Namangan davlat universiteti tabiiy fanlar va geografiya fakultet



Download 0,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/21
Sana26.04.2022
Hajmi0,66 Mb.
#583150
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Tadqiqotning ilmiy yangiligi. 
Yuqori harorat ta’sirida organizmda kechayotgan turli fiziologik-biokimyoviy 
jarayonlarni o’zgarishini aniqlash hamda organizmni yuqori haroratga 



chidamliligini oshirish borasidagi tadqiqot natijalari mavzuning ilmiy yangiligi 
hisoblanadi. 
Tadqiqotning ilmiy-amaliy ahamiyati. 
Ilmiy adabiyotlardagi ma’lumotlardan ma’lumki organizmga har xil 
intensivlikdagi harorat ta’sir ettirilganda, hujayra va to’qimalarda juda katta 
o’zgarishlar kuzatiladi va bu xolat ayniqsa mitoxondriyalardagi metabolizmga 
katta ta’sir mexanizmiga ega.
Yuqori harorat ta’sirida mitoxondriyalarining struktura va funksiyalarida 
bo’ladigan o’zgarishlarni dorivor moddalardan biri xisoblangan tokoferol bilan 
qayta tiklash meditsina amaliyotida undan issiqlik stressi natijasida yuzaga 
keladigan turli xil kasalliklarni davolashda foydalanish mumkinligini ko’rsatadi va 
bu tadqiqotning ilmiy-amaliy axamiyatini belgilaydi 
Tadqiqot obekti va predmeti. 
Kalamush, jigar, mitoxondriya, nafas olish, 
oksidlanishli fosforlanish. 
Tadqiqot 
metodlari. 
Differensial 
sentrifuga, 
polyarografiya, 
spektrofotometriya, fotoelektrokalorimetriya, pH-metriya. 
Bitiruv malakaviy ishining hajmi va tuzilishi.
Bitiruv malakaviy ishi 
kirish, uchta bob, xulosa hamda foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatini o’z ichiga 
oladi. Uning umumiy hajmi _ sahifadan iborat. Shundan matn qismi _ sahifa, unda 
foydalanilgan adabiyotlar _ manbadan iborat.
 



I. ADABIYOTLAR SHARXI 
1.1.Tashqi muhitning yuqori haroratini organizmning biologik va 
fiziologik ko’rsatkichlariga ta’siri 
Kasallik, jarohat olish va o’lim sabablarini aniqlash halqaro klassifikatsiyaga 
binoan, issiqlikdan jarohat olish guruhlariga: issiq urishi, yuqori harorat ta’sirida 
hushdan ketish, talvasaga tushish, organizmda suv va tuzlarning kamayib 
ketishidan holsizlanish va tez charchash, qo’l – oyoqlarni shishib ketishi kabi 
holatlar kiradi [Alfimov N.N., 1972]. Bularning orasida yuqori harorat ta’sirida 
organizmda turli kasalliklarni paydo bo’lishini asosiy sababchisi issiq urishi 
hisoblanadi. Bunda turli a’zo va tizimlar faoliyatlarida jiddiy o’zgarishlar 
kuzatiladi [Alfimov N.N., 1972; Pukach L.P., 1975]. 
Issiq sharoit, odamning tana harorati 41
0
C ga ko’tarilishi, ko’rilgan barcha 
chora tadbirlarga qaramay, 59% odamlarni halokatga olib kelganligi aniqlangan. 
O’ta yuqori muhit harorati ta’sirida 25 dan 60 foizgacha odamlar halokatga 
uchrashi mumkin [Malhotra, 1974].
Hayvonlarni yuqori haroratda 36-37
0
C saqlanganda ularning nafas olishi 
sekinlashadi, o’ta yuqori haroratda (41-43
0
C da) kislorodni iste’mol qilishni 
sekinlashishi yanada kuchayadi [Axmedov R.A., 1977; Musaev X.N.,, Almatov 
K.T., 1988]. 
Issiqlik ta’sir etish vaqtini oshishi natijasida organizmda gazlar 
almashinuvini buzilishi tezlashadi. Tanadagi harorat issiqlikni ta’sir etish 
muddatiga va intensivligiga bog’liq holda oshib boradi. 
Hayvonlarni 40
0
C haroratda 1 soat davomida saqlanganda, ularning tana 
harorati o’rtacha 3,0±0,08
0
C ga ko’tariladi, 45
0
C da 1soat saqlanganda esa shok 
holati kuzatiladi, ya’ni hayvonlar harakatsizlanadi va ahyon-ahyonda tomir tortishi 
kuzatiladi [Avetisova N.L., 1992].
Yuqori haroratni salbiy ta’siri ayniqsa homila va chaqaloqlarning hayotiga 
xavf soladi [Smith C.L., 1978]. Bunda homilaning noto’g’ri rivojlanishi va 
chaqaloqlarning bironta nuqsonlar bilan tug’ilish ehtimoli oshadi. Bola organizmi, 
ayniqsa ko’krak yoshdagi chaqaloqlarning issiq urishiga moyilligini asosiy sababi 



ulardagi modda almashinuvining yuqoriligi va issiqlik ishlab chiqarilish va uni 
tarqatish mexanizmlarini yaxshi rivojlanmaganligi asosiy sabab bo’ladi [Isbister S., 
1980]. Issiq urganda birinchi navbatda jigar va buyrak to’qimalari jarohatlanadi. 
Yuqori haroratga moslashuvida tana harorati biroz pasayadi [Givoni B., 
Goldman R.F., 1973; Yulina Y.P., 1973; Karliev K.M., 1976; Tagirova T.R., 
1977], hayvonlarning o’ta yuqori haroratga chidamliligi oshadi [Sadikov G.N., 
1971; 1989; Saxanova F.A., Yusin V.A., 1973; Tagirova T.R., 1977]. Bunda yurak 
qisqarishlari sekinlashadi, yurakni vazni oshadi, buyrakni vazni kamayadi va 
undagi qon oqimi sekinlashadi.
Issiq urishida hayvonlarning qonida ammiak [Kozlov N.B., 1971; 1990], 
aldegidlar, ketonlar, epoksidlar va ana shularga o’xshash lipid tabiatli toksik 
mahsulotlar [Zabrosaeva L.I., 1970; Shepelova A.P., 1970; 1976; Kozlov N.B., 
Zabrosaeva L.I., Leytman M.B., 1980] to’planadi. Yuqori haroratda qizdirilgan 
hayvonlarning qonida o’rtacha massa molekulali moddalar juda ko’payib ketadi 
[Kozlov N.B., 1990]. Issiqlik urishi bilan o’rtacha massali molekulalarni miqdori 
qonda 40 foizgacha ko’payadi, o’lim oldidan uning miqdori 73 foizgacha 
ko’tariladi. O’rtacha massali molekulalarga turli kimyoviy tabiatli molekulyar 
og’irligi 500 daltondan 5000 daltongacha bo’lgan, ultrabinafsha spektrlarni o’ziga 
adsorbsiyalaydigan moddalarni o’zida birlashtirgan birikmalar kiradi. O’rtacha 
massali molekulalar fraksiyasining tarkibiy miqdorlari har xil kassalliklarda va 
patologik holatlarda juda ham o’zgarib turadi. O’rta massali molekulalarni miqdori 
endogen intoksikatsiyalanishini muhim integral ko’rsatkichlardan (marker) 
hisoblanadi [Shimanko I.I., Gabielyan N.I., Milashenko A.P., 1982; Gudim V.I., 
Gabrielyan N.I., 1985; Valdman B.M., Vlochegorskiy I.A., Lifshits R.I., 1985; Lur 
B.L., Fel F.M., 1986]. Ammo, shu vaqtgacha issiqlik urishida organizmda hosil 
bo’lgan o’rtacha massali molekulalar to’la aniqlanmagan. Shu sababli bu 
yo’nalishda ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish o’ta muhim hisoblanadi. 
Yuqori harorat organizmga ta’sir etganda a’zo va to’qimalarning, asosan 
ichki a’zolarning issiqlik ishlab chiqarish faoliyati tezlashadi [Shepelov A.P., 
1970]. Shu sababli ham odam va hayvonlarning asosiy maqsadi ichki a’zolarda 



to’planib qolgan issiqlikdan qutilish bo’lib qoladi. Bu masalani hal qilishga qon 
aylanish tizimi ideal moslashgan. Metabolik faol to’qimalarda issiqlikni tana 
yuzasiga tashilishi tashqi muhitning yuqori harorati sharoitida ham o’ta muhim 
hisoblanadi. Muhitning yuqori haroratiga qon aylanish tizimining eng birinchi 
javoblaridan biri teri vazodilyatsiyasi va teri tomirlarida qon oqimini kuchayishi 
hisoblanadi. Bunda terining issiqlikni o’tkazish imkoniyati sezilarli darajada oshib 
ketadi. Bu jarayon ayniqsa terisida jun qoplami bo’lmagan odamlarda juda katta 
ahamiyatga ega. Organizm shu yo’l bilan ichki a’zolarda hosil bo’lgan ortiqcha 
issiqlikdan qutiladi. 
Teri mikrosirkulyatsiyasining ikkita vazifasi bor: birinchisi, teri va uning 
o’simtalarining oziqa bilan ta’minlanishi bo’lsa, ikkinchisi, tana haroratini 
boshqarilishidagi ishtiroki. Terida issiqlik uzatilish turi yirik yacheykali tuzilishga 
ega bo’lib, ularda arteriovenozli anastamozlarga boy va kapilyarlari kam bo’ladi. 
Bunday tuzilishga ega bo’lgan terilar issiqlik almashinuvi effektivligini oshirish 
bilan birga, qon bilan to’qima o’rtasidagi maqsadga qaratilgan modda almashinuv 
intensivligini kuchayib ketishiga yo’l qo’ymaydi [Frolov Y.P., 1982]. 
Yuqori muhit sharoitida teridagi qon oqimining tezligining oshishiga 
qaramay qon bosimini normada ushlab turishini yurak qisqarish chastotasining 
kuchayishi [Karliev K.M., 1975], sirkulyatsiyalangan qon hajmining ko’payishi, 
venamotor tonusining oshishi hisobiga bajariladi. Ayrim hayvonlarda va 
odamlarda qon bosimini bir me’yorida ushlab turish tomirlarni splanxnik soxasini 
vazokonstruktsiyasi va buyrakdan ayrim a’zolarga qon oqimini sezilarli darajada 
pasayishi hisobiga bo’ladi. 
Ko’pchilik hayvonlarning tanasi jun bilan qoplanganligi sababli qon oqimini 
eng ko’p yo’nalishi asosan terining junsiz soxalarida kuzatiladi [Hainsworth F.R., 
Stricker E.M., 1971]. 
Atrof-muhit haroratining ko’tarilishi qon oqimini ichki a’zolarida-jigarda, 
buyraklarda, taloqda, me’da osti bezi va ayniqsa o’n ikki barmoq ichak va ingichka 
ichaklarda, qorin bo’shlig’ida [Hales J.R.S., 1979] sezilarli darajada pasayishi 
aniqlangan. 


10 
Shunday qilib, organizmda yuqori muhit harorati ta’sirida qon oqimining 
qayta taqsimlanishi, ya’ni periferiyada qon oqimini tezlashishi, ichki a’zolarda esa, 
aksincha, pasayishi kuzatiladi.
Yuqori harorat ta’sirida, organizmni periferiyasida qon oqimini tezlashishi 
va ichki a’zolarda esa, aksincha sekinlashishi kislorod tashilishini qayta 
taqsimlanishidan, ya’ni past darajada modda almashinuvli to’qimalarga kislorodni 
yetkazilishini kuchayishi va yuqori darajada modda almashinuviga ega bo’lgan 
a’zolarga kislorod tashilishini pasayishidan dalolat beradi. 

Download 0,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish