Laboratoriya ishi №13
O RGANIK XALQASIMON BIRIKMALARNING AROMATIKLIGI
Tajriba №1. Benzolning natriy benzoatdan olinishi. Ishning bajarilishi: Chinni havonchaga 2g natriy benzoat va 2 g natron ohak kukunlab aralashtiriladi va quruq probirkaga solinadi, so’ngra probirka gaz chiqish nayi o’tkazilgan tiqin bilan berkitiladi va shtativga o’rnatiladi. Nayning ikkinchi uchi 1 ml suv solingan va muzli suv bilan sovitiladigan yig’gich probirkaga tushuriladi.
Stativga o’rnatilgan probirka qizdirilganda hosil bo’lgan benzol bug’i gaz chiqish nayi orqali yig’gich probirkaga o’tadi. Natijada yig’gich probirkadagi suyuqlik ikki qavatga – yuqorida benzol, pastda suv qatlamiga ajraladi. Olingan benzol hididan yoki nitrobenzolga aylantirish yo’li bilan aniqlanadi.
C6H5COONa + NaOH → C6H6 + Na2CO3
Do'stlaringiz bilan baham: |