilan esa elka suyagiga birikadi. Katta ko`krak mushagi qo`lni badan bo`ylab tushurish uchun xizmat qiladi. Agar qo`l fiksatsiyalangan bo`lsa, bu mushak qovurg`alarni ko`tarib nafas olishga yordam beradi. Katta ko`krak mushagi ko`krak rel’efini sezilarli darajada aniqlaydi va qo`ltiq osti chuqurchasining oldingi devorini hosil qiladi.

Oldingi tishsimon mushaklar ko`krak qafasining yon devorida joylashgandir. Ular sakkizinchi-tuqqizinchi juft qovurg`alardan tishlar bilan boshlanadi, orqaga yo`naladi va kurakning ichki qirrasi hamda yuqorigi burchagiga birikadi. SHu yo`l bilan bu mushak kurakni fiksatsiyalaydi va oldinga tortadi. Harakatsiz elka kamarida bu mushak nafas aktida (nafas olishda) qatnashadi. Bu mushak qo`ltiq osti chuqurchasining ichki devorini hosil qiladi.

1-rasm. Tananing yuza skelet mushaklari:

a – oldindan ko`rinishi; b – orqadan ko`rinishi.

1 – to`sh-o`mrov-so`rg`ichsimon mushak; 2 – elkaning ikki boshli mushagi; 3 – qorinning to`g`ri mushagi; 4 – qorinning tashqi qiyshiq mushagi; 5 – tikuvchilar mushagi; 6 – sonning to`rt boshli mushagi; 7 – oldingi katta boldir mushagi; 8,9 – elkaning uch boshli mushagi; 10 – oldingi tishsimon mushak; 11 – ko`krakning katta mushagi; 12 – del’tasimon mushak; 13 – trapetsiyasimon mushak; 14 – sonning ikki boshli mushagi; 15 – boldirning uch boshli mushagi; 16 – Axill payi; 17 – katta dumba mushagi; 18 – orqaning keng mushagi.
Q o r i n (yoki q o r i n p r e s s i) m u sh a k l a r i. Bu mushaklar ko`krak qafasi va tos oralig`ida, qorin oq chizig`ining ikkala tomonida simmetrik joylashadi. Bu mushaklarning barchasi qisqarganda, ular nafas chiqarishda qatnashadi hamda umurtqa pog`onasining bel qismini bukishda ham qatnashadi. Bular bir-biriga nisbatan sinnergistlar hisoblanadi.

Qorinning to`g`ri mushagi keng mushakli lenta ko`rinishida beshinchi qovurg`aning tanasi va tog`ayidan hamda oltinchi-ettinchi qovurg`alarning tog`aylaridan, to`sh suyagining hanjarsimon o`sig`idan boshlanib, to qov suyagigacha boradi. Bu mushak uchta pay bitishmalariga ega bo`lib, ular qorinning yuzasida press ko`rinishida namoyon bo`ladi. Qorinning to`g`ri mushagi ko`krak qafasini pastga tushirish uchun va gavdani oldinga bukish uchun xizmat qiladi.

Qorinning tashqi qiya mushagi pastki sakkizta qovurg`alardan boshlanib, qiya ravishda pastga va oldinga yo`naladi hamda qorinning oldingi va yon yuzalarini, ko`krak qafasining pastki qismini qoplaydi. Pastda bu mushak tos suyaklariga birikadi. Bu mushak boshqa mushaklar bilan birgalikda badanni bo`ylama o`q atrofida burish uchun xizmat qiladi. Bir tomondagi qiyshiq mushak qisqarganda gavda buriladi; o`ng va chap tomondagi mushaklar birga qisqarganda esa gavda oldinga bukiladi.

B o` y i n n i n g o r q a t o m o n i va o r q a n i n g m u sh a k l a r i. Anatomiyada bu mushaklar odatda birga yoritiladi, chunki ularning ko`plari tananing bir qismidan boshqasiga o`tadi. Bu mushaklarning asosiy funktsiyasi – bo`yin va orqani yozishdir.



Trapetsiyasimon mushak ancha katta bo`lib, orqaning yuqorigi qismini va ensani egallaydi. Bu mushak ensa suyagining do`ng joyidan, barcha bo`yin va ko`krak umurtqalarining o`tkir o`siqlaridan boshlanadi hamda o`mrov suyagi va kurak suyagiga birikib tugaydi. Trapetsiyasimon mushak uchburchak shaklida bo`lib, uning asosi umurtqa pog`onasiga qaragan, o`ng va chap tomondagi ikkala mushaklar esa trapetsiyaning yonlarini hosil qiladi. Bu mushak tolalari har xil yo`nalishda ketadi, shuning uchun har xil bo`limlarda har xil funktsiyalarni bajaradi: yuqori bo`limda – bosh va bo`yinni orqaga tashlash, o`rta bo`limda – kurak suyagini ko`krak qafasining orqa yuzasiga yaqinlashtirish, pastki bo`limda – kurakni pastga tortish. Trapetsiyasimon mushaklarning hamma bo`limlarining qisqarishida kuraklar bir-biriga yaqinlashadi. Bo`yinning shakli va perimetri hamda orqa yuzada kuraklarning bo`rtib turish darajasi trapetsiyasimon mushaklarning rivojlanganlik darajasiga ham bog`liqdir.

Orqaning keng mushagi uchburchak shakliga ega bo`lib, tananing eng keng mushagi hisoblanadi. Bu mushak orqaning butun pastki va yon qismlarini qoplaydi. Orqaning keng mushagi bir uchi bilan umurtqa pog`onasining pastki oltita ko`krak umurtqalaridan to dum suyagigacha bo`lgan bo`limiga birikadi, boshqa uchi bilan esa elka suyagining yuqorigi oldingi yuzasiga birikadi. Bu mushak ko`krakning katta mushagi bilan birgalikda ko`tarilgan qo`lni pastga tushiradi. Bundan tashqari, bu mushak yana qo`lni orqaga pastga tortadi. Bu mushak orqadan qo`ltiq osti chuqurchasini chegaralaydi.

E l k a k a m a r i va q o` l n i n g m u sh a k l a r i. Bu mushaklar qatoriga del’tasimon, ikki boshli va uch boshli mushaklarni kiritish mumkin.



Del’tasimon mushak elka kamarining eng yuza mushagi bo`lib, ancha kuchlidir. U uchburchak shaklida bo`lib, yunoncha ∆-del’ta harfini eslatadi (shundan o`zining nomini olgan). Del’tasimon mushak o`mrov va kurak suyaklaridan boshlanib, elka bo`g`imini qoplaydi va elka suyagining oldingi yuzasida tugaydi. Bu mushak qo`lni yonga to gorizontal holatgacha olib boradi hamda ko`p jihatdan badanning elka qismining shaklini belgilaydi.

Qo`lning elka bo`limini mushaklari duksimon shaklga ega. Bularning deyarli barchasi bir uchi bilan tirsak-bilakning suyaklariga birikadi hamda bilakni tirsak bo`g`imida bukadi va yozadi.



Elkaning ikki boshli mushagi (bitseps) elka suyagining oldingi yuzasida joylashgan bo`lib, u qisqarganda teri ostidan bo`rtib chiqib turadi. Bu mushak bilakni tirsak bo`g`imida bukadi va tashqariga buraydi (supinatsiya qiladi). Ikki boshli mushak bir uchi bilan kurak suyagining yuqorigi yon qismidan ikkita pay (boshcha) bilan boshlanadi (shuning uchun uning nomi ikki boshli mushakdir), boshqa uchi bilan esa elka suyagiga birikadi.

Elkaning uch boshli mushagi (tritseps) elka suyagining orqa yuzasida joylashgan. Bu mushakning yuqorigi uchi uchta boshchaga ega. U bitta uzun boshchasi bilan kurakka birikadi, ikkita kalta boshchasi bilan esa elka suyagiga birikadi, pastki uchi tirsak suyagida tugaydi. Bu mushak bilakni tirsak bo`g`imida yozadi hamda qo`lni ichkariga burish (pronatsiya qilish) uchun xizmat qiladi. Uch boshli mushak ikki boshli mushakning antagonisti hisoblanadi.

T o s va o yo q m u sh a k l a r i. Bularga katta dumba, tikuvchilar, boldirning uch boshli hamda sonning to`rt boshli mushaklarini kiritish mumkin.



Katta dumba mushagi tosning orqa yuzasida joylashgan bo`lib; u tos suyaklari, dumg`aza va dum suyaklaridan boshlanadi va tos-son bo`g`imini qoplaydi hamda son suyagining orqa yuzasiga birikadi. Katta dumba mushagi qisqarganda oldinga bukilgan gavda to`g`rilanadi. Bu mushak yana sonni tos-son bo`g`imida yozadi va uni tashqariga buraydi.

Tikuvchilar mushagi eng uzun mushak (50 sm atrofida) hisoblanadi. U yonbosh suyagining yuqorigi bo`rtmasidan boshlanadi, keyin sonning oldingi yuzasiga yo`naladi va boldirning ichki tomoniga spiralga o`xshab o`tadi hamda katta boldir suyagiga birikadi. eski anatomlar bu mushakni xuddi tikuvchilar ish jarayonida qilgandek bir oyoqning ustiga ikkinchisini tashlaydi deb hisoblashgan (shuning uchun unga tikuvchilar mushagi deb nom berilgan). Aslida esa tikuvchilar mushagi son va boldirni tizza bo`g`imida bukadi, tizza bukilgan vaqtda esa boshqa mushaklar bilan birga boldirni ichkariga buraydi va bir oyoqning ustiga boshqasini tashlashda qatnashadi.

