Gallat (gallovaya, 3,4,5-trigidroksibenzoy) kislota va uning hosilalari oziq-ovqat mahsulotlarining (yog'lar, yuqori sifatli sovunlar, sut mahsulotlari) konservantlari sifatida keng ishlatiladi. Gallat kislota farmatsevtika sanoatida fenol miqdorini aniqlovchi standart sifatida qo'llaniladi.
Qahva (saffeic, (E)-3-(3,4-digidroksifenilpropen-2) kislotasi sariq rangli qattiq modda. U barcha o‘simliklar tarkibida uchraydi, ligninlar biosintezida kalit oraliq modda hisoblanadi.
Aminospirtlar.Tarkibida –NH2 va -OH guruhlari tutgan organik birikmalar. Ularning dastlabki vakili etanolamin (2-aminoetanol, kolamin).
Xolin -oksietiltrimetilammoniy gidroksidi. Xolin, asosan, hayvon va o ‘simlik organizmlarida keng tarqalgan fosfatidlar yoki lesitinlar tarkibida uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |