Spirt (tiospirt, fenol)
|
pKa
|
CH3-OH
|
15,22
|
CH3-CH2-OH
|
15,84
|
(CH3)3C-OH
|
19,2
|
CCl3-CH2-OH
|
12,24
|
C6H5CH2-OH
|
15,24
|
C6H5-OH
|
9,95
|
CH3-CH2-SH
|
10,50
|
Spirtalarning kislotali xususiyatini (Ka yoki rKa) Taft tenglamasi bilan hisoblanishi mumkin. Fenollarning kislotaligi esa o’rinbosarlarning nukleofil konstantalari - yordamida Gamet tenglamasi bilan aniqlanadi.
Misollar.
1. Monogaloidsirka kislota X-CH2-COON larning kuchi quyidagi qatorda ortib boradi (X-CH2-COON dagi X lar berilgan):
–I < -Br < -Cl < -F
p-galoidbenzoy kislotalarining kuchi esa bunga teskari bo’lgan qatorda o’zgaradi (X-S6N5-SOON dagi X lar keltirilgan):
-F < -Cl <-Br < –I
Buni qanday izohlash mumkin?
Echish. X-CH2-SOON tarkibli kislotalarning kuchiga X-galoidlarning faqat manfiy induktsion (-J) ta`siri kuzatiladi, mezomer ta`siri esa bo’lmaydi. Galoidlarning manfiy induktsion ta`siri (-J) –I < -Br < -Cl < -Fqatorida ortib borgani uchun kislotalarning kuchi ham shu qatorda ortib boradi. SHunday qilib galoidsirka kislotalarining eng kuchlisi ftorsirka kislotasidir. Fikrimizni galoidsirka kislotalarining rKa qiymatlari tasdiqlaydi.
Monogaloidsirka kislotalarining pKa qiymatlari
Kislota
|
pKa
|
F-CH2-COOH
|
2,59
|
Cl-CH2-COOH
|
2,87
|
Br-CH2-COOH
|
2,90
|
I-CH2-COOH
|
3,17
|
p-galoidbenzoy kislotalarida galoid atomining manfiy induktsion (-J) va musbat mezomer (+M) ta`sirlarini hisobga olish kerak.
Galoid atomlarining musbat mezomer (+M) ta`siri quyidagi qatorda ortib boradi:
-I < -Br < -Cl < -F
SHuning uchun p-galoidbenzoy kislotalar qatorida p-ftorbenzoy kislota eeng kuchsiz kislotadir. Kislotalarning kuchi quyidagi qatorda ortib boradi:
-F < -Cl < -Br < -I
p-galoidbenzoy kislotalarining dissotsialanish konstanatalari ham shu qatorda ortib boradi.
p-galoidbenzoy kislotalarning dissotsialanish konstantalari
X-C6H4-COOH dagi X
|
Ka105
|
F-
|
7,32
|
Cl-
|
10,3
|
Br-
|
11,0
|
I-
|
12,0
|
2. Quyidagi kislotalarga mos bo’lgan mezomer asoslarni keltiring:
Echish. tenglamasi bilan bog’langan kislota va asoslar mezomer kislota va asolar deb ataladi. SHunga binoan yuqoridagi kislotalarga mos asoslar quyidagilar:
Quyidagi fenollarni pKa qiymatlarining ortib borish (kislotaligining kamayishi) qatoriga joylashtiring:
Echish. Fenollarning kislotaliligi fenolyat ionidagi manfiy zaryadning o’rinbosarlar ostida qanday taqsimlanishiga bog’liq. Fenol yadrosining p-holatiga elektronoaktseptor o’rinbosarlarning kiritilishi zaryadning taqsimlanish darajasini oshiradi va uni barqarorlashtiradi. Natijada fenolning dissotsialanishi va kislotaligi ortadi. p-holatga -NO2guruhining bo’lishi kislotalilikni ayniqsa oshiradi, chunki uning ta`siri ostida qo’shimcha rezonans struktura vujudga kelishi mumkin:
Elektronodonor (metil) guruhlar halqadagi elektron zichlikni oshiradi, manfiy zaryadning barqarorligini va fenolning kislotaliligini kamaytiradi. SHu mulohazalarni hisobga olganda yuqorida keltirilgan fenollarning kislotaliligi quyidagi qatorda kamayib boradi (taqqoslash uchun rKa qiymatlar ham keltirilgan):
Do'stlaringiz bilan baham: |