Sonning to`rt boshli mushagi asosan sonning oldingi yuzasida joylashgan. Uning bir boshchasi yonbosh suyagining oldingi yuzasiga birikadi, qolgan uchtasi esa son suyagiga birikadi. Pastki bo`limda to`rtta boshchaning hammasi bitta pay bo`lib tugaydi; bu pay tizza qopqog`ining old yuzasidan o`tib, katta boldir suyagiga birikadi. To`rt boshli mushak tizza bo`g`imida boldirni yozadi (shundan uning ikkinchi nomi kelib chiqadi – to`rt boshli boldirning yozuvchi mushagi) va sonning bukilishida qatnashadi.

Boldirning uch boshli mushagi ikkita mustaqil mushaklardan tashkil topgan: ikki boshli va kambalasimon mushaklar. Ikki boshli mushak boldirning orqa tomonida joylashgan va boldirdagi bo`rtmaning asosiy qismini tashkil qiladi. Uning ikkala boshchasi son suyagining orqa pastki yuzasidan boshlanadi va pastga yo`naladi, taxminan boldirning o`rtalarida ikkali boshcha qo`shiladi hamda umumiy pay hosil qilib oyoq panjasining tovon suyagida tugaydi. Kambalasimon mushak bevosita ikki boshli mushak tagida joylashgan. Bu mushak pastga yo`nalayotib payga aylanadi va bu pay ikki boshli mushakning payiga qo`shiladi hamda boldirning pastki uchdan birida tovonning kuchli Axil payini hosil qiladi. Boldirning uch boshli mushagi tovonni ko`taradi, oyoq panjasini panja-boldir bo`g`imida bukadi, natijada tana oyoq barmoqlari hisobiga ko`tariladi (shuning uchun bu mushakni yana “balerina mushaklari” deyiladi). YUrganda, yugurganda, sakraganda va hokazolarda bu mushakning ahamiyati katta. Odamning turgan holatida uch boshli mushak boldirni tizza bo`g`imida bukadi.

Aytib o`tilgan bu mushaklardan tashqari yana bir qator yuza mushaklar bo`lib, ular ham oyoqlarning shaklini hosil qilishda qatnashadi. Bularga sonning ikki boshli mushagi (boldirni tizza bo`g`imida bukadi), oldingi katta boldir mushagi (tovonni yozadi) va boshqalar kiradi.

Arralash jarayonida arra polotnosi taxta tekisligiga 80—90° burchak ostida bo'lishi kerak. Ishchi tanasi ozgina oldinga egilgan, oyoq tovonlari bir-biriga nisbatan 90° burchak ostida turgan holda ishlashi lozim. Arralaganda o'ng qo'l bilan arraning dastagidan, chap qo'l bilan uning ustunidan ushlanadi. Arralashda arra tishlarini taxtaga ohista tegizib, pastga tortish va arra tishlarini biroz ko'tarib, orqaga itarish kerak va hokazo. Arralaganda polotnoning barcha tishlari mazkur jarayonda ishtirok etishiga ahamiyat berish kerak.

Tik o'rnatilgan taxtalarda yog'ochni tolalar yo'nalishi bo'yicha kesish xomaki zagotovka va detallar olishda ishlatiladi.

Qayta ishlov beriladigan material rejalash belgilari qo'yilgandan so'ng verstakning siquvchi korobkasiga shunday mahkamlanadiki, zagotovkaning tores (yon) qirralari ishchining tirsaklaridan baland bo'hnasligi, uning uzun (bo'ylama) qirrasi verstakning ish taxtasiga siqilgan bo'lishi kerak (30-b rasni).

Belgilash qalamda yoki reysmusda bajariladi. Xomaki zagotovka tayyorlashda taxta chetidan 1,0 mm qoldiriladi. Turum va quloqchalar reysmus bo'yicha belgilanadi. Arra polotnosi tayanch asosiga nisbatan30—45° burchakda tutiladi. Bichish xomaki zagotovkalarda qirralaridagi tu-rum (timoq) va quloqchalarni arralashdan boshlanadi. Zagotovka tayyor-lashda turum va quloqchalarni arralash, arra tishiga belgi qo'yish tirnoq bo'ylab chap qo'l bosh barmog'ining bo'g'imiga nisbatan olinadi.

Arralash arrani o'ziga tortishdan boshlanadi. O'ng qo'l bilan arra ushlanib, chap qo'lda zagotovka ushlanadi. Arralashda arra polotnosi verstak tepasiga , parallel holatda bo'lishi lozim.

2-Rasm. O`quvchilarning duradgorlik darsi


Arralash ishlari biroz oldinga egilib, chap oyoq tovoni verstak tepasiga parallel holda, o'ng oyoq chapiga nisbatan 80° burchak ostida ushlanadi. Arralash davom etayotganda taxta surilib, arralash davom ettiriladi, bunda arra tez-tez chiqarib turiladi.

Tolaga ko'ndalang ravishda gorizontal holatda o'rnatilgan materiallardan zagotovkalarni uzunasiga bichishda, ariqchalar ochishda, turum yuzalarini arralashda foydalaniladi.

Ishlov beriladigan material verstakka zagotovkaning chetlari tashlama tirakka tegib turadigan holda qo'yilishi kerak (30-d rastri). Zagotovkani uzunasiga bichganda uning arralanadigan qismi verstakdan chiqib turadi. Agar keng ariqchalarni arralash lozim bo'lsa, zagotovka qisqich bilan mahkamlab qo'yiladi.
Arralashda ro'y beruvchi asosiy nuqsonlar: arra izining reja chizig'idan chetga chiqib ketishi natijasida berilgan o'lchamdagi detalni zagotovkadan olib bo'lmaydi; detal qirralari ko'cMb, sinib ketishi natijasida u ishga yaroqsiz bo'lib qoladi.

Turum (timoq) va quloqchalar ocMshni yetarli tajribaga ega bo'lgandan so'ng qo'l arra yordamida bajarish lozim.

Agar arra tishlari noto'g'ri ochilgan bo'lsa, arraning polotno qismi reja chizig'idan chetga chiqib, og'ib ketadi. Bunday hoi ro'y berganda darhol arralashdan oldin arradagi nuqsonni yo'qotish lozim bo'ladi.

Yog'ochni ko'ndalang arralaganda zagotovka 32-rasmda ko'rsatilgandek quib, chap qo'l bilan tutib turiladi. Arralash oxiriga yetganda harakatni sekinlatish, arralanib olinadigan qismini esa (sinib ketmasligi uchun) chap qo'l bilan tutib turish kerak.



3-Rasm. Arra bilan ishlash qoyidasi

Qo'l arralar bilan ishlashda texnika xavfsizligi qoidalari. Arralash ishlarini boshlashdan oldin, arrala-nayotgan zagotovka arra tig'i oldida, chap qo'l katta barmog'i arraga tegib, bo'g'imi esa tig'dan yuqori joylash-gan holda bo'lishi lozim. Birinchi harakat arrani o'ziga tortishdan bosh-lanib, so'ngra chap qo'l bilan arrala-nayotgan yoydan olinadi. Jarayon tugaguncha chap qo'l tig'dan yuqorida bo'ladi.

Tortqili arrani burab turish, ta-ranglatuvchi qismini o'rtalikdan chi­qib ketmasligiga e'tibor berib turish kerak, aks holda, u zagotovkaga te­gib, jarohat yetkazishi mumkin.

Lobzik «P» harfi shaklidagi stanok-ramkadan iborat bulib (19-rasm), uning uchiga lobzik polotnosini keltirish uchun qisqichlar o`rnatilgan. YUqorigi qisqich surilma vintga o`rnatiladi, u har xil uzunlikdagi polotnolarni o`rnatish va taranglash imkonini beradi.





4- rasm. Lobzik va uning yordamida arralash:

a — lobzik:1 — rama; 2 -- qisqichlar; 3 — quloqli gayka; 4 — dasta:

b — lobzik bilan arralashda ishlatnladigan strubtsinali stanok;

v — lobzik bilan arralash.

Lobzik bilan arralashda arralanadigan fanerni maxsus moslamaga o`rnatib olinadi. Bu moslama burchaklik shaklida arralangan taxtachadan iborat bulib, uni duradgorlik dastgohining yoki yozuv stolining chetlariga strubkinalar bilan o`rnatiladi.

Lobzikning tishlari tiluvchi arra tishlariga o`xshash bo`lib, uni stanokka tishlarini dastaga qaratib o`rnatiladi.

Lobzik bilan arralashda stanok aylanib ketib arraning izdan chiqishi, polotnoning uzilishi ro`y bermasligi uchun uni hamma vaqt bilakka tirab turib arralanadi.

Yuqorida kurilgan amaliy ishlardan shuni xulosa qilish mumkinki:

-o`quvchilarning qo`l mishaklari barchasi xarakatlanadi ( elkaning uch boshli mushagi; oldingi tishsimon mushak; ko`krakning katta mushagi; del’tasimon mushak;),

-oyoq mishaklari statik zuriqishda bo`ladi, (to`sh-o`mrov-so`rg`ichsimon mushak; tikuvchilar mushagi; sonning to`rt boshli mushagi; boldirning uch boshli mushagi; Axill payi;)

-bel mishaklari o`zgaruvchan xarakatlanadi, (katta dumba mushagi; orqaning keng mushagi)

orqa kurak mishaklari zuriqadi,(katta dumba mushagi; orqaning keng mushagi)

qorin mishaklari zuriqadi.( qorinning to`g`ri mushagi; qorinning tashqi qiyshiq mushagi)

Randalash jarayonida chiniqadigan mishaklar:


-o`quvchilarning qo`l mishaklari barchasi xarakatlanadi ( elkaning uch boshli mushagi; oldingi tishsimon mushak; ko`krakning katta mushagi; del’tasimon mushak;),

-oyoq mishaklari statik zuriqishda bo`ladi, (to`sh-o`mrov-so`rg`ichsimon mushak; tikuvchilar mushagi; sonning to`rt boshli mushagi; boldirning uch boshli mushagi; Axill payi;)

5-Rasm. Randalash vaqtidagi ishchini holati


Egov bilan ishlash jarayonida o`quvchining jismoniy xarakatlari:

-o`quvchilarning qo`l mishaklari barchasi xarakatlanadi ( elkaning uch boshli mushagi; oldingi tishsimon mushak; ko`krakning katta mushagi; del’tasimon mushak;),

-bel mishaklari o`zgaruvchan xarakatlanadi, (katta dumba mushagi; orqaning keng mushagi)

qorin mishaklari zuriqadi.( qorinning to`g`ri mushagi; qorinning tashqi qiyshiq mushagi)


6-Rasm. Egovlash vaqtidagi ishchini holati

2.4. Pedagogik texnologiyalar asosida mehnat jarayonini o`rgatish.
Pedagogik texnologiyaning ko`rinishlari. Pedagogik faoliyatda „texnologiya" atamasining qo`llana boshlashi bilan pedagogik amaliyot, uning nazariy jihatlari hamda ular haqidagi bildirilayotgan mulohazalar birmuncha yuqori ilmiy darajaga ko`tarilmoqda. Pedagogik texnologiya — hozirgi zamon didaktikasi va pedagogikasi taraqqiyotining mahsuli. Uni pedagogikaning hozirgacha mavjud bo`lgan hamda takomillashib kelayotgan barcha asosiy yo`nalishlari bo`yicha amaliy vazifalarni yanada yuqoriroq darajada amalga oshirish yo`lidagi yangi bosqich, deb hisoblash mumkin. SHu nuqtai nazarlardan pedagogik texnologiyani, avvalo, hozirgi pedagogika fani taraqqiyoti natijasida hosil bo`lgan yangi yo`nalish deb hisoblagan holda, uning o`ziga xos tamoyillari, qoidalarini chuqur o`rganib borish va pirovardida qonuniyatlarini aniqlash yo`lidagi muammolarni echish lozimligi ko`rinib turibdi. Pedagogik texnologiya, avvalo, ta`lim-tarbiyani yanada rivojlantirish ehtiyojlarini qondirish yo`lidagi insonlar (pedagoglar, ota-onalar, jamoatchilik) faoliyatidan iborat ijtimoiy hodisa hisoblanishi lozim. Har qanday ijtimoiy hodisalar kabi pedagogik texnologiyani ham ilmiy jihatdan o`rganuvchi fan sohasi mavjud bo`lib, u pedagogik texnologiya fani deb nomlanadi. Bu fan, o`z navbatida, zamonaviy ta`lim-tarbiyaning eng maqsadga muvofiq yo`llari va usullarini tadqiq qiluvchi nazariy hamda o`quv fani turlariga ajraladi. SHu bilan birga pedagogik texnologiya amaliy faoliyat yo`nalishi sifatida o`quv-tarbiya jarayonida qo`llaniladigan tamoyillar, algoritmlar va boshqaruv tizimi hamda bevosita ta`lim-tarbiya jarayonini o`z ichiga oladi.

Pedagogik texnologiya ijtimoiy hayotning turli sohalari bilan o`zaro bog`liq ravishda shakllanib va rivojlanib borishi natijasida turlicha ko`rinishlarda namoyon bo`ladi. Bular pedagogik texnologiyaning quyidagi ko`rinishlaridan iborat: ijtimoiy hodisa, nazariy fan, o`quv fani, ta`lim-tarbiya tizimi, jarayoni, pedagogik faoliyat va uning metodikalari hamda aloqador fanlarning ilmiy tadqiqot sohasi.

Pedagogik texnologiya ijtimoiy hodisa sifatida ta`lim-tarbiya masalalari bilan bog`liq motivlar: ehtiyoj, talab, manfaat, qiziqish, maqsadlardan kelib chiqadi va ularni amalga oshirish uchun xizmat qiladi. SHu bilan birga, xuddi shunday motivlar har bir shaxsda, oilada ham mavjud. Jamiyat har bir a`zosining bilim darajasi ortib borishi shu jamiyat va davlat rivojining eng asosiy shartlaridan hisoblanadi. Bu shartning bajarilishi esa, o`z navbatida, pedagogik texnologiyaning qanchalik yuqori darajada ekanligiga bog`liq. Bundan esa pedagogik texnologiya shaxs, oila, jamiyat, davlat hayotida muhim ahamiyatga ega ijtimoiy hodisa ekanligi ko`rinadi.

Pedagogik texnologiya nazariy fan sifatida pedagogika fanining alohida yo`nalishini tashkil etib, o`z maqsadi, vazifalari, muammolari, metodologiyasi va boshqa nazariy asoslariga ega. O`z muammolarini hal qilishda boshqa fanlar bilan bog`liqliklarga ega. Pedagogik texnologiya nazariy fan sifatida ta`lim-tarbiya sohasida kafolatli natijaga erishish darajasini oshirish muammolarini tadqiq qilish bilan shug`ullanadi.



O`quv fani ko`rinishida pedagogik texnologiyalarni ijtimoiy hodisa, nazariy fan, ta`lim-tarbiya tizimi, jarayoni, pedagogik faoliyat va uning uslublari, aloqador fanlarning ilmiy-tadqiqot sohasi sifatida turli ta`lim muassasalarida belgilangan o`quv dasturi asosida o`rgatishdan iborat. Ta`lim-tarbiya tizimi ko`rinishida pedagogik texnologiya belgilangan ta`lim-tarbiya faoliyatini amalga oshirishga xizmat qiluvchi moddiy ta`minot va ma`naviy qadriyatlardan iborat. Bunga o`quv reja, dasturlar va didaktik vositalar ham kiradi. Bu tizim boshqa ijtimoiy tizimlar kabi tegishlicha maxsus tayyorgarlikka ega mutaxassislar orqali faoliyat olib boradi. Hozirda bu tizim uzluksiz ta`lim bosqichlaridan tashkil topgan. Uzluksiz ta`limning hamma bosqichlariga pedagogik texnologiyalar joriy qilinishi bilan bu tizimning to`liq shakllanishi amalga oshiriladi.

Pedagogik texnologiya ta`lim-tarbiya jarayoni sifatida ishtirokchilarning faoliyatlari orqali amalga oshiriladi. Bu jarayonning pirovard maqsadi barkamol insonni shakllantirish va rivojlantirish bo`lib, asosan quyidagilardan tarkib topadi:

- ta`lim-tarbiya berish;

- axborotlarni avloddan-avlodga uzatish;

- mustaqil fikrlashga o`rgatish;

- bilim, ko`nikma, malakalarni o`rgatish va o`zlashtirilishiga erishish;

- turli metodikalarni qo`llash va takomillashtirish;

- diagnostika, monitoring olib borish;

- ta`lim-tarbiya jarayonida insonparvarlik, xalqparvarlik, mafkuraviy tamoyillarga asoslanish;

- o`quvchining tayyorgarlik darajasini, psixologik, fiziologik, yosh xususiyatlarini, gigienik talablarni hisobga olish;

- ta`lim menejmenti, marketingi talablari va xulosalarini, ijtimoiy motivlarni hisobga olish.

Pedagogik faoliyat va uning metodikalari ko`rinishida pedagogik texnologiya o`zini to`liq namoyon qiladi. Pedagogik texnologiyaning harakatga kelishi va undan ko`zda tutilgan natijaga erishish faqat pedagogik faoliyat jarayonida amalga oshiriladi. CHunki pedagogik texnologiya va pedagogik faoliyat bir-biri bilan uzviy bog`liq tushunchalar hisoblanadi va ularning biri ikkinchisisiz o`z ma`nosini va ahamiyatini yo`qotadi.

O`quv fanlarining soni ko`pligini hisobga olganda, pedagogik faoliyatning ko`p qismi xususiy (o`quv fanlari) pedagogik texnologiyalar uchun sarflanadi. SHuning uchun xususiy fanlar darajasidagi pedagogik texnologiyalar ko`proq tarqalgan. SHu aytilganlar asosida pedagogik texnologiya, eng avvalo, pedagogik faoliyat va uning metodikalari ko`rinishida namoyon bo`ladi va rivojlanib boradi, deb hisoblash mumkin.



Aloqador fanlarning ilmiy tadqiqot sohasi sifatida pedagogik texnologiyalarning turli fanlar bilan bog`liqliklari yaqqol ko`rinadi. Pedagogik texnologiya keng ko`lamli ijtimoiy hodisa bo`lib, u ko`p fanlarning tadqiqot ob`ekti hisoblanadi. Bunda har bir fan o`z maqsad va vazifalariga muvofiq yo`nalishlarda pedagogik texnologiyani chuqur o`rganishi natijasida uni takomillashtirish yo`l-yo`riqlarini belgilab boradi. Pedagogik texnologiya barcha o`quv fanlari bilan bog`liq bo`lib, ularning hamda o`zining muntazam rivojlanib borishini kadrlar tayyorlash orqali ta`minlab turadi.

Pedagogik texnologiyaning yuqorida aytilgan ko`rinishlarining asosiy belgilarini aniqlash va umumlashtirgan holda qisqa shaklda ifodalash orqali uning asosiy ta`rifini va boshqa belgilarini aniqlash mumkin. SHunday qilib, hozirda pedagogik texnologiya ijtimoiy hodisa, nazariy fan, o`quv fani, ta`lim-tarbiya tizimi, ta`lim-tarbiya jarayoni, pedagogik faoliyat va uning metodikalari hamda aloqador fanlarning ilmiy-tadqiqot sohasi ko`rinishlarida mavjud, deb hisoblanadi.



Pedagogik texnologiya darajalari. YUqorida aytilgan fikrlar asosida pedagogik texnologiyalarni umumpedagogik, xususiy (o`quv fanlari) va kichik texnologiyalardan iborat uchta darajaga ajratiladi.

Umumpedagogik texnologiya turli darajadagi tizimlarni ifodalaydi. U ayrim hududdagi, tumandagi, ta`lim muassasasidagi yoki ta`limning ayrim pog`onasidagi barcha ta`lim-tarbiya jarayoniga tegishli bo`ladi. Umumpedagogik texnologiya o`z hududi yoki ta`lim muassasasidagi ta`lim-tarbiyaviy maq-sadlar. mazmun, vositalar, boshqaruv shakli va usullari, o`quv-tarbiya jarayoni ishtirokchilari faoliyatining algoritmlarini belgilaydi.

Xususiy texnologiya ta`lim-tarbiya mazmunining ayrim yo`nalishlarini amalga oshirish usullari va vositalari majmuini o`z ichiga oluvchi pedagogik tizimlarni qamrab oladi. Bunga ayrim fanlarni o`qitish texnologiyalari, rahbarning, o`qituvchining, tarbiyachining va o`quvchining ishlash texnologiyalari kiradi.

Kichik texnologiyalar o`quv-tarbiya, jarayonining alohida qismlarini o`z ichiga oladi. U ayrim didaktik va tarbiyaviy masalalarni hal qilish bilan shug`ullanadi. Bularga darslar texnologiyasi, tushunchalarni shakllantirish, yangi bilimlarni o`zlashtirish va mustaqil ishlash texnologiyalari, ayrim faoliyat turlari va alohida shaxsiy sifatlarni tarbiyalash texnologiyalari, o`quv materiallarini takrorlash, o`zlash-tirishni va tarbiyalanganlikni nazorat qilish texnologiyalari hamda ayrim tadbirlarni tashkil qilish va amalga oshirish texnologiyalari kiradi.

Pedagogik texnologiyaning asosiy yo`nalishlari. Pedagogik texnologiyaning yo`nalishlari ko`p bo`lib, ulardan ba`zilarini keltirib o`tamiz.

Hozirgi an`anaviy ta`lim XVII asrda YA.A.Komenskiyning didaktik tomoyillari asosida shakllanib, hozirda maktablarda eng ko`p qo`llanayotgan sinf-dars tizimidan iborat. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosan shu tizimni turli yo`nalishlarda takomillashtirish maqsadlarida yaratilib, ho-zirda rivojlanib bormoqda.

Pedagogik jarayonni takomillashtirish, uni o`quvchi shaxsiga yo`naltirishga asoslangan pedagogik texnologiyalar: hamkorlik pedagogikasi, ta`limning insonparvarlikka asoslangan texnologiyasi va boshqalar.

O`quvchi faoliyatini faollashtirish va jadallashtirishgasoslangan pedagogik texnologiyalar. Muammoli ta`lim, o`yinlar, tayanch signallar konspektlari texnologiyalari va boshqalar.

O`quv materialini didaktik jihatdan takomillashtirish va qayta ishlab chiqishga asoslangan pedagogik texnologiyalar. Bu texnologiyalar o`rgatilayotgan bilimlarning didaktik tizimi chuqur mazmunga ega bo`lishi, bilimlarga tizimli nuqtai nazardan yondashish, o`quvchilarga bilimlarni egallashning eng maqsadga muvofiq yo`llarini o`rgatish kabi tamoyillarga asoslanadi.

O`quv jarayonini samarali boshqarish va tashkil qilishga asoslangan pedagogik texnologiyalar. Bu texnologiyalarga tabaqalashtirilgan, individuallashtirilgan, dasturlashtirilgan ta`lim texnologiyalari; ta`limning jamoa usuli, guruhli, komp’yuterli ta`lim texnologiyalari kabilar kiradi.

Rivojlantiruvchi ta`lim texnologiyalari. Bularga o`quvchi shaxsining ijobiy sifatlarini, ayrim sohalardagi bilimlarini, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish texnologiyalari kiradi.

Bulardan tashqari, xususiy (o`quv fanlari), al’ternativ-muqobil hamda mualliflik pedagogik texnologiyalari yo`nalishlari ham mavjud.

SHuningdek, hozirda pedagogik texnologiyalarning turli yo`nalishlari mavjud bo`lib, ulardan asosiylari empirik, kognitiv, evristik, kreativ, inversion, integrativ, ada-tiv, inklyuziv pedagogik texnologiyalardir. Bu yo`nalishlarning asosiy xususiyatlari quyidagicha.

Mehnat ta`limi darslarining o`rni va turlari. Mehnat ta`limi fanidan yangi tahrirdagi DTSda (1) umumiy o`rta ta`lim maktablari o`quv rejasida mehnat ta`limining o`rni belgilab qo`yilgan. Unga ko`ra umumiy o`rta ta`lim maktablarining o`quv rejasida mehnat ta`limi o`quv faniga 1-4-sinflarda haftasiga 1 soatdan, 5-7-sinflarda 2 soatdan va 8-9-sinflarda 1 soatdan ajratilgan. Hammasi bo`lib bir yilga 408 soat o`quv yuklamasi ajratilgan.

Mehnat ta`limi va kasbga yo`naltirish ta`limi mazmuni quyidagi beshta yo`nalishlarga bo`linadi: 1. YOg`ochga ishlov berish. 2. Metallga ishlov berish.

3. Gazlamaga ishlov berish. 4. Pazandachilik. 5. Qishloq xo`jalik asoslari.

Ushbu ta`lim yo`nalishlari mazmunan xalq hunarmandchiligi, ishlab chiqarish asoslari va kasb tanlashga yo`naltirish bilan uyg`unlashtirilgan holda amalga oshiriladi. 5-7-sinflarda ko`zda tutilgan mehnat ta`limi yo`nalishlari o`quvchilarni kasb-hunarga yo`naltirishni yanada kuchaytirish, ularni zamonaviy ishlab chiqarish asoslari, yog`och, metall va gazlamaga ishlov berish texnologiyasi, pazandachilik, qishloq xo`jalik asoslari, badiiy mehnat va hunarmandchilik texnologiyasi, mashina elementlari yo`nalishlari bo`yicha bilim, ko`nikma va malakalarni egallashlarini ta`minlaydi, ijtimoiy-estetik didi va dunyoqarashini kengaytiradi, oilaviy hayot va turmushda kerak bo`ladigan milliy madaniyat va an`analarga mehr-muhabbat uyg`otishga xizmat qiladi. Bulardan ko`rinadiki, mehnat ta`limi maktab o`quvchilariga ta`lim-tarbiya berishda katta ahamiyatga ega. SHu sababli mehnat ta`limi darslarini tashkil etish va o`tkazishga alohida e`tibor qaratish zarur.

Mehnat ta`limi darslari ikki xil turga, ya`ni nazariy dars va amaliy dars turlariga bo`linadi. Nazariy darslarda o`quv materiallari o`quvchilarga hikoya, suhbat, tushuntirish, qisman ma`ruza usullarini namoyish etish usuli bilan qo`shgan holda beriladi. Amaliy darslarda esa o`quvchilarga asbob-uskuna, mexanizm va mashinalarning tuzilishini o`rganish, ularni ishga sozlash; ulardan foydalanish va ish amallarini o`rganish mashqlari, detal’ yoki buyum tayyorlashga oid mashg`ulotlar o`tiladi. Bu darslarda qaysi pedagogik texnologiyalardan foydalanish darsning mohiyati, maqsadiga qarab tanlanadi.

Mehnat ta`limi darslarining tiplari. Ma`lumki o`qitish ishlarida yuqori samaradorlikka erishish dars turlari, tiplari va shakllariga mos keluvchi o`qitish usullarini, ya`ni ta`lim texnologiyalarini tanlash hamda ularni qanday qo`llashga bog`liqdir. Pedagogik adabiyotlarda ko`pchilik pedagog-tadqiqotchilar tomonidan ishlab chiqilgan dars tiplarining tasniflari bayon qilingan. Bularda darsning maqsadi, o`qituvchi va o`quvchilarning faoliyati kabilar asos qilib olingan. Masalan, J.Ramizovning “Umumtexnika predmetlari o`qitish va mehnat ta`limi metodikasi” nomli o`quv qo`llanmasida mehnat ta`limi darslarining quyidagi tiplari keltirilgan: 1.Kirish darsi. 2.YAngi bilim berish darsi. 3.Grafik tushuncha va bilimlar berish darsi. 4.Texnikaviy topshiriqlar va konstruktsiyalashga bag`ishlangan dars. 5.Texnologik praktika va texnologik mashqlar darsi. 6.Laboratoroiya va laboratoriya-amaliy ishlar darsi. 7.Kinofil’mlar namoyish qilish darsi. 8.Ekskursiya darsi. 9.Takrorlashga bag`ishlangan dars. 10.Programmalashtirib va texnikaviy vositalardan foydalanib o`qitish darsi (2). SHuningdek, D.M.Txorjevskiy va K.D.Davlatovlar boshchiligida chiqarilgan mehnat ta`limi bo`yicha o`quv qo`llanmalarida ham dars tiplarining shunga o`xshash tiplari bayon qilingan (3;4). mazkur dars tiplarini darsning maqsadiga ko`ra umumlashtirib, quyidagi to`rtta guruhga keltirish mumkin: 1. Kirish darslari. 2. YAngi bilimlarni berish, mehnat ko`nikmalarini shakllantirish darslari. 3. Takrorlash (mustahkamlash) darslari.

4. Sinov darslari.



Download 8,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish