Наманган давлат университети педагогика факультети “Бошланғич таълим методикаси” кафедрасининг 2016-2017 ўқув йилида эришган ютуқлари ҳақида



Download 260,9 Kb.
bet27/64
Sana29.04.2022
Hajmi260,9 Kb.
#589797
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   64
Bog'liq
Fj6TLfgjpWfMcGKR628

Boshni fido ayla ato qoshig`a, Jismni qil sadqa ano boshig`a... Tun-kuningga aylagali nurposh, Birisin oy angla, birisin quyosh...
Dostonning sakkizinchi maqolasida Navoiy yolg`izlikka nisbatan ko`pchilik – jamoatni ulug`lab, kishilarning bir-birlari bilan ahil, do`st bo`lishlarini istaydi:
... Yo`q hunari yolg’uz esa, o`z kishi, Qayda kishi sonida yolg’uz kishi?
Fard kishi davrda topmas navo, Yolg’uz ovchidin kim etmish sado?..
“Hayratul-abror”ning o`ninchi maqolati rostgo`ylik, halollik va to`g`rilikka bag`ishlangan. Navoiy to`g`rilik va rostgo`ylikni ulug`lash bilan kishilarni rostgo`y va to`g`ri bo`lishga chaqiradi, yolg`onchilik va egrilikning zararli oqibatlarini keskin fosh etadi. Shoir yolg`on so`zlashning yomon oqibatini “Sher bilan Durroj” masalida ovchining tuzog’iga tushgan Durroj obrazi orqali bayon qiladi.
Dostonning o`n birinchi maqolatida Navoiy ilm-fanga, ilm ahliga yuksak baho beradi, kishilarni ilm olishga, olimlarni izzat-hurmat qilishga chaqiradi. Shu bilan birga shoir o`sha davrda mehnatkash va musofir talabalarning ilm olish yo`lida chekkan azoblaridan, ilm-fan egalarining muhtojlikda yashaganlaridan afsus-nadomatlar chekadi.
Navoiy ilmdan amaliy ishlar uchun foydalanish zarurligini ta’kidlaydi:
Ilm, Navoiy, senga maqsud bil, Endiki ilm o`ldi amal aylagil.
Navoiyning yaramas odat va xulq-atvorlarni shafqatsiz qoralashi, olijanob insoniy fazilatlarni qadrlashi, bolalarni o`qish, o`rganish va yuksak odobli, a’lo xulqli bo`lishga chaqirishi katta ahamiyatga ega bo`lib, bolalar adabiyotining shakllanishida juda muhimdir. Uning bir qator axloqiy-ta’limiy qarashlari hozirgi kunda ham o`z qadr- qimmatini saqlab kelmoqda.
“Farhod va Shirin” dostonida shoir chin sevgi va vafo, do`stlik va sadoqat, mehnat va ijodkorlik, vatanparvarlik hamda qahramonlik
g`oyalarini tarannum etadi. Doston yoshlar va bolalarga atab yozilmagan, lekin asarning ko`pgina boblari bolalar va yoshlar hayotiga, ularning tarbiyasiga bag`ishlangandir. Shoir dostonda Farhodning bolalik chog`laridanoq ilm-hunarga, mehnatga bo`lgan muhabbatini zo`r mahorat va chuqur samimiyat bilan tasvirlagan. Bu Navoiyning bola tarbiyasiga va uning bilim olishiga katta e’tibor bilan qaraganligini ko`rsatadi.
Farhod yoshlik chog`idanoq juda aqlli, zehnli bola bo`lib o`sadi. U maktabda zo`r havas va qunt bilan o`qiydi. Tabiiyot, matematika, mantiq kabi fanlarni tez orada o`rganib oladi. Yosh Farhodning ilmga bo`lgan havas va muhabbatini sezgan ota-onasi unga bilim berishni munosib ko`radi. Jahonning mashhur olimlari Farhodga turli fanlardan saboq beradilar. Natijada eng murakkab va pinhoniy ilmlar unga o`z sir-asrorini to`liq namoyon etadi. U qunt va chidam bilan o`qib, bilimdon va zukko inson bo`lib yetishadi. Shoir Farhod hayotini bunday jonli lavhalarda tasvirlash orqali bolalar tarbiyasiga alohida e’tibor berishga chaqiradi, ularni yoshligidan boshlab o`qitish zarurligini, bunda ota-onaning roli nihoyatda katta ekanligini, bolalarga dunyoviy ilmlarni berish muhimligini ta’kidlaydi.
Farhod qaysi fanni o`qimasin, uni darrov tushunib oluvchi qobiliyat egasi sifatida tasvirlanadi:
Agar bir qatla ko`rdi bir saboqni, Yana ochmoq yo`q erdi ul varaqni. Ne so`znikim, o`qib ko`ngliga yozib, Dema ko`ngliki, jahon lavhiga kozib.
U davrda bolalar quruq, yodaki o`qitilar edi. Bolalar o`zlari yodlagan narsalarining ma’nosiga tushunmas ham edilar. Shunday bir vaqtda Navoiy bolalarni ilm-fanga qunt qilish, o`qilgan narsaning ma’no-mazmunini tushunib olishga undar edi.
O`qib o`tmak, o’qib o`tmak shiori, Qolib yodida, safhasafha bori...
Farhodning qunt qilib, ma’nosini tushunib o`qishi natijasida ko`p ilmlarni egallaganligi ta’kidlanadi:

Download 260,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish