Наманган давлат университети



Download 92,5 Kb.
bet1/4
Sana30.04.2022
Hajmi92,5 Kb.
#599626
  1   2   3   4
Bog'liq
9-mavzu.So\'fizoda hayoti va ijodi




9-MAVZU: SO’FIZODA HAYOTI VA IJODI
Reja:
1. So’fizoda hayoti va ijodi.
2. So’fizoda ijodining janr va badiiy xususiyatlari.
3. Shoir lirik merosida Vatan va millat ishqi tarannumi.
4. Shoir ijodida mumtoz an’ana va novatorlik.
Tayanch so’z va iboralar: milliy ruh, jur’atkorlik, janr, adabiy muhit, an’ana va novatorlik.
XX asr boshlari Namangan adabiy harakatchiligi namoyandalari orasida Muhammadsharif So’fizoda (1870-1937) bu davrning otashin kuychisi sifatida alohida o’rin tutadi.
So’fizoda 1870 yil 29 yanvar Chust shahrida Egamberdi pichoqchi oilasida dunyoga kelgan. U qishlog’idagi Manzura otinda savodini chiqaradi, eski maktabda o’qiydi. Yoshligidan ilm-fan, adabiyotga qiziqadi. Hofiz, Bedil, Navoiy ijodini mutolaa qiladi. Toshkent, Qozon, Boku, Tifilisda chiqadigan gazetalarni o’qib, ongini o’stirib boradi.
Shoir 1893-1899 yillarda Qo’qonda yashab, Muqimiy, Furqatlar bilan do’stlashadi, “Vahshiy” taxallusi bilan she’rlar yoza boshlaydi. Hajviy she’rlari tufayli Qo’qonga sig’maydi, Chustga qaytadi. Chust amaldorlari uni dinsizlikda ayblab, shahardan quvg’in qiladilar. Shoir 14 yil Ozarbayjon, Arabiston, Hindiston, Turkiya kabi mamlakatlarda yashaydi.
So’fizoda 1913 yili Chustga qaytib, yetim bolalar uchun jadid maktabi ochadi, yana tazyiqqa uchraydi, hayoti xavf ostida qolgach, 1915 yili vatanni tark etadi. Hindiston va Afg’onistonda muallimlik qiladi. 1918 yili Afg’oniston maorif vazirining o’rinbosari sifatida Toshkentga keladi, afg’on vakolatxonasida tilmoch bo’lib ishlaydi, yana Chustga keladi, Sho’ro idoralarida ishlaydi.
Shoir turli vosita va yo’llar bilan mehnatkashlarning ko’zini ochishga harakat qiladi. Ma’rifatni targ’ib qiladi, satirik va yumoristik she’rlar yaratadi. Birin-ketin “Haqiqatdan ko’z yumganlar”, “Qalaysizlar”, “Besh yorlar tilidan”, “Bayram nashidalari” singari she’rlari e’lon qilinadi. Zamonasidagi islohotlar o’ziga xos tarzda tasvirlangan. O’zbekiston Respublikasi Markaziy Ijroiya Komiteti hay’atining 1926 yil 27 fevralda bo’lib o’tgan yig’ilishida Hamzaga “xalq yozuvchisi”, So’fizodaga esa “Xalq shoiri” unvoni berilishi bejiz emasligini N.Karimov “Muhammadsharif So’fizoda” kitobida shunday izohlaydi: “Hamza bilan So’fizodaga bir vaqtda ham yuksak hukumat mukofotining berilishi, ham “umrlik maosh” tayinlanishi tasodifiy emas. Ular o’sha yillarda sho’ro davlatining yer islohoti, saylov, mulkdorlarga qarshi kurash jarayonlarida faol ishtirok etishgan”1. So’fizoda o’sha davrlarda ko’p mutaassib dindorlardan nohaq aziyat chekadi va ularga qarshi hajviyalar, ma’rifatparvarlik ruhidagi she’rlar yozib, din arboblariga qarshi kurash boshlagan hukumat rahbarlari nazariga tushadi. O’zbek xalq she’riyati rivojiga hissa qo’shgan So’fizodani rag’batlantirish va uni boshqa ijodkorlarga namuna qilib ko’rsatish maqsadida “xalq shoiri” unvoni ta’sis etilgan edi. Shoir 1937 yilda Sho’ro hukumati uyushtirgan qatag’on qurboni bo’ldi.
So’fizoda ijodiga oid manbalarni jamlashda L.Olimiy, SH.Sulaymon, M.Solihov, N.Safarov, T.Rasulov, R.Inomxo’jaev, A.Xalilbekov, B.Qosimov, N.Karimov hamda H.Orifiylarning xizmatlari beqiyos bo’ldi. Shoirning ma’rifatparvarlik g’oyalari singdirilgan she’rlari XX asr boshlarida matbuot yuzini ko’rdi. Jumladan, 1911 yil Orenburgda nashr etilgan “Sho’ro” jurnalida So’fizodaning “O’zbek xonimiga”, “Asfandiyorxon”, “Xonimlar isminda” kabi she’rlari chop etilgan2. 1914 yilning yanvar oyida “Turkiston viloyatining gazeti”da “Chust boyonlarining bir gapxonada bir-birlariga maqtanishlari”, “Quvdi meni johillar”, “Chust qozisi Abbosxon Hojimuhammad o’g’liga javob” kabi she’rlari hamda shu yili “Sadoyi Turkiston” gazetasida shoirning “O’qing, onalar”, “Xurjun”, “Jon berib...”, “Haqiqatdan ko’z yumganlarga” kabi she’rlari e’lon qilingan3. Shoir ijodini o’rganish, adabiy merosini xalqqa taqdim etish ishlari uning hayotlik chog’ida boshlangan. Dastlab, 1925 yil “Farg’ona” gazetasining bosh muharriri L.Olimiy “Unutilgan shoir”4 sarlavhali maqolasida shoir ijodiga oid ayrim ma’lumotlar va she’rlaridan namunalar e’lon qiladi. Unda shoirning “Payt poylab dushmanim qo’ydi yo’limga loytuzoq” misrasi bilan boshlanadigan 7 bandli musaddasini keltiradi. A.Xalilbekov “Namangan adabiy muhiti” kitobida Hamza So’fizodani o’ziga ustoz deb bilgani va ular bir maqsad yo’lida ijod qilib, xotin-qizlarni ma’rifatga chorlashda hammaslak bo’lishgani haqida bayon etadi. Muallif ularning ijodiy hamkorligini yoritish maqsadida So’fizodaning “O’qing, onalar” she’riga o’xshatma tarzida Hamza “Muhtarama onalarima xitob” va shoirga atab “So’fizodaga” nomli she’r ham bitganini ma’lum qiladi5. XX asrning 30-yillari nashr etilgan maktab darsliklarida ham shoir ijodiga e’tibor qaratilgan. Masalan, o’rta maktablarning VII sinfi uchun “Adabiyot xrestomatiyasi” darsligidagi “Proletar diktaturasi davri adabiyoti” bobida So’fizodaning “Madaniy makiyonlar tuhfamiz” she’ri D.Bedniy (“Katta ko’cha”), V.V.Mayakovskiy (“So’l marsh”), G’ayratiy (“Oqin hukmi”) asarlari bilan birga havola etilgan6. 1934 yil xalq shoiri So’fizoda ijodini ommalashtirish maqsadida M.Solihov “So’fizoda va uning ijodi”7 nomli risola chop ettiradi. Unda muallif shoirni jadidchilik harakatining namoyandalaridan biri sifatida e’tirof etadi va ijodining mavzu-mundarijasi, g’oyaviy yo’nalishini tahlil qiladi. Ushbu risoladagi fikrlarga mulohaza bildirish niyatida M.Shayxzoda 1935 yil “Mash’ala” jurnalida “So’fizoda va uning ijodi haqida” nomli maqolasini chop etadi8. Maqolada muallif shoirning hayot yo’li M.Solihov tomonidan qisqa yoritilganini aytib, So’fizodaning murakkab hayot va ijod yo’lini aniqlashda uning mufassal tarjimai holini yozish muhimligini ta’kidlaydi. M.Solihovning So’fizodaga barmoq yoki erkin vaznda ham she’r bitish lozim ekani haqida bergan tavsiyasini ma’qul ko’rmay, shoirni eski usulda, ya’ni aruzda ijod qilishini yoqlab shunday deydi: “Buyuk o’zgarishlar davrida shoirda mazmunga ko’ra shaklning ketda qolishi tabiiy va qonuniy bir voqeadir. Zotan shu eski shakllar ham yangi ruhni berish uchun mutaraqqiy omil bo’la olur”9. Haqiqatan ham, shoir yangi davr adabiyotiga xos xususiyatlarni aruz vaznidagi she’rlariga singdira oldi va real voqelikni ifodalashda mumtoz lirikadagi g’oyaviy-badiiy an’analarni o’ziga xos tarzda rivojlantirdi. 1935 yilda So’fizoda tavalludining 65 yilligi munosabati bilan yubiley o’tkaziladi. SHundan so’ng shoir ijodini o’rganish va asarlarini nashr etish ishiga jiddiy kirishiladi. Yozuvchi N.Safarov shoirning o’zi to’plagan 214 ta she’rini tahrirdan o’tkazadi, ammo 1937 yildagi qatag’on siyosati tufayli ularni nashr ettira olmaydi. Uning hayoti va ijodi yana yillar davomida o’rganilmay qoladi. Nihoyat, qatag’on qurbonlari ijodiga bo’lgan munosabat ijobiy tomonga o’zgarib, ular oqlangach, 1968 yilda adabiyotshunos T.Rasulov shoir she’rlarini to’plab, “Taronalar” nomli kitob nashr ettiradi. To’plamga muallif “SHoir So’fizoda haqida” nomli 23 sahifali kirish so’z yozadi. Unda So’fizoda tavalludi haqidagi sanani ikki xil ko’rsatadi. Muallif So’fizodani 1869 yil tug’ilganini aytadi va 1935 yil uning 65 yillik yubileyi o’tkazilgani haqida ma’lumot beradi10. Bu yubiley sana o’z-o’zidan shoir 1870 yilda tug’ilganini anglatadi. Ushbu to’plamga shoirning 23 ta she’ri havola etilgan. Unda So’fizoda hayoti va ijodiga oid bir qancha ma’lumot berilgan bo’lsa ham, muallif ularga o’sha davr hukmron mafkurasi talabi bilan munosabat bildirgani anglashiladi. SHoir hayoti va ijodi haqida “Tazkirai Qayyumiy”da ham ma’lumot berilgan. Unda shoir haj safariga borib, u yerdan Hindiston, Arabiston, Misr va Turkiyaga o’tgani, o’ziga xos fasohat ilmi borligi, doim yo’qsil, avom xalqqa yonbosib she’r yozishi va g’alamis, boy kimsalarni hajv ostiga olishi bayon etilgan11. Yillar davomida ma’lumot to’plagan H.Orifiy “Muhammadsharif So’fizoda”12 risolasida u tashkil etgan yangi usul maktablarida tahsil olgan mo’’tabar otaxonlardan, shoirni ko’rgan-bilgan qariyalardan, jami 22 kishidan ma’lumot olishga musharraf bo’ladi. N.Karimovning “Muhammadsharif So’fizoda” nomli kitobida shoir hayoti va faoliyati atroflicha yoritilgan hamda ijodidan namunalar keltirilgan. Shuningdek, So’fizodaning 1934 yil “Mushtum” jurnalida “Vahshiy” taxallusi bilan bosilgan eng so’nggi hajviy she’ri ushbu manbada ilk marotaba e’lon qilingani e’tiborga molik. Shoirning murakkab hayot yo’li uning yaqin kishilaridan yozib olingan xotiralar bilan boyitilgan. Yuqorida nomi tilga olingan manbalar qiyosan o’rganilgach, So’fizoda hayoti va ijodiga oid ba’zi chalkash fikrlarga oydinlik kiritildi. Masalan, shoirning tavallud sanasi B.Qosimov, H.Homidiy, M.Ma’murov va M.Tojiboeva yozganidek, 1880 yil13 yoki T.Rasulov, A.Xalilbekov, H.Orifiy bergan ma’lumotlarda keltirilganidek, 1869 yil14 ham emas, balki 1926 yilda SH.Sulaymon tomonidan shoirning o’z dastxati asosida “Maorif va o’qituvchi”15 jurnaliga tayyorlangan maqolaga asoslanib, N.Karimov ta’kidlaganidek16, 1870 yil 29 yanvar ekani ilmiy dalillangan to’g’ri xulosa bo’la oladi. Namanganda 1989 yil So’fizoda tavalludining 120 yilligini nishonlash esa T.Rasulovning shoir tavalludini 1869 yil deb ko’rsatishi asosida bo’lib o’tgan. Manbalarni qiyosiy o’rganish So’fizoda ijodiga aloqador tadqiqotlar qimmatini belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi. Shoir she’riyatiga bo’lgan qiziqish, ya’ni ijodiy merosi hayotlik davridayoq munosib baholanishi uning xalq ko’nglidan joy olgan iste’dodli o’zbek shoirlaridan biri ekanidan dalolat beradi. So’fizoda ijodi mustaqillik yillarida nashr etilgan qator adabiy manbalarda ham mavjud. Jumladan, “Istiqlol qahramonlari” rukni ostida chop etilgan “Ibrat. Ajziy. So’fizoda” nomli manbada “Haqiqatga xiyonat qilmagan shoir” sarlavhali maqola va shoirning o’n beshta she’ri berilgan17. A.Xalilbekovning “Namangan adabiy muhiti” kitobida So’fizoda ziyoli, otashnafas shoir, jonkuyar ma’rifatparvar, o’tkir hajvgo’y, o’z ovoziga ega bo’lgan san’atkor sifatida baholanib, hayoti va ijodiga oid o’n bir sahifali maqola e’lon qilingan18. H.Orifiy o’zining “Muhammadsharif So’fizoda” nomli risolasini 2007 yilda chop ettiradi. Muallif ushbu risolada Abdullohxon to’ra Ma’rufxon o’g’illari taqdim etgan bir qo’lyozmada So’fizodaning hali e’lon qilinmagan forscha va o’zbekcha asarlari mavjud ekanini ham ta’kidlab o’tgan19. Ushbu manba So’fizodaning “Siroj ul-axbori afg’oniya” gazetasida chop etilgan forscha ikki g’azal va bir musaddasining R.Inomxo’jayev tomonidan o’zbek tilidagi nasriy tarjimasi berilgani bilan ham ahamiyatlidir. Shoir hayoti va ijodiy merosini o’rgangan N.Karimov “Muhammadsharif So’fizoda”20 nomli asarini 2012 yilda chop ettirdi. Kitob So’fizoda haqidagi xotiralar hamda shoirning 1937 yil qatag’on qilinishiga doir hujjatlar, arxiv materiallari asosida yozilgan.
So’fizoda ijodiga Kavkazorti, hozirgi Turkiston va uning atrofidagi gazeta-jurnallarning, ularda ishtirok etuvchi taniqli Ozarbayjon va tatar adiblarining ta’siri kuchli bo’ldi. Uning “Siroj ul-axbor” (Xabarlar ziyosi) gazetasida chop etilgan “Tarkibbandi musaddas, ba imzoyi farg’onali muallim So’fizoda Muhammadsharif ba mo rasida”21, “Tashviqi navomo’zon”22, “Adabiyot”23 kabi uch she’rini fors tilidan o’zbek tiliga R.Inomxo’jayev tarjima qiladi hamda shoir haqidagi o’z qarashlari va uning “Amalga oshmaydigan bir umidvorlik haqida”24 sarlavhali maqolasini “Sharq mash’ali” jurnalida chop ettiradi25. Shoir “Tashviqi navomo’zon” (Yangi o’rganuvchilar tashviqi) g’azalida vatanparvarlik eng oliy tuyg’u ekanini uqtiradi:

Download 92,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish