Tabiiy fanlar va ekologiyaga oid ayrim muammolar (Ilmiy maqolalar to’plami) XVII 114
takrorlandi. Undan so‘ng 96% spirt bilan ekstraktsiya o‘tkazildi keyingi qolgan otquloq
o‘simligining qoldig‘i ustiga 40% li etil spirti quyib, tajribani yuqoridagidek
rangsizlanguncha takrorlab ekstraktsiya qilindi. Keyin esa 40 foizli spirt bilan ekstraktsiya
o‘tkazilgandan keyingi qolgan otquloq o‘simligini distillangan suv bilan rangsizlanguncha
qaynatib, ekstrakt olindi. Bu olingan uchchala ekstraktdan xromatografiya o‘tkazildi.
Buning uchun 0.1 ml filtratni xromatografik qog‘ozga start chizig‘igacha kapilyar naycha
yordamida bir-biridan 2 sm uzoqlikda nuqta belgilab, uning ustiga 1 moddadan 1
nuqtaga, ya‘ni 96% ekstraktsiyadan tomizildi. So‘ngra 2- nuqtaga 40% li ekstraktsiyadan,
3-nuqtaga distillangan suvli ekstraktsiyadan tomizildi va havoda quritildi. So‘ngra 30% li
sirka kislotasining eritmasi quyilgan bankaga xromatografiya qog‘ozini joylashtirildi. 40
minut davomida xromatografiya o‘tkazildi. Eritma finishga yaqinlashganda qog‘ozni olib
quritildi, so‘ngra xromatografiya qog‘ozini yodning kristallari o‘rniga (30 minut) qo‘yildi.
Keyin uni olib undan flavonoidlarga xos bo‘lgan qo‘ng‘ir-sariq rang hosil bo‘lishi ko‘rildi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 1. Muhammad Muxtorov “Ming dardga ming davo” T.: “Nasaf” nashiryoti 2009- yil,
-b 271
2. Холматов Ҳ.Х. Ахмедов Ў. A. “Фармакогнозия”. Tошкент. 1995-й. -б 308
3. Овчинников А. “Биоорганическая химия” «Москва». Просвещение. 1989-г. -с
815
4. Робертс Дж., Кассерио M.. “Основы органической химии”.Т.1991.-c 838.
5. Turaqulov Yo.X. “Bioximiya”. T.: “O’zbekiston” nashiryoti. 1996-yil –b 478
O’SIMLIKLAR TARKIBIDAGI ALKALOIDLARNI AJRATISH USULLARI G’.O.Mamajanov,G.N.Qodirova magistr Tabiatda uchraydigan alkaloidlarning aksariyati dori moddalari sifatida ishlatiladi,
shuning uchun alkaloidlarni toza va to`liq holatda ajratib olish va tozalash katta
ahamiyatga ega. Hozirgi vaqtda sanoat miqyosida 100 ga yaqin individual alkaloidlar
ishlab chiqarilmoqda, ammo shunga qaramay alkaloidlarni ishlab chiqarish
texnologiyasining maqbul tasnifi va tizimlashtirilishi mavjud emas, bu esa ushbu sohada
to`plangan barcha tajribalarni umumlashtirishga imkon beradi. Alkaloidlarni
o`simliklardan ajratib olish usullari bo`yicha adabiyotlarda mavjud bo`lgan ma`lumotlar
ushbu sinf birikmalarini olishning farmakologik va texnologik jihatdan cheklovlar
mavjudligni ko`rsatadi. Shuning uchun alkaloidlarni o`simliklardan ajratib olish va
tozalash uchun maqbul shart-sharoitlarni ishlab chiqish dorivor moddalar ishlab
chiqarishning dolzarb va zarur yo`nalishi hisoblanadi. So`nggi 10-12 yil ichida
xomashyoni ekstraktsiyalashning zamonaviy usullari va alkaloidlarni xromatografik
ajratish va tozalash usullari yordamida alkaloidlarni ishlab chiqarish texnologiyalari
haqida ma`lumot berilgan. [1]
Mamlakatimizda kimyo sanoati soxasini rivojlantirish maqsadida zamonaviy
talablarga javob bera oladigan, o`simliklardan dorivor moddalarni ajratishning samarali
usullari ishlab chiqilmoqda va hozirgi kunda dorivor preparatlar olishning yangi
usullarini yaratishga aloxida e’tibor qaratilmoqda. Mazkur yo`nalishda amalga oshirilgan
dasturiy chora-tadbirlar asosida muayyan natijalarga, ayniqsa, dorivor o`simliklar
tarkibidagi fiziologik faol moddalarni ajratib olish, ularning zaxarlilik darajasi kam