Fenolkarbon kislotalar tabiatda keng tarqalgan. Benzol halqasida ham gidroksil, ham karboksil guruhlar saqlagan birikmalarga fenolkarbon kislotalar deyiladi. Ular oshlovchi moddalar, lignin, ba'zi glikozidlar va boshqa tabiiy birikmalarning asosini tashkil etadi. Ularming birinchi vakili tol bargidan olingani uchun (tol - lotincha - Salix) salitsil kislota deb nomlangan.
Kolbe sintezi. Fenol tuzlarini yuqori bosim ostida CO2 bilan qizdirilganda fenolkarbon kislotalar hosil bo'ladi. Polifenollar bunday reaksiyalarga oson kirishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |