Men Majidova Raʼno Hamidxon qizi 2022-yilning 14-fevral sanasidan stajirofka amaliyotiga chiqib quyidagi vazifalarni bajardim:
1.Men Namangan shahri 18- umumiy oʻrta taʼlim maktabida 14-fevraldan stajirovka faoliyatini boshladim.
2. Amaliyot oʻtadigan muassasa bilan yaqindan tanishdim. Men mehnatni muhofaza qilish qoidalari, ichki mehnat tartib qoidalari, tashkilotda stajirovka o‘tashning talab va shartlarini tushunib oldim.
3. Tartib va qoidalarni buzganlik uchun javobgarlik va jazo choralari tushuntirildi.
✓ Har bir magistrga mas’ul o‘qituvchi biriktirildi. Hamma Stajirovka rahbari bilan tanishtirildi.
✓ Men Maripova Dilfuzaxon oya bilan stajirovka olib boryapman. Ular meni tashkilotning tashkiliy tuzilmasi, vazifa va funksiyalari, faoliyat yo‘nalishlari bilan tanishtirdi.
✓ Stajirovka dasturi bilan tanishib chiqdim. Malakaviy Stajirovka kundaligini shakllantirdim va undagi bajariladigan ishlar bilan tanishdim, maslahatlar oldim.
✓ Haftaning birinchi kunida maktab axborot resurs markazidan magistrlik dissertatsiyam mavzusiga maʼlumotlar toʻpladim Shu bilan birga o`qituvchilar darslarini kuzatib magistrlik dissertatsiyamiz uchun kerakli bilimlarni oldim.
✓ Oʻquvchilar bilan individual holda ishlab pedagogik mahoratimni oshirib bordim.
.
✓ Ilmiy tadqiqot ishi bo‘yicha tajriba-sinov ishlarini o‘tkazish uchun Nmangan shahar 18- umumiy o’rta ta’lim maktabining 4 -sinf oʻquvchilarida tajriba sinovini o’tkazdim.
✓ Magistrlik dissertatsiyamizga oid ma’lumotlarga qo’shimcha qo’shish maqsadida Ilmiy tadqiqot institutining axborot resus markazidan magistrlik dissertatsiyalarni ko’zdan kechirdik.
✓ Ilmiy tadqiqot institutidagi kafedra yetakchilari ,olimlar va mutaxassislaridan ilmiy tadqiqot mavzuyimiz bo’yicha ma’lumotlar oldik.