Tabiiy fanlar va ekologiyaga oid ayrim muammolar (Ilmiy maqolalar to’plami) XVII
161
беради,
қолаверса
тупроқ
қатламарида
ғовакларни
купайтириш
билан
кислороднинг қатламларга кириб боришини таъминлайди. Бу билан биз
қатламлардаги кимёвий чўкиндиларни зарарсизлантиришга эришамиз.
O‘ZBEKISTON SHAROITIDA O‘STIRILADIGAN
DUNALIELLA SALINA
MIKROSKOPIK SUVO‘TINING UMUMIY XUSUSIYATLARI
Abdunazarov N. S., Egamberdiyev M.X.
Namangan davlat Universiteti
abdunazarovnomonjon@gmail.com
Kirish.
Fanga ko‘proq ma
ʼ
lum bo‘lgan Dunaliella avlodi turlardan biri
Dunaliella
salina
hisoblanadi, u yuqori sho‘rlangan Yevropa (Yer o‘rta dengizi, Qora, Azov va Kaspiy
dengizlari qirg‘oqlarida) suv havzalarida, Osiyo (Qozog‘iston, Markaziy Osiyo,
Hindiston) Shimoliy Amerika (Koliforniya, Nevada, Yuta shtatlari), Janubiy Amerika
(Chili) Shimoliy Afrika (Jazoir, Sahara cho‘llari) va Janubiy Avstraliya ko‘llarida ham
aniqlangan.
Dunaliellaceae oilasiga mansub Dunaliella avlodiga mansub mikroskopik
suvo‘tlarini birinchi bo‘lib aniqlagan Dyunal ismli olim nomi bilan bog‘liq. Dyunal
birinchi bo‘lib sho‘r suv havzalarining qurishi natijasida ularning qizarishi, ularda
mikroskorik qizil suvo‘tlarining borligini isbotlagan.
Algologik klassifikatsiya tizimga ko‘ra Dunaliella avlodining taksonomik holati
quyidagicha: dunyo – o‘simliklar (Plantae) – sinf – yashil suvo‘tlari (Chlorophyceae) –
bo‘lim yashil suvo‘tlari (Chlorophycota) – tartib volvokssimonlar (Volvocales) – oila
(Family) Dunaliellaceae – avlod Dunaliella. Ba
ʼ
zi mualliflar Dunaliella avlodini
Polyblepharidacea oilasiga, Dunaliellaceae oilasini esa Chlamydomonodales tartibiga
kiritishgan [1].
Dunaliella avlodi sho‘rga chidamli, dengiz, chuchuk suvda va tuproqda tarqalgan 29
taga yaqin turlarni o‘z ichiga oladi.Taxminan tuz konsentratsiyasi 100 g/l bo‘lgan suv
havzalarida (taqqoslash uchun, Boltiq dengizida tuz konsentratsiyasi 5 g/l, qora dengizda
- 18 g/l, Tinch okeanida - 34 g/l, sho‘r qizil dengizda - 41 g/l, quriyotgan Orol dengizida -
100 g/l dan ortiq, o‘lik dengizda-260-270 g/l) D. salina faol fotosintez olib boradi va yashil
biomassa yig‘adi natijada bu suv havzalarinig gullashiga sabab bo‘ladi. Suv havzalarida
suvning miqdori kamayib, qurish boshlanganida undagi tuz miqdori oshadi (330 g/l
gacha), yoki aksincha, yomg‘ir natijasida kamayishi mumkin.
D.salina
ko‘p miqdorda
qizil-to‘q sariq β – karotin biologik faol moddasini (quruq vaznining 10% gacha) to‘playdi,
bu yesa hovuzning qizil rangga aylanishiga (qizil gullashiga) sabab bo‘ladi va
mikrosuvo‘tning o‘zi salbiy ekologik sharoitlarda quruq xolatda xam jinssiz sistalarga
aylanishi mumkin [2].
Dunaliella salina
mikroskopik suvo‘ti hujayralari turli xil shakllarga ega bo‘lishi
mumkin jumladan: ovalsimon, ellipsimon, tuxumsimon, noksimon, ba
ʼ
zi hollarda
sharsimon, silindrsimon yoki to‘qmoqsimon, radial yoki bilateral simmetrik, kamdan-kam
hollarda dorsoventral yoki biroz assimetrik xolatlari kuzatilgan (1-rasm).
Hujayralarning hajmi juda ham xilma-xildir. Uzunligi o‘zgaruvchan, 5 mkm dan 29
mkm gacha yoki 4 mkm dan 20 mkm gacha boradi. Hujayra hajmi 70 mkm dan 4500 mkm
Do'stlaringiz bilan baham: |