Наманган давлат университети



Download 92,5 Kb.
bet2/4
Sana30.04.2022
Hajmi92,5 Kb.
#599626
1   2   3   4
Bog'liq
9-mavzu.So\'fizoda hayoti va ijodi

Vatanro do’st doru bo hamayi millat madoro kun,
Tavahhush kun zi vahshat, dar tamaddun bosh yak askar26.
Shoir she’rda Vatanni sevish, butun millat dardi bilan yashash, yovvoyilik bilan emas, madaniyat yo’lida bir askar bo’lishni ta’kidlamoqda. U g’azal, musaddas, muxammas kabi janrlarda ijod qildi. So’fizoda hayotdagi har bir yangi hodisaga o’zining faol munosabatini bildirib boradi. Saylov, yer islohoti, xotin-qizlar ozodligi haqida she’rlar yozib, xalqni hushyor bo’lishga chaqiradi. Qizlar ilmli bo’lsa, butun millat ma’rifatli bo’lishini ta’kidlaydi:
Bechora ona bo’lg’usi ham qobila qizlar,
Nozik qo’liga olmay o’tar xomau daftar,
Ibrat ko’zimiz ko’ru haqiqat qulog’i kar,
So’z to’g’risi shul, bizda bor na avra, na astar,
Quvdi mani johillar o’shandoq Vatanimdin,
Lekin quva olmas suxanimni dahanimdin27.
Shoirning axloqiy qarashlaridagi fidoyilik, millatparvarlik, kurashchanlik kabi xislatlari ijod namunalarida ham uyg’unlik kasb etgan.
So’fizoda she’riyatida keskin hajviy ruh ustunligi kuzatiladi. Buni, birinchi navbatda, yoshligidan ilm-fanga qiziqib, Toshkent, Qozon, Boku, Tifilisda chiqadigan gazetalarni o’qib, dunyoqarashini o’stirgan shoirning o’zi mansub jamiyat hayotidagi qoloqlik va norasoliklar bilan kelisha olmagani bilan izohlash mumkin. She’rlarida “Vahshiy” taxallusini qo’llashi zamirida ham ana shu xususiyat tajassum topgani haqiqatga yaqin. Bu davrda So’fizoda o’z she’rlarini milliy tuyg’ular bilan boyitib boradi. Ijodi davomida ishqiy, ma’rifiy, ijtimoiy-siyosiy, hajviy mavzularda qalam tebratgan shoir, asosan, jamiyatdagi adolatsizlikni tanqid etib, xalq ko’nglidagi dardni kuylaydi. Uning “Haqiqatdan ko’z yumganlar”, “Qalaysizlar”, “Besh yorlar tilidan”, “Bayram nashidalari” singari she’rlari shular jumlasidandir. Qalamini haqiqat yo’lida amaldorlar, mahalliy hukumat vakillarining kirdikorlarini ochishga qaratadi:
Ey Chust, na ajab noskashu noslaring bor,
Lekin na yamon fitnayu xannoslaring bor.
O’z foydasiga, boshqani doim zarariga,
Savacho’pli qalam, arzachi vosvoslaring bor28.
Garchi erksizlik, mustamlaka sharoitida yashab ijod etgan bo’lsa ham, So’fizoda Vatan va millat istiqboli bilan bog’liq qarashlarini she’rlarida jasorat bilan tasvirlay oldi. Milliy uyg’onish va millatning o’zligini anglashga chorlash shoir ijodining ruhi va mazmuniga aylandi. Asarlarida ikki tillilik (zullisonayn) an’anasini davom ettirgan So’fizoda mumtoz adabiyot vakillari Hofiz, Bedil, Navoiy ijodini mutolaa qiladi. A.Xalilbekov ma’lumotiga ko’ra, Abdulla Qodiriy adibning iste’dodini g’oyat yuqori baholaydi. Maqsud Shayxzoda So’fizodaning “she’rlari....adabiyotga toza unsurlar kirgizgan”ligini ta’kidlaydi. Abdulla Qahhor uni “Satira va yumorda tengi timsoli yo’q va o’zigagina xos shoir”, deb ataydi29.
XX asr boshlari Namangan adabiy harakatchiligi namoyandalari ijodida shoirlar qalamga olgan ishq motivining mazmuni o’zgarib30, ular qalbidagi ishq qamrovi kengaydi. Ya’ni oshiq endi ishqning millat ishqi, ma’rifat ishqi bilan o’rtanishiga to’g’ri keldi. Ayniqsa, Nodim, Ibrat, So’fizodalar ijodida bu hodisani uchratish mumkin. So’fizoda kelajak avlod tarbiyasida onaning o’rni muhimligi, qiz bolalar ham maktablarda ilm olishga haqli ekanini qalamga olib, o’z kechinmalarini quyidagicha bayon etadi. Shoir ayollarni jamiyatda faol bo’lishga undaydi va ilm olish ular uchun eng yaxshi ziynat, deb hisoblaydi:
Muncha yomon sho’rladi peshonalar,
Qizlarimiz joriyayi xonalar.
Siz edingiz jonlara jononalar,
Qadringizni bilmadi debonalar.
Qumri bilan bulbuli bedonalar
Yaxshi o’qur, siz ham o’qing, onalar31.
Shoir ushbu musaddasning har so’nggi bandida o’z fikrini ta’kidlash ma’nosida “Qumri bilan bulbuli bedonalar, Yaxshi o’qur, siz ham o’qing, onalar” jumlasini takrorlash orqali asosiy maqsadini bayon etadi. Musaddas aruzning ramali musaddasi mahzuf vaznida yozilgan. Undagi “peshonalar”, “xonalar”, “jononalar”, “debonalar”, “bedonalar” va “onalar” kabi so’zlar qofiya etib tanlangan. Shoir musaddasda hurujli mutlaq qofiyadan foydalangan. Chunki qofiyadosh so’zlardagi “r” tovushi huruj hisoblanadi.
Asarlarida ilm-ma’rifatni ulug’lagan So’fizoda millatning ma’rifiy darajasi yuksalishi tarafdori edi. Shoir ijodida ma’rifatparvarlik ustuvor ahamiyatga ega. Jadid adabiyoti tahliliga bag’ishlangan ilmiy tadqiqotlarda ham shoirning bu yo’nalishdagi xizmati e’tirof etilgan32. So’fizoda birinchi navbatda, onalar ilmli bo’lishi zarurligi masalasiga alohida diqqat qaratadi. Shoir talqinicha, yerda ko’kargan giyoh ham nigohini millat onalariga qaratgan, zaminda lola, ko’kda oy ham ularga tabassum ulashadi, qumri, bulbul va bedana ularning ma’rifatsizligidan oh tortadi. Shu bois onalar o’qishi har narsadan zarur:
Bir qarangiz yerda ko’kargan giyoh,
Sizga qilur har biri etib nigoh.
Lola kulib, tag’in kular oyu moh,
Umr aziz, jaro turib etdi, oh.
Qumri bilan bulbuli bedonalar,
Yaxshi o’qur, siz ham o’qing, onalar (62-bet).
So’fizoda ijtimoiy-siyosiy hayotimizda xalqni yangilikdan xabardor etuvchi, madaniy hayot rivojida muhim o’rin tutgan gazetaga quyidagicha ta’rif beradi:
Yashnatib dil g’unchasin, fasli bahor aylar gazet,
Suv berib ko’ngul bog’ini sabzazor aylar gazet.


Sharqdan Mag’ribgacha bo’lg’on havodisni yozib,
Ne go’zal marg’ub xabarlar oshkor aylar gazet (74-bet).
Ijodi davomida ma’rifatga oshno qalb iztirobini kuylagan So’fizodaning ishqiy mazmundagi lirikasi, asosan, ifoda talqinining realligi, milliy ruhdagi tasvir ustunligi bilan ajralib turadi. Shoir samimiy muhabbat izhorini go’zal tashbihlarda namoyon etadi. Masalan, “O’pay” radifli g’azalida ma’shuqa husni jamolini quyidagicha ta’riflaydi:
Tishlaring durdonasi yanglig’ takallum chog’ida,
Har zamon la’li labing marjon misolidan o’pay.


Surmaso gipnosi kuchlik ko’zga yondoshmak mahol,
O’sma og’ushida berkingan hilolingdin o’pay33.
Shoir tashbih (lab – la’l, tish – duru marjon), tashxis (o’sma og’ushida berkingan), istiora (hilol) kabi san’atlar vositasi bilan ma’shuqaning la’li labi, duru marjon tishi, o’smali qoshi hamda o’ziga rom etuvchi surmali ko’zini ta’riflashda tanosub san’atidan o’rinli foydalangan.
Mumtoz adabiyot janrlarida ijod qilgan ushbu shoirlarimizning ijodiy salohiyati haqida so’z borganda, ularning nimalarni tasvirlashi bilan bir qatorda, qanday tasvir usullaridan foydalanishi ham e’tiborga loyiqdir. Mumtoz adabiyotimizning taniqli namoyandalari izidan borgan So’fizoda baytlar tarkibida qator she’riy san’atlar qo’llab, betakror tasvir usuli yaratadi. Masalan, quyidagi misralarda shoir ham mazmun, ham shaklga asoslangan musalsal (tashobeh ul-atrof) san’atidan mohirona foydalangan:

Download 92,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish