Barcha ikki asosli kislotalar rangsiz kristall moddalar bo‘lib, ularning quyi vakillari suvda yaxshi eriydi. Molekulyar massasining oshib borishi bilan dikarbon kislotalarning eruvchanligi kamayadi. Ba’zi dikarbon kislotalarning suyuqlanish harorati va pKa qiymatlari keltirilgan.
Kimyoviy xossalari
Dikarbon kislotalarning kuchi va xarakterli kimyoviy xossalari asosan, ular molekulasidagi ikkita karboksil guruhining bir-biriga nisbatan joylashishiga bog‘liq.
Dikarbonkislotalarsuvdagieritmadaionlargabosqichlidissotsilanadi:
Bu yerda K1vaK2 tegishli ravishda birinchi va ikkinchi karboksilning dissotsilanish konstantasi. Dikarbon kislotalardagi karboksil guruhlaridan bittasi elektronlarning akseptori sifatida induktiv ta’sir qilib, ikkinchisining ionlanishini osonlashtiradi. Hosil bo‘lgan karboksilat-anion karboksil guruhining dissotsilanish qobiliyatini pasaytirgani uchun ikkinchi protonning ajralishi qiyinlashadi, shuning uchun K1>K2:
Do'stlaringiz bilan baham: |