Namangan davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti


Kaliy persulfat bilan reaksiya



Download 1,1 Mb.
bet15/25
Sana17.07.2022
Hajmi1,1 Mb.
#812810
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   25
Bog'liq
Alisher BMI

10. Kaliy persulfat bilan reaksiya. Probirkaga katexin —larning asetondagi eritmasidan 1ml solib,unga 20 mgr kaliy persulfatning 2ml konsentrlangan sulfat kislotadagi eritmasidan probirka devoridan asta —sekin oqiziladi. Suyuqliklar uchrashgan yerda qizil —binafsha rang aralashma hosil bo’ladi. Bu reaksiya katexinlarning kaliy persulfat ta’sirida oksidlanib, antosianidinlar hosil qilishiga asoslangan:



Kumarinlar. Kumarin (m-orto-oksidolchin) kislotaning hosilalari bo'lgan, o'simliklardan olinadigan laktonlar kumarinlar deb ataladi. Sis-orto-oksidolchin kislota va uning hosilalari tabiatda deyarli sof holda uchramaydi. Bu kislotalar o'zidan bir molekula suv ajratib, tezda tegishli laktonlarga aylanadi. Shuning uchun kumarinlar benzo-a-piron hosilasi deb ham qaraladi. Kumarinning o'zi esa sis-orto-oksidolchin kislotaning laktonidir.
Kumarinlarning boshlang'ich birikmasi — kumarin birinchi marta 1820- yilda Fogel tomonidan Dipteryx odarata Willd. (Coum-oruna odarata, dukkakdoshlar oilasiga kiradi) o'simligining mevasidan ajratib olingan.
Kumarinlar selderdoshlar —Apiaceae (soyabonguldoshlar — Umbelliferae), rutadoshlar (Rutaceae), dukkakdoshlar (Faba-ceae), yasnotkadoshlar — Lamiaceae (labguldoshlar—Labiatar), astradoshlar — Asteraceae (murakkabguldoshlar — Compositae), chinniguldoshlar (Caryophyllaceae), ituzumdoshlar (Solanaceae), sutlamadoshlar (Euphorbiaceae) oilalarining vakillari tarkibida ko'p uchraydi.
O'simliklar tarkibidagi kumarinlar miqdori ham har xil bo'ladi. Ular juda oz miqdordan tortib, to 10% gacha (Daphna odora Thunb. o'simligining barg kurtagi tarkibida 22% gacha) to'planishi mumkin. Odatda, bitta o'simlik tarkibida bir qancha (5—10 ta-gacha) har xil kumarinlar uchrashi mumkin. Ko'pincha, kuma­rinlar o'simliklarda sof holda va oz miqdorda o'zining glikozidlari holida uchraydi.
Triterpen glikozidlari va vitamin E.
Triterpen glikozidlari. Aglikonlari triterpenlarning
hosilalaridan iborat glikozidlar triterpen glikozidlar deb yuritiladi.
Bu glikozidlar o'simliklar dunyosida uchraydigan turli birikmalarni o'z ichiga olgan bo'lib, ularning katta bir guruhini saponinlar tashkil qiladi.
Bu glikozidlarning suvdagi eritmasi chayqatilganda turg'un ko'pik hosil qiladi, shuning uchun ular saponinlar deb atalgan (lotincha — sapo — sovun so'zidan olingan). Saponinlar fermentlar yoki suyultirilgan kislotalar ta'sirida gidrolizlanib, monosaxaridlar aralash-masiga hamda aglikon-sapogeninlarga parchalanadi.
Saponinlar tabiatda keng tarqalgan bo'lib, boshqa glikozidlar singari o'simliklarning asosan yerostki (qisman boshqa) organlari to'qimalaridagi hujayra shirasida erigan holda uchraydi. Hozirgi vaqtda 70 dan ortiq o'simlik oilasi va 150 dan ortiq turkum vakillarida saponinlar borligi aniqlangan.
Saponinlar, ayniqsa, chinniguldoshlar (Caryophyllaceae), navro'zguldoshlar (Primulaceae), poligaladoshlar (Polygalaceae), dukkakdoshlar (Fabacea), araliyadoshlar (Araliaceae), sigirquy-ruqdoshlar (Scrophulariaceae), ra'noguldoshlar (Rosaceae), sapindoshlar (Sapindaceae), lolaguldoshlar (Liliaceae), chuchmo-madoshlar (Amaryllidaceae), yamsdoshlar (Dioscoreaceae), tuyatovondoshlar (Zygophyllaceae) va boshqa oilalarning vakillari tarkibida ko'p miqdorda to'planadi.
Saponinlar oq rangli amorf birikma, sapogeninlar esa kristall modda. Ular suvda, suyultirilgan etil (60—70%) va metil spirtda yaxshi eriydi, 90% li etil spirtida esa faqat qaynatilganda erib, sovitilganida qayta cho'kadi. Saponinlar efir, xloroform va boshqa organik erituvchilarda erimaydi. Ularning aglikonlari — sapogeninlar, aksincha turli organik erituvchilarda yaxshi eriydi. Saponinlar fenollar va steroid spirtlar bilan molekular birikma beradi. Hosil bo'lgan birikmalar suvda va spirtda yomon erigani sababli, sapo-ninlarni o'simlikdan ajratib olishda va ular miqdorini aniqlashda shu reaksiyalardan foydalaniladi. Steroid spirtlarga kiradigan xolesterin miqdorini aniqlash usullari ham uning saponinlar (digitonin) bilan erimaydigan molekular birikma hosil qilishiga asoslangan. Saponinlar xolesterin bilan birikkanda biologik faolligini yo'qotadi.
Saponinlar faol biologik birikmadir. Tarkibida saponin bo'lgan o'simliklar kukunining changi burun va tomoqning shilliq qavat­larini qichishtirib, yo'taltiradi hamda aksirtiradi. Ular iste'mol qilinganida ichki sekretsiya bezlarining suyuqlik ajratish xususiyati kuchayadi. Qon eritrotsitlarini eritish (gemoliz qilish) saponin-larning eng muhim va o'ziga xos xususiyatlaridan biridir. Shuning uchun saponin eritmasini venaga yuborish murnkin emas. Aks holda eritrotsitlarni eritib yuborishi murnkin (gemolitik zahar). Iste'mol qilingan ba'zi saponinlar kuchli zahar sifatida ta'sir qilishi mumkin. Zaharli saponinlar sapotoksinlar deb ataladi.

Download 1,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish