Namangan davlat universiteti pedagogika-psixologiya fakulteti psixologiya kafedrasi



Download 1,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/101
Sana02.12.2022
Hajmi1,56 Mb.
#876928
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   101
Bog'liq
Majmua. Ijtimoiy ps. 2 kurs. 3-sem. 2022.

“tashqi kuzatish”- 
kuzatiluvchilar faoliyatiga aralashmagan holda ular 
tashqi xulq-atvorini qayd qilishdir. Bu usul muayyan vaqt va sabr-toqat talab 
qilishi bilan boshqa metodlardan farq qiladi, ba‘zida qisqa muddat ichida 
tadqiqotchi o‘zini qiziqtirayotgan predmet xususida hech narsa qayd qila 
olmasligi yoki tasodifan qo‘lga kiritilgan ma‘lumot asosida xulosa 
chiqarishga majbur bo‘lishi mumkin. SHuning uchun ham bu usul boshqa 
usullarga qo‘shimcha vosita sifatida ishlatiladi. Masalan, kuzatuvchi rolida 
o‘qituvchi bo‘ladigan bo‘lsa, u sifndagi yetakchilar yoki guruh faoliyatiga 
qo‘shila olmayotgan, doimo begonasiraydigan bolalarning xulq-atvorini 
tashqi kuzatish orqali muttasil o‘rganib boradi. 
“muhim vaziyatlarni qayd etish” usuli
da kuzatishning mohiyati shundaki, 
alohida shaxs yoki guruh kutilmagan, tasodifiy vaziyatga solinadi, va 
ularning vaziyatga munosabati, o‘zini tutishi, ziddiyatli va qiyin holatlardan 
chiqish yo‘llari kuzatiladi. Masalan, guruhni ataylab oldindan tuzilgan 
senariy yordamida munozarali vaziyatga solish va unda har bir guruh 
a‘zosini o‘zini qanday tutishi va bayon etgan fikrlarini zikr etish bunga 
yorqin misoldir. 
Agar kuzatish metodi ijtimoiy psixologiyaga umumiy psixologiyadan o‘tgan 
usul bo‘lsa, 
hujjatlarni tahlil qilish
usuli sotsiologiyadan kirib kelgandir.
Mazkur usul ijtimoiy faoliyatning mahsulini o‘rganishga qaratilgan bo‘lib, 
to‘plangan ma‘lumotlarning ishonchliligi, matematika va statistika uslublari 
yordamida qayta ishlash imkoniyatining mavjudligi sababli ma‘lum afzalliklarga 
ega. Bu usulning yana bir nomi 
kontent-tahlil
bo‘lib, tahlil qilinadigan hujjatlar 
toifasiga asosan og‘zaki (so‘zlangan nutq matnlari, suhbatlarning yozib olingan 
qismlari, bevosita muloqot jarayonida qayd etilgan manbalar) yoki yozma (rasmiy 


106 
hujjatlar, gazeta-jurnallardagi maqolalar, xatlar, ma‘naviy-ma‘rifiy adabiyotlar 
matnlari va shunga o‘xshash) holda tavsiya etilgan ma‘lumotlar kiradi. 
Odatda kuzatish tabiiy sharoitda, faoliyatning kechishiga halaqit bermagan 
holda olib boriladi, lekin maishiy hayotdagi oddiy kuzatishdan, muayyan bir 
maqsad asosida amalga oshiriladigan ilmiy asoslangan kuzatishni farqlash lozim. 
Yosh psixologiyasida ushbu metodning ob'yektiv(tashqi) va sub'yektiv (o‘z-
o‘zini) kuzatish turlari mavjud. Ruhiy taraqqiyotning har bir yosh davriga xos 
bo‘lgan xususiyatlar, bola psixikasidagi o‘zgarishlar(yangilanishlar) va uning xulq-
atvorini kuzatish uchun quyidagi tayyorgarlik ishlari amalga oshiriladi: 

kuzatishning maqsadi hamda vazifasi belgilab olinadi; 

kuzatiladigan ob'yekt tanlanadi; 

kuzatiluvchining yoshi, jinsi xaqida ma'lumot olinadi; 

kuzatish ishini o‘tkazish vaqti rejalashtiriladi; 

kuzatishning davom etish muddati qat`iy belgilanadi; 

kuzatish qaysi faoliyat turi(o‘yin, o‘qish, mehnat, sport)da amalga oshirilishi 
tavsiya etiladi;

kuzatishning shakli(yakka, guruhiy) tanlab olinadi; 

kuzatilganlarni qayd etib borish vositalari (kundalik, suhbat daftari, kuzatish 
varaqasi, diktofon, videokamera va boshqalar) tayyorlab qo‘yiladi. 


Download 1,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